• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Avto

    “Trassa qiroli”, “bir tiyinlik”, “chamadon”. “Jiguli”dan “Lada”gacha

    Sobiq SSSRda voyaga yetgan odamlardan so‘rab ko‘rsangiz aytishadi: “Ha-a, bizning davrimizda Jigulidan zo‘ri yo‘q edi”, “Yaxshi ko‘rgan qizim raisning o‘g‘liga tegib ketgan, chunki u zang‘arda qaymoqrang Jiguli bor edi-da”, “Trassa qiroli deyishardi u zamonlarda, hozir ham yupqa tunukali karischa moshinangdan zo‘r”. Bu gaplarda haqiqat uchquni yo‘q emas, chunki o‘sha davrning eng oldi mashinasi “Jiguli” edi. Avtomobil dahosi Henri Ford “Yaxshi mashina bu yangi mashina” deganidek “Jiguli” modellari vaqt davomida yangilanib turgan. 1970 yildan 1982 yilgacha 01, 02, 03, 04, 05, 06 va 07 modellari chiqqan. “Daryo” mazkur avtomobil tarixi haqida hikoya qiladi.

    “Jiguli” to‘lig‘icha Sobiq ittifoq ishlanmasi emas, italyan va sovet avtomobilsozlarining hamkorligi mahsuli hisoblanadi. 1966-yilda Moskvada Italiyaning Fiat kompaniyasi va SSSR tarafi o‘rtasida yengil avtomobillar tayyorlash bo‘yicha ilmiy-texnikaviy hamkorlik shartnomasi imzolangan. Shu loyiha doirasida SSSR hududida avtomobil zavodi qurish ham tasdiqlangan. Shartnomada qanday avtorusumlar chiqarish ham ko‘zda tutilgan: “sedan” (VAZ-2101), “universal” (VAZ-2102) va “lyuks” (VAZ-2103). 1967-yilda “Yil avtomobili” bo‘lgan Fiat 124 ularga asos sifatida tanlangan.

    Foto: Vikipedia

    Foto: Vikipedia
    Fiat 124

    Sovet va italyan avtomobilsozlari hamkorlikni boshladi, ammo ko‘p o‘tmay SSSR yo‘llarida avtomobil kuzovi va tormozi muammo chiqardi. Mashinaning tagi (prosvet) yerga juda yaqin bo‘lib, SSSR yo‘llariga bu mos emasdi. Italyan konstruktorlari mashinani boshqatdan yasadi. Avtomobilning yurish qismi va transmissiyasi ham o‘zgardi. Yangi VAZ-2101 tormozi, old va orqa osmasi (podveska), kardanli uzatmasi va kuchaytirilgan ilashish mexanizmlari bilan Fiat 124dan farqlanadigan bo‘ldi.

    Foto: Vikipedia

    Foto: Vikipedia
    Ilk modellar

    Xalq tilida “kopeyka” atalgan VAZ-2101ning oltita nishona rusumi dastavval ko‘k va qizil ranglarda ishlab chiqarildi. Shundan so‘ng VAZ-2102 universalini chiqarish boshlandi. 1972-yildan 1984-yilgacha VAZ-2103 tayyorlandi. U o‘z davrining “lyuks”i edi. Ma’lum va mashhur “nol olti” 1976-yilda dunyo yuzini ko‘rgan. Saksoninchi yillarda oldi to‘rtburchak dizayndagi VAZ-2105, VAZ-2104 va VAZ-2107lar chiqarilgan.

    Foto: Yandex

    Ayni shu modellar eng umri uzoq chiqdi. VAZ-2105ni 2010-yilda, VAZ-2107 va VAZ-2104larni esa 2012-yilda ishlab chiqarish to‘xtatildi.

