• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12704.02
    • RUB162.43
    • EUR14871.33
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Murosaning kaliti yechimda: alifbo hammaga qulay bo‘lsin!

    “Gazeta.uz”da Komil Jalilov muallifligidagi “Bahs va murosa alifbosi” (“Альфавит спора и альфавит примирения”) maqolasini o‘qib qoldim. Maqola o‘zbekcha tarjimada ham berilgan. Muallifning ba’zi fikrlariga qo‘shilaman, ba’zilariga esa yo‘q. Albatta, har kim fikr aytish huquqiga ega va shu huquqdan foydalanib, o‘z munosabatimni bildirib o‘tmoqchiman.

    Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosining taklif etilayotgan yangi varianti. Unda “O‘”, “G‘”, “Sh” va “Ch” harflarining ko‘rinishi o‘zgargan.

    Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosining taklif etilayotgan yangi varianti. Unda “O‘”, “G‘”, “Sh” va “Ch” harflarining ko‘rinishi o‘zgargan.
    Foto: “Regulation.gov.uz”

    Muallif “sh” tovushi ş, sh, sch yoki ch harfi bilan yozilishidan qat’i nazar, odam belgini eslab qolishi va so‘zni tushunishda muammo bo‘lmasligini aytadi. To‘g‘ri, so‘zni tushunishda muammo bo‘lmasligi mumkin. Amaldagi alifboda chop etilgan kitoblarni o‘qiganlar tushunmay qolayotgani yo‘q. Muammo bunda emas. Muammo — bu harflarni yozish, kompyuterda terish noqulayligida. Ba’zi holatlarda qo‘shharflarni ifodalash bilan bog‘liq chalkash holatlar ham yuzaga keladi.

    Muallif “ingliz tilidagi 44 ta tovush lotin alifbosining atigi 26 ta harfi yordamida (boz ustiga, hech qanday maxsus harflar va diaktrik belgilardan foydalanmagan holda) ifodalanadi” degan dalilni ham keltiradi va sh, ch va th kabi harfiy birikmalar bitta tovushga mos kelishi mumkinligini aytadi. Til va imloni o‘zaro chog‘ishtirish, shunga ko‘ra xulosalar olish yaxshi. Lekin har doim ham emas. O‘zbek tilining tabiati ingliz tilidan keskin farq qiladi. Inglizcha so‘zlarning aksariyati yozilganidan farqli shaklda o‘qiladi. Keltirilgan harfiy birikmalar ingliz tili alifbosiga kiritilgan ham emas. O‘zbekcha so‘zlarda “sh” va “ch” tovushi ko‘p uchraydi va ularni qo‘shharfda yozish yuqorida aytilgani kabi matn terishda o‘ng‘aysizlik tug‘diradi.

    Kirill alifbosi ham, amaldagi va isloh qilinadigan alifbo ham o‘zbek tilining barcha tovushlarini aks ettirmasligi aniq. Muallif aytgan ŋ tovushi bilan bog‘liq holat esa o‘zbek kirill yozuvining nuqsoni, fazilati emas. Agar 1940-yili “ng” tovushi kirill yozuvida ham bitta harf bilan ifodalanishi qabul qilinganida, bu tovush bilan bog‘liq bugungi muammolar paydo bo‘lmasligi ham mumkin edi. Hozir biz singil, ko‘ngil kabi so‘zlarda “ng” tovushidan keyin yana bitta “g” tovushi orttiramiz va sing-gil, ko‘ng-gil deb talaffuz qilamiz. Hatto respublika darajasidagi telekanallarning ba’zi suxandonlari ham “ng” tovushini alohida “n” va “g” tarzida ifoda etadi. Bunga tovushning ikki harf bilan ifodalangani ham katta ta’sir qilgan, deb o‘ylayman. Biroq endi bu tovushni bitta harf bilan ifodalash o‘zini oqlamaydi. Talaffuzdagi xatolar imlodagi xatolarga olib keladi va chalkashliklar, adashishlar soni ortadi.

