Mart oyining oxirgi kunida fotokamera obyektiviga muhrlangan eng sara suratlarni namoyish qilamiz.
Qirg‘iziston chavandozlari Bishkek shahridan 20 kilometr uzoqlikda joylashgan Sokuluk qishlog‘ida an’anaviy Markaziy Osiyo sport turi — ko‘pkari bilan shug‘ullanmoqda.
Foto: AFP
Mavzuga doir: Namangan hokimi viloyatning hosil bayramida uloq chopdi
London markazidagi Tower Bridge orqasidagi baland binolar ustida ko‘tarilgan to‘lin oy. Shaharda hozirda favqulodda holat rejimi davom etmoqda. Londonda o‘tgan olti oy ichida birinchi marta bir kecha-kunduzda koronavirus bilan bog‘liq birorta ham o‘lim qayd etilmadi. Ta’kidlanishicha, 2020-yil aprelda, epidemiyaning birinchi to‘lqini avj olgan paytda, Londonda har kuni COVID-19 bilan bog‘liq 230 ga yaqin o‘lim kuzatilar edi.
Foto: AP Photo
Jorj Floydning o‘limi munosabati bilan o‘tkazilayotgan sud jarayonida sobiq politsiyachi Derek Chovin voqea aks etgan video namoyish etilayotgan ekranga qarab turibdi. Minneapolis shahri politsiyasi vakili 2020-yil 25-may kuni 46 yoshli afroamerikalik Jorj Floydni qo‘lga olish chog‘ida uni tutib, yerga yotqizgan va tizzasi bilan bo‘ynini bosgan. Politsiyachi uni shu tariqa uzoq vaqt ushlab turishi Jorj Floydning o‘limiga sabab bo‘lgan. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, AQShning turli hududlarida norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tgan.
Foto: Reuters
Oksford universitetining eshkak eshish bo‘yicha ayollar jamoasi 2021-yilgi musobaqalar oldidan Kembrijshirda mashg‘ulot o‘tkazmoqda.
Foto: PA
Angliyaning Vinchester shahridagi universitetda ekofaol Greta Tunbergning haykali o‘rnatildi. Talabalar kengashi haykalga sarflangan pul miqdoridan norozi bo‘lmoqda. Haykal uchun jami 23,5 ming funt sarf qilingan.
Foto: Getty Images
Avstraliyada har yili Pasxa arafasida o‘tkaziladigan “Byron Bay Bluesfest” xalqaro musiqa festivali bekor qilindi. Bunga koronavirus pandemiyasi sabab bo‘ldi.
Foto: Getty Images
Indoneziya poytaxti Jakartada yuk mashinasida ketayotgan bolalar. Ular ko‘chada tomosha ko‘rsatish va shu tariqa pul ishlab topish uchun butun tanasini kumush rangga bo‘yagan. Bunday tomosha ko‘rsatuvchilar Silvermen deyiladi.
Foto: Reuters
AQShning Sietl shahridagi qariyalar uyida yashovchi 98 yoshli Yoshiya Uomoto karantin cheklovlari bois bir yildan ortiq vaqt davomida ko‘rmagan o‘g‘li Mark Uomoto va jiyani Geyl Yamadani ko‘rganida hayratini yashira olmadi. Qariyalar uyida yashovchilarning bari koronavirusga qarshi emlanganidan so‘ng ularga yaqinlari bilan bir soat davomida ko‘rishib gaplashishga ruxsat berildi.
Foto: Reuters
Berlindagi Brandenburg darvozasi oldida Dennis Yozef Mesejning koronavirus pandemiyasiga atalgan “Bu nimaga o‘xshasa, o‘shaning o‘zi” nomli yodgorligining bir qismi bo‘lgan qizil-oq tasma bilan o‘ralgan manekenlar.
Foto: Getty Images
Mavzuga doir: 25 ta mamlakat yetakchilari, JSST va Yevroittifoq pandemiyaga oid xalqaro hamkorlik shartnomasini tuzishga chaqirdi
Karachi hayvonot bog‘idagi fil jaziramada cho‘milmoqda. O‘tgan hafta Pokiston Meteorologiya boshqarmasi kelasi kunlar davomida havo harorati 36 darajadan yuqori bo‘lishi, ba’zi kunlarda harorat 39 darajadan oshishi hamda mamlakatda issiq va quruq ob-havo kuzatilishini ma’lum qilgandi.
