Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

O‘zbekistonda koronavirusga chalingani rasman tan olinganlar soni 82 682 nafarga yetdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 29-mart kuni mamlakatning 9 ta hududida jami 146 ta kasallanish holati aniqlangan. Ta’kidlash kerakki, koronavirusga chalinish holatlari ketma-ket besh kundan buyon birinchi marta kamaydi. 28-mart holatiga ko‘ra, mamlakatda 196 kishida COVID-19 tasdiqlangan edi.

Yangi kasallanish holatlarining

  • 2 nafari Andijon viloyatida,
  • 3 nafari Buxoro viloyatida,
  • 2 nafari Namangan viloyatida,
  • 2 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 1 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 1 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 1 nafari Xorazm viloyatida,
  • 19 nafari Toshkent viloyatida,
  • 115 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sabab namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 628 nafarga yetdi. Qayd etish kerakki, O‘zbekistonda bir kunda koronavirus oqibatida ikki kishining vafot etish holati so‘nggi bor 2020-yilning 30-noyabrida qayd etilgan. Shundan buyon SSV tomonidan e’lon qilingan statistikada faqat bir kishi vafot etayotgan edi.

SSVning qo‘shimcha qilishicha, o‘tgan bir sutka davomida Qoraqalpog‘istonda bir kishi, Buxoroda 6 kishi, Jizzaxda 2 kishi, Toshkent viloyatida 22 kishi, Toshkent shahrida esa 101 kishi, respublika bo‘yicha jami 132 kishi COVID-19 dan sog‘aygan. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.

Avvalroq O‘zbekistonda mart oyidan boshlab koronavirusga chalinish holatlari yana ko‘paya boshlagani munosabati bilan bir qator ta’lim muassasalari vaqtincha yopilgani yoki ta’limni masofaviy shaklga o‘tkazgani to‘g‘risida xabar berilgandi. 1-apreldan ommaviy tadbirlarni o‘tkazishga ayrim cheklovlar o‘rnatilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Onlayn firibgarlik: fishing nima va undan qanday himoyalanish kerak?
Dunyo
Harbiy xizmatdan bosh tortganlik uchun 10 yilgacha qamoq: Putin safarbarlik yuzasidan qonun imzoladi
Dunyo
Borrel: Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilish kerak