    Alifbodagi qiyinchiliklarimizni, o‘ng‘aysizliklarni dastaklash uchun boshqa tillar, yozuvlardan qanday dalil keltirish mumkin bo‘lsa, alifbo islohi bo‘yicha ham xuddi shu yo‘lni tutish mumkin. Ingliz tiliga yaqin bo‘lgan, u bilan bir oilaga mansub tillarning alifbolariga bir ko‘z yugurtiraylik. Aksariyat tillar standart ingliz alifbosiga yoki shu asosda ishlangan klaviaturaga o‘zgartirishlar kiritgan, o‘ziga moslagan. O‘zbek tili ham shu huquqdan foydalansin –— til tabiatiga hozirgidan mosroq alifboni, yengillikni tanlasin. Alifbo inglizlar uchun emas, o‘zbeklar va o‘zbek tilidan foydalanuvchilar uchun-ku.

    Muallif kirill yozuvidagi holatlarni ham misol keltirib, “bitta tovushni ifodalash uchun bitta belgidan emas, balki bir nechta belgilar birikmasidan foydalanish normal holatdir” degan xulosaga keladi. Uchinchi bor takrorlanayotgan bo‘lsa-da, yana o‘sha gapni aytishga to‘g‘ri keladi — gap qo‘shharflarning normalligida emas, noqulayligida.

    Maqolaning keyingi bo‘limida asosan boshqalarning fikr-mulohazalariga o‘rin berilgan. Orada bir-ikki jumla bilan muallif munosabati ham berilgan.

    “C” (Цц) masalasi, jumladan, “Цой” ismini yozish masalasiga kelsak. Bir millat tili va yozuvida boshqa bir millatga xos tovush bo‘lmasligi tabiiy holat. Masalan, Ulug‘bek ismini ruslar “Ulugbek” deb talaffuz qiladi va (“Улугбек” deb) yozadi. Hech kim borib yoqasidan olmaydi-ku: “Nega mening ismimni xato aytyapsan, xato yozyapsan?!”, deb. Agar “Цой” ismi lotincha imloda “Soy”ga aylanishi ism egasiga yoqmasa, “Tsoy” deb yozish mumkin. Shunday ismlarni yig‘ib chiqish va yozilishini qoida sifatida belgilab qo‘yish yetadi. Ilmiy tildagi “ц” tovushli so‘zlarni bemalol “s” bilan yozaverish kerak. Bunday so‘zlar tilda faol emas. “S” bilan yozish tufayli hosil bo‘ladigan bir-ikkita omonim so‘zning farqiga borolmay qolish esa ilmiy soha vakilining o‘z sohasidan yaxshi xabardor emasligini ko‘rsatadi, xolos.

    Bundan tashqari, “ц”li so‘zlarning ko‘pi aslan ruscha emas va asliyatda “ц” bilan yozilmaydi. Biz chet so‘zni ruslar qanday o‘zlashtirgan bo‘lsa, shundoqqina ko‘chirib olganmiz. To‘g‘rirog‘i, sobiq Ittifoq davrida shunday an’ana joriy etilgan. Masalan, inglizcha “information” so‘zida “ц” tovushi yo‘q, lekin biz uni “informatsiya”, “informatsion” deb aytamiz va yozamiz. Xullas, “ц” tovushini yozuvda ifodalamaslik o‘zini oqlaydi. O‘zbek baribir uni aslidagiday talaffuz etmaydi. Bir o‘rinda “s”, boshqa o‘rinda “ts” deb aytadi.

    “Ц” tovushining o‘zbek tiliga yotligi va ortiqchaligi haqida ko‘pchilik yetarlicha yozdi. Ularni bu yerda takrorlab o‘tirishga hojat yo‘q. Odamlarga qulay bo‘lsin deb, tilimizda bor tovushlar ham alifboga alohida harf sifatida kiritilmayotgan bir paytda “ц”ni kiritish mutlaqo o‘rinsiz, menimcha.

    Alifboda “c” yo‘q bo‘lgani holda, “ç” harfi bo‘lishi ham juda ajablanarli emas. Ikkisi bir-biridan farqlanuvchi alohida harf. Balki, isloh qilinayotgan alifboda “c” belgisini “ch” tovushini ifodalash uchun ishlatish kerakdir?

    “H” va “x”ning birlashishi ham juda ko‘p omonim hosil qilmaydi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 30 taning nari-berisida omonim hosil bo‘lar ekan. Shu 30 ta omonimni eslab qolish ikki xil harfni farqlash uchun minglab so‘zlarni yodda saqlash yukidan ancha yengil.

