Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

AQSh politsiyasi ofitserining gumonlanuvchini qo‘lga olish vaqtida afro-amerikalik fuqaro Jorj Floydni tizzasi bilan bo‘g‘gani, ya’ni qotillik yuzasidan jinoiy ayblov e’lon qilindi. Bu haqda CNN telekanali Hennepin okrugi prokurori Mayk Frimenga asoslanib xabar bergan.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Prokurorning aytishicha, ish yuzasidan ayblovlar rekord darajadagi qisqa muddatda taqdim qilingan, biroq tergov qilayotganlarda jinoiy ish yuzasidan dalillar yetarlicha.

Floydning qalbaki hujjatlardan foydalanganligi gumon qilingan. Uning hibsga olinishi haqidagi video shu hafta boshida internetda tarqalgandi. Videoda politsiyachilarning erkakka kishan taqqani va uni yerga yiqitgani aks etgan. Ulardan biri Floydni tizzasi bilan bo‘yniga bosib turgan. Gumonlanuvchi baqirgan va nafas olishga qiynalgan, ammo politsiyachilar bunga parvo qilmagan. Keyinroq Floydning kasalxonada vafot etgani oydinlashgan. To‘rt nafar politsiyachi esa ishdan haydalgan, deyiladi CNN xabarida.

Afro-amerikalik fuqaroning o‘limidan keyin AQShning Minneapolis shahrida ommaviy norozilik namoyishlari boshlandi. Reuters’ning xabar qilishicha, 27-mayda Floyd hibsga olingan joyga yaqin hududdagi politsiya idorasida yuzlab odamlar to‘plangan. Oqshomga borib namoyishchilarning soni mingdan oshib ketgan va ko‘chalarga maxsus to‘siqlar qo‘yilgan. Oqibatda politsiya ko‘zni yoshlantiruvchi gaz va plastik o‘qlardan foydalanishga majbur bo‘ldi. Norozilik aksiyasi vaqtida bir nechta idora binosi yongan, xususan, avtoehtiyot qismlari do‘konida yong‘in kuzatilgan.

Mahalliy politsiya namoyishlar vaqtida kamida bir nafar odam halok bo‘lganini bildirgan. Ma’lumotga ko‘ra, lombard xo‘jayini omma to‘planganidan foydalanib qolishga uringan o‘g‘rilarga qarshi o‘qotar quroldan foydalangan.

Shahardagi noroziliklar sabab Minneapolis ma’muriyati hududda favqulodda holat rejimini e’lon qildi. Ishni Federal tergov byurosi olib bormoqda.

AQSh prezidenti Donald Tramp voqeaga munosabat bildirib, Minneapolisning “o‘ta zaif” ma’muriyati vaziyatni nazoratga ola bilmasa, uning o‘zi ushbu ishni to‘g‘ri amalga oshirishi va u yerga Milliy gvardiyani yuborishini aytgan. Keyinchalik shaharga 500 nafar askar kiritilgani ma’lum bo‘ldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Kreml Putin tug‘ilgan kunini qanday nishonlamoqchiligini ma’lum qildi
Sport
Superligada sentabr oyining eng yaxshi murabbiyi aniqlandi
Mahalliy
Farg‘onada 64 yoshli qaynota kelinini o‘ldirib, marhumaning boshini uzib oldi