Marvel ishqibozi hamda murabbiy – amerikalik Ramiro Alanis “Qasoskorlar: Final”ni tomosha qilish uchun 191 marta kinoga tushgan va shu orqali bitta filmni ko‘rish soni bo‘yicha rekordni yangilab, Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan, deb yozadi Peopletalk.
Umuman olganda, amerikalik kartinani tomosha qilish uchun 34 571 daqiqa sarflagan. Bu 575 soat yoki 24 kundan ko‘proqqa to‘g‘ri keladi. Franshizaning muxlisi tan olganidek, kinoga borishga vaqt ajratish uchun u oilasi bilan vaqt o‘tkazishni to‘xtatdi va sport zalidan voz kechdi.
Eslatib o‘tamiz, “Qasoskorlar: Final” kartinasi 2019-yil aprel oyida butun dunyo bo‘ylab namoyish etilib, kino tarixidagi eng ko‘p daromad keltirgan filmga aylangan. Yaqinda uning rekordini Xitoyda qayta namoyish etilgan “Avatar” filmi yangiladi.
Izoh (0)