    Xarajatlar masalasi haqida yetarlicha tushuntirishlar berildi, menimcha. Bu borada e’tirozi bo‘lganlar o‘sha tushuntirishlarni o‘qib, shunda ham qanoat hosil qilmagach, e’tiroz bildirsa, yaxshi bo‘lardi. Maqsad — yechim topish-ku.

    Maqolaning uchinchi bo‘limida bevosita loyihaga munosabat bildirilgan. Muallifning tovushlar qanday belgilar bilan ifodalanishi tilning nufuziga ta’sir qilmasligi haqidagi fikriga qo‘shilaman. Darhaqiqat, bu masalaning mohiyati o‘zbekcha manbalarni ko‘paytirish va undan keng miqyosda foydalanish imkonini yaratishda. Ammo nuqsonli alifbo ham, undan foydalanishda davom etish ham tilga obro‘ olib bermasligi aniq.

    “Amaldagi lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi bilan bog‘liq qanday muammolar lotin yozuviga to‘liq o‘tishga to‘sqinlik qilayotgani va taklif qilingan alifbo bu muammolarni qanday bartaraf etishi borasida aniq tushuntirishlar berilsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi”, deb yozadi Komil Jalilov. Balki, muallifning xabari yo‘qdir, bu borada tushuntirish berildi, mulohazalar aytildi. O‘z o‘rnida, amaldagi alifbo tarafdorlari ham hozirgi alifbo “chorak asrga cho‘zilgan yangi alifboga o‘tish masalasi”ga nega yechim bo‘lmagani, “ikki alifbo o‘rtasidagi arosat”ga nega barham bermagani, hatto shu imloda savodi chiqqanlar ham ba’zida kirillni afzal ko‘rayotgani haqida tushuntirishlar berishi mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi. Xo‘sh, hozirgi alifboda davom etsak, nima yutamiz? Alifbo bilan bog‘liq mavjud muammolarni, noqulayliklarni qanday hal etamiz? Nega ba’zi postsovet davlatlari lotin yozuviga to‘la o‘tib ketdi? “Ş”, “ç” kabi harflar nima uchun ularga xalal bermadi?

    Klaviatura ishlab chiqish masalasiga kelsak. Qo‘shharflar klaviaturaning bitta tugmasiga bog‘lanadigan bo‘lsa, yangi muammolar kelib chiqadi, chunki kompyuter uni baribir ikkita harf deb qabul qiladi. Jumladan, bosh harflarni yozishda xatoga yo‘l qo‘yadi. Bu jarayonni o‘zim amalda sinab ko‘rganman. Bu borada mutaxassis bilan ham fikr almashganman. Hatto mutaxassisning asoslariga qanoat qilmay, qo‘shharflar bitta tugmada chiqadigan klaviatura variantini ham yaratib ko‘rdim. O‘xshamadi, yangi muammolar paydo bo‘ldi. Bu borada xulosam aniq: amaldagi alifboning qo‘sh harflari va belgili harflarini kompyuter klaviaturasida bitta tugmaga joylab bo‘lmaydi.

    Maqola so‘ngida muallif: “agar amaldagi lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi qaysidir ma’noda nuqsonli, o‘zbek tilidagi barcha ma’nolarni yetkaza olmaydigan bo‘lganida edi, shu vaqt ichida, biz hujjatlarni bu alifboda chop eta olmasdik, kitoblar, darsliklar, gazetalar, jurnallar nashr eta olmasdik, e’lonlar yozolmasdik, ijtimoiy tarmoqlarda muloqot qilolmasdik, saytlarni lotin yozuvida sahifalay olmasdik”, deydi. Menimcha, shu joyda mohiyat kalavasi yo‘qolgan. “Amaldagi alifbo ma’nolarni yetkaza olmaydi” degan gap yo‘q, bo‘lsa ham, ko‘pchilikning fikri emas. Alifbo islohi tarafdorlarining asosiy e’tirozi hozirgi alifboning matn terish uchun noqulayligi, vizual qabul qilishdagi kamchiliklari haqida.

    Qulaylikning nisbiyligi masalasiga kelsak, islohot tarafdorlari, deylik, mening orzuyim ana shu nisbiy qulaylikka erishish.

    Makron belgili harflar masalasida muallif bilan hamfikrman. Bu harflar o‘rniga Ŏŏ va Ğğ harflari kiritilishi tarafdoriman. Bu holda shriftlar bilan bog‘liq muammo ham bo‘lmaydi.

    Muallifning aksar fikrlari va talqinlariga qo‘shilmasam-da, bir masalada uning fikrni to‘liq qo‘llab-quvvatlayman — alifbo istalgan payt o‘zgartiriladigan matoh emas, o‘zgarishlar puxta o‘ylangan bo‘lishi kerak. Toki oradan ma’lum vaqt o‘tib, yana o‘zgarishga ehtiyoj sezilmasin.

    Bugungi islohot harakatlarida shaxsan men hech bir siyosiy sabab ko‘rmayapman. Maqsad — alifboni foydalanuvchilar uchun qulaylashtirish, shu orqali foydalanish ko‘lamini kengaytirish.

    Bahslardan ko‘zlangan maqsad ham faqat “meniki to‘g‘ri”, “faqat men bilaman” degan qarashni olg‘a surish emas, o‘zaro murosaga kelish, ko‘pchilikning foydasiga, yozuvning ommalashishiga xizmat qiladigan yechimni topishdir.

    Orif Tolib,Respublika ta’lim markazi mutaxassisi

    Mavzuga doir:

    • “Alifbo mintaqaviy integratsiyaga xizmat qilishi kerak”. G‘aybulla Boboyorov taklif etilayotgan yangi lotin alifbosi haqida
    • “O‘zbek tilida bitta tovushni anglatuvchi harflar uchun ikkita harf belgilangan. Bu hech bir turkiy davlatlar amaliyotida yo‘q” — Departament alifbodagi o‘zgarishlarga munosabat bildirdi
    • O‘zbek alifbosining uch oltin qoidasi. Farhod Maqsudov taklif etilayotgan yangi lotin alifbosi haqida
    • “To‘rt harf o‘zgarishini millat tinchligini buzish deb baholash to‘g‘rimikan?”. Adliya vaziri maslahatchisi lotin alifbosidagi islohotlarga qarshi chiqqan tilshunosga javob qaytardi
    • “Xatoni tuzatish xatodan qimmatga tushmasligi kerak”. Tilshunos Baxtiyor Mengliyev lotin alifbosidagi islohotlarga qarshi chiqdi

    30.03.2021, 09:45   Izoh (0)   46068
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Belingda belbog‘ing bormi, la’natilar?!”. Oliy Majlis deputatlari LGBT faollarining targ‘iboti va provokatsiyalarini qoraladi

    30.03.2021, 09:34

    Toshkentdagi dorixonada janjal chiqarib, sotuvchining telefonini olib qochgan shaxs ushlandi

    30.03.2021, 07:46

    Farg‘onada o‘zganing plastik kartasidan pul o‘g‘irlab, ularni totalizatorga tikib yuborgan maktab o‘quvchisi sudlandi

    30.03.2021, 07:34

    Andijonda giyohvand moddalarni oyoq kiyimga yashirib o‘tmoqchi bo‘lganlar qo‘lga tushdi

    30.03.2021, 07:22

    Uzbekistan Airways bagaj tashish qoidalarini o‘zgartirdi

    30.03.2021, 07:11

    Sellar ichidagi O‘zbekiston, Sara Obamaning vafoti, dunyodagi eng katta qabriston. 29-mart suratlari

    29.03.2021, 23:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yarim yilda yoqilg‘i-energetika sohasiga yetkazilgan 758 mlrd so‘m zarar undirildi — Bosh prokuratura

    O‘zbekiston | 23 iyul, 00:00

    “Obama, Klinton va Baydenni jinoiy javobgarlik kutmoqda” — Tramp

    Dunyo | 22 iyul, 23:50

    “So‘nggi kunlardagi issiq ob-havo 70 foizga yaqin aholi uyqusiga salbiy taʼsir qilmoqda” — iqlimshunos

    O‘zbekiston | 22 iyul, 23:35

    O‘zbekiston DXX raisi Kobulda “Tolibon” mudofaa vaziri bilan uchrashdi

    O‘zbekiston | 22 iyul, 23:19

    Afg‘oniston janubida bolalar o‘yinchoqlarini sotish taqiqlandi

    Dunyo | 22 iyul, 22:50

    Namanganda 82 marta qoida buzgan haydovchining mashinasi jarima maydoniga joylashtirildi

    O‘zbekiston | 22 iyul, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.