Daryo

AQShda qora tanli kishining politsiya tomonidan o‘ldirishi tufayli ommaviy norozilik yuz berdi. Voqea sabab favqulodda holat e’lon qilindi

Norozilik namoyishi davomida politsiya bilan to‘qnashuv sodir bo‘lgan, bir necha korxonalar yonib ketgan

1 daqiqa o‘qish73 244 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty Image

AQShning Minneapolis shahri (Minnesota shtati) meri Jeykob Frey politsiya tomonidan qo‘lga olingan afro-amerikalik Jorj Floydning o‘limi tufayli aholining norozilik harakatlari avj olgan paytda shaharda favqulodda holat e’lon qildi. Farmon shahar meriyasi saytiga joylashtirilgan.

Foto: Getty Images

Hujjatda aytilishicha, favqulodda holat rejimining joriy etilishi hukumatga fuqarolar xavfsizligini ta’minlashda qo‘shimcha imkoniyat beradi. Shahar meriyasi Minnesota shtatidagi qo‘shni shaharlar va federal hukumatdan yordam so‘rashi mumkin.

Favqulodda holat 72 soatga joriy etiladi, ammo shahar kengashi uni muddatidan avval bekor qilishi ham mumkin.

Minneapolisda norozilik harakati 2 sutkadan beri davom etmoqda. U 46 yoshli afro-amerikalik Jorj Floydning o‘limidan so‘ng boshlandi. Politsiyaning bildirishicha, Floyd do‘konda soxta hujjatlardan foydalangan. Uni qo‘lga olmoqchi bo‘lishganida qarshilik ko‘rsatgan. Shundan so‘ng politsiya uni tutib, yerga yotqizgan va tizzasi bilan bo‘ynini bosgan.

25-may kuni voqea aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan. Uni guvohlardan biri tasvirga olgan. Videoda jabrlanuvchi havo etishmayotganini aytgan, biroq politsiyachi unga e’tibor qilmagan. Keyinroq u shahar kasalxonasida vafot etgan.

https://twitter.com/ProBlacktivist/status/1265324197846437892?ref_src=twsrc%5Etfw%7Ctwcamp%5Etweetembed%7Ctwterm%5E1265324197846437892%7Ctwgr%5E&ref_url=https%3A%2F%2Fwww.championat.com%2Fbasketball%2Farticle-4048031-ubijstvo-afroamerikanca-dzhordzha-flojda-vyzvalo-burnuju-reakciju-zvjozd-nba.html

27-may kuni yuzlab odamlar politsiya idorasi oldida norozilik namoyishiga chiqqan. Keyinchalik ularning soni bir necha ming kishiga oshgan. Norozilik namoyishi davomida politsiya bilan to‘qnashuv sodir bo‘lgan, bir necha korxonalar, shu jumladan, avtomobil ehtiyot qismlari sotiladigan do‘kon yonib ketgan. Shuningdek, namoyishlar vaqtida bir kishi halok bo‘lgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan videolardan ham uning qanchalik jiddiy tus olganini ko‘rish mumkin.

https://twitter.com/cherjennie/status/1265898848255344640?ref_src=twsrc%5Etfw%7Ctwcamp%5Etweetembed%7Ctwterm%5E1265898848255344640%7Ctwgr%5E&ref_url=https%3A%2F%2Fwww.championat.com%2Fbasketball%2Farticle-4048031-ubijstvo-afroamerikanca-dzhordzha-flojda-vyzvalo-burnuju-reakciju-zvjozd-nba.html

Minnesota shtati gubernatori Tim Uolz tartibsizlikni bartaraf etish uchun AQSh Milliy gvardiyasi askarlarini jalb etish to‘g‘ridagi farmonni imzolagan.

Prezident Donald Tramp Floyd o‘limi yuzasidan imkon qadar puxta tergov o‘tkazishni topshirdi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar