So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12280.01
    • RUB 138.69
    • EUR 13415.91
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +11°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Dunyo

    25 ta mamlakat yetakchilari, JSST va Yevroittifoq pandemiyaga oid xalqaro hamkorlik shartnomasini tuzishga chaqirdi

    31.03.2021, 15:10 8888

    Yevropa Ittifoqi va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) 30-mart kuni 25 ta mamlakat rahbarlari bilan kelishgan holda, OAV va JSST veb-saytida ochiq xat e’lon qildi. Xatda COVID-19 singari pandemiya holatlari uchun xalqaro hamkorlik shartnomasini ishlab chiqishga chaqirilgan, deb yozmoqda “Kommersant”.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Maktubni imzolaganlar orasida JSST bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus, Yevropa Kengashi raisi Sharl Mishel, Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson, Germaniya kansleri Angela Merkel, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Janubiy Afrika Respublikasi prezidenti Siril Ramafosa, Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In, Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va boshqa bir qator davlat rahbarlari bor.

    Maktubda aytilishicha, “COVID-19 pandemiyasi dunyo hamjamiyati uchun 1940-yillar davridan keyingi eng jiddiy muammoga aylandi. Halokatli ikki jahon urushi yakunida siyosiy rahbarlar birlashib ko‘p qirrali tizim yaratgan edi. Unda aniq maqsadlar qo‘yilgan, jumladan, mamlakatlararo iliq munosabat yaratish, yakkalanish va millatchilik vasvasalarini bartaraf etish, tinchlik, farovonlik, sog‘liq va xavfsizlikka oid muammolarni hal qilish kabi”.

    “COVID-19 pandemiyasi bilan kurashish jarayonida biz hamkorlikda kelajak avlodni himoya qiladigan yanada mustahkam xalqaro sog‘liqni saqlash arxitekturasini qurishimiz mumkin. Pandemiyaga tayyorgarlik va ularga qarshi kurashish to‘g‘risida yangi xalqaro shartnoma tuzishda dunyo mamlakatlari birgalikda harakat qilishi kerakligiga shubhamiz yo‘q. Ushbu yangi jamoaviy majburiyat pandemiyaga tayyorgarlikning eng yuqori siyosiy darajadagi tarixiy bosqichi bo‘lishi mumkin. U JSST nizomiga asoslanib, boshqa barcha muhim tashkilotlarni ushbu missiyani qo‘llab-quvvatlashga safarbar etishi mumkin. Bunday shartnomani mavjud global hujjatlar, xususan, Xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalari qo‘llab-quvvatlaydi, bu bizning yaratish va rivojlantirish sohasidagi sa’y-harakatlarimizning mustahkam va tasdiqlangan asosi bo‘lib xizmat qiladi”, — deb yozadi xat mualliflari.

    Qayd etish joizki, xatni imzolaganlar orasida AQSh, Xitoy va Rossiya vakillari yo‘q.

    Avvalroq JSST tomonidan SARS-CoV-2 koronavirusining kelib chiqishini aniqlash maqsadida Uxanda o‘tkazilgan tekshiruv natijalari to‘g‘risidagi hisobot e’lon qilingan edi. Hisobotdan ma’lum bo‘lishicha, missiya koronavirusning asl manbasini aniqlay olmagan.

    AQSh va yana 13 mamlakat JSSTning COVID-19 kelib chiqishi to‘g‘risidagi hisobotidan xavotir bildirgan. AQSh departamenti veb-saytida e’lon qilingan murojaatda kelajakda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan noma’lum epidemiyalarni xalqaro baholash uchun tezkor, samarali, shaffof, dalillarga asoslangan va mustaqil jarayonni ishlab chiqish va boshqarish bo‘yicha birgalikda ishlash zarurligi ta’kidlangan.

    Mavzuga doir:

    • JSST dunyo mamlakatlarini COVID-19 testlari ko‘lamini kengaytirishga chaqirdi
    • JSST koronavirus odamga qanday yuqqan bo‘lishi mumkinligi haqida ma’lumot berdi

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    × Lightbox Image

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Zelenskiy Rossiya bilan urush yangi fazaga o‘tayotganini ma’lum qildi

    Bugun, 13:49

    ATB “Tenge Bank” The Banker xalqaro moliya jurnali tomonidan O‘zbekistonning yaxshi banki deb topildi

    Bugun, 13:30
    Reklama

    Humo to‘lov tizimining ustav kapitalidagi davlat ulushi to‘liq Davaktiv agentligiga o‘tkaziladi

    Bugun, 13:39

    FIDE Rapid va blits bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etuvchi o‘zbekistonlik shaxmatchilar ro‘yxati e’lon qilindi

    Bugun, 13:22

    Qirg‘iziston MXDQ rahbari amaldorlardan barcha fohishaxonalarni zudlik bilan yopishni talab qildi

    Bugun, 12:47

    Namanganda noqonuniy qum-shag‘al qazib olish natijasida davlatga 3 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazildi

    Bugun, 12:37

    Zanjabil chindan ham foydalimi?

    Bugun, 12:30

    Qoraqalpog‘istonda 1,2 ming dona qalbaki “Qaratau”ni Samarqandga olib ketayotgan shaxs to‘xtatib qolindi

    Bugun, 12:28

    Toshkentda sobiq hisobchi tadbirkorning 220 mln so‘mlik mulkini o‘zlashtirgani aniqlandi

    Bugun, 12:22

    Andijondagi tergov hibsxonasida ayol kaltaklangani haqidagi xabar ombudsman tomonidan o‘rganildi

    Bugun, 12:17

    Tavsiya etamiz

    Yesa bo‘ladigan itlar uyushmasi, hordiq chiqarayotgan Isroil askarlari, ko‘cha rassomining ko‘rgazmasi — 30-noyabr suratlari

    23:00 / 30.11.2023

    Narxlari imi-jimida oshirilgan Chevrolet Onix pozitsiyalari sotuvda paydo bo‘ldi

    22:00 / 30.11.2023

    Foto: Namanganda qish arafasida pishgan anjir

    19:00 / 30.11.2023

    Ta’ziyaga kelgan sobiq birinchi xonimlar, ish tashlagan o‘qituvchilar, muhtojlarga tayyorlangan kimchi — 29-noyabr suratlari

    23:00 / 29.11.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.