Foto: EPA
Pol Filining Space Stands Still nomli san’at asarlari Waddington Custot galereyasida. Galereya 12-aprelda qayta ochilishga tayyorlanmoqda.
Foto: Waddington Custot galereyasi
Xitoyning Szansu provinsiyasida Echkilar qiroli unvoni uchun kurashayotgan ikki echki.
Foto: Getty Images
Myanma noroziliklari Londongacha yetib bordi: qamoqdagi muxolifat tarafdorlarini qo‘llab-quvvatlash uchun Britaniya poytaxtining markazida miting o‘tkazildi. Fevral oyida Myanmada harbiylar tomonidan amalga oshirilgan davlat to‘ntarishi ortidan mamlakatda keng ko‘lamli norozilik namoyishlari mart oyida ham davom etdi. Harbiylar mamlakatning 40 dan ortiq shaharlarida namoyishchilarga qarshi qurol qo‘llagan. Yuzlab aholi vakillari harbiylar tomonidan o‘ldirilgani aytilmoqda.
Foto: Getty Images
Suriyaning Idlib shahrida joylashgan Ernestoning mushuklar uchun mo‘ljallangan qo‘riqxonadagi uy hayvonlari.
Foto: Reuters
Pertamina o‘t o‘chirish xizmati xodimlari Indoneziyaning Balongan shahridagi neftni qayta ishlash zavodida sodir bo‘lgan yong‘inni o‘chirmoqda.
Foto: Reuters
Germaniyadagi Varnsdorf fermer xo‘jaliklarida gripp tufayli ommaviy tarzda o‘ldirilgan parandalardan keyingi birinchi avlod g‘ozlari.
Foto: “TASS”
Texas shtatining Donna shahridagi Rio-Grande vodiysidagi vakilsiz bolalarni saqlash markazidagi o‘yin maydonchasida o‘tirgan 3 yoshdan 9 yoshgacha bo‘lgan qarovsiz muhojir bolalar.
Foto: Reuters
Xitoylik dizayner Xong Jinshi tomonidan ishlangan AQSh sobiq prezidenti Donald Trampning buddistlik meditatsion holatida tasvirlagan haykallari Xitoyning Fujian provinsiyasi Dehua shahrida namoyish etilmoqda.
Foto: Reuters
Mavzuga doir: Donald Tramp o‘z tarafdorlari bilan muloqot qilish uchun shaxsiy saytini ishga tushirdi
Buyuk Britaniyaning Stok-on-Trent shahrida koronavirus sabab joriy qilingan cheklovlar yumshatilgandan so‘ng futbol o‘ynayotgan odamlar.
Foto: Reuters
Bosh vazir Viktor Orban boshchiligidagi Vengriya rasmiy delegatsiyasining O‘zbekistonga amalga oshirgan tashrifi yakunlandi. Mehmonlarni kutib olish doirasida poytaxt bo‘ylab ilingan davlat bayroqlari olib chiqilmoqda.
Foto: “Daryo”
Avvalgi kunlarning fotogalereyalari:
- Shavkat Mirziyoyevdan sovg‘a olgan Vengriya bosh vaziri, dars o‘tayotgan Kapitan Amerika, yog‘ochdan yasalgan fillar to‘dasi. 30-mart suratlari
- Sellar ichidagi O‘zbekiston, Sara Obamaning vafoti, dunyodagi eng katta qabriston. 29-mart suratlari
- Koronavirusni yenggan 99 yoshli onaxon, onlayn ta’limga qarshi bolalar, avtobusdagi Kim Chen In. 26-mart suratlari
- O‘pirilgan “Amirsoy” yo‘li, qora tuynukning ikkinchi rasmi, Fukusimada yoqilgan Olimpiada olovi. 25-mart suratlari
- Tilla qidirayotgan bolalar, 16-fevraldan beri “uxlamayotgan” Etna, qor bilan qoplangan Anqara. 24-mart suratlari
- Emlanayotgan prezident, syorfingchi echki, Chorsuning jahldor mushugi. 23-mart suratlari
- Biznes jetda uchgan Ortiqxo‘jayev, taygada dam olgan Putin, Toshkentga olib kelingan million doza vaksina. Hafta suratlari