    VAZ-2107 dvigatelining kuchliligi, old panjarasining xromlanganligi, o‘rindiqlari va boshqo‘ygichlari birlashgani, asboblar paneli takomillashgani, elektr tizimi bilan boshqa rusumlardan ajralib turar, “trassa qiroli”ni minish yigitlarning orzusi edi. Ammo omma mehrini qozonish bo‘yicha u “nol olti”ga yetolmaydi. VAZ-2106 SSSR tarixida eng ko‘p ishlab chiqarilgan mashina modellaridan biri. MDH hududidagi avtozavodlarda jami 4,3 mln dan ortiq “nol olti” tayyorlangan.

    Foto: Vikipedia

    Nega “Jiguli”ni “Lada” deya qayta nomlashgan? Ayrimlar lyuks modellarni “Lada” deb talqin etadi. Bu unchalik to‘g‘ri emas, eski rusumlarni ham “Lada” deyish mumkin. “Jiguli” Tolyatti yaqinidagi tog‘lar sharafiga qo‘yilgan nom hisoblanadi. Ammo “Jiguli”larni eksport qilish masalasi paydo bo‘lganda bu nom yaramasligi ma’lum bo‘ldi. Chunki ko‘pgina Yevropa tillarida “jigolo” so‘zi “yengil hayot kechiruvchi yigit”, “alfons” degan ma’noni anglatib, sovet mashinasi bilan uyqash eshitilardi. Maslahatlashib “Lada” deya qayta nomlashga qaror qilindi. “Lada” ruscha so‘z, “suyukli yor” ma’nosini bildirib, boshqa tillarda ham yaxshi jaranglaydi. Shunday qilib eksport bahonasida “Lada” degan nom ommalashib ketdi.

    1984-yildan Samara (Sputnik) oilasi avtomobillari ishlab chiqarilgan. Bu oilaga VAZ-2108, VAZ-2109 va VAZ-21099 rusumlari kiradi. “Shaytanat”da Asadbek “o‘risning tobutiga o‘xshaydi” deb ta’riflagan bu xetchbek va sedanlar qayta qurish yillarida ko‘proq ishlab chiqarildi, biroq avvalgi “nol olti” va “nol yetti”larchalik shuhratga erisha olmadi.

    Foto: Google Photos

    Sovet ittifoqi tarqalib ketganidan keyin AvtoVAZ kompaniyasining ishi orqaga ketdi, tabiiyki, avtomobil ishlab chiqarishda ham to‘xtalishlar bo‘ldi. Keyinchalik kompaniya xususiylashtirildi, aksionerlik jamiyati tuzildi. 2016-yildan AvtoVAZ Fransiyaning Renault Group kompaniyasining sho‘ba korxonasi hisoblanadi. So‘nggi yillarda “Jiguli” nomi faqat eski rusumlargagina nisbatan ishlatiladigan bo‘ldi. Yangi rusumlarni esa faqat “Lada” deb atashmoqda. Hozir O‘zbekistonda LADA Priora, LADA Kalina, LADA Granta, LADA Largus, LADA Vesta, LADA XRay kabi rusumlar oilasi sotiladi. Ularning barchasi o‘z ishqiboziga ega. Ayniqsa qo‘shni Qozog‘iston va Rossiyaga ishga qatnovchilar LADA Largus universalidan foydalanadi. Chunki u yetti o‘rinli, keng sig‘imli, qulay mashinadir. Mana hikoyamiz “Jiguli”dan boshlanib, “Lada” bilan nihoyasiga yetdi.

    Foto: Avtosreda

    Shukurjon Islomov tayyorladi.

    29.03.2021, 20:24   Izoh (0)   60615
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda Malibu va Lacetti ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida bir kishi shifoxonaga yotqizildi

    29.03.2021, 20:10

    Surxondaryoda haydovchining uxlab qolishi oqibatida Nexia beton devorga borib urildi. Yo‘lovchi vafot etgan

    29.03.2021, 14:47

    Toshkentda Cobalt va Lacetti ishtirokida sodir bo‘lgan YTHda 30 yoshli haydovchi vafot etdi

    28.03.2021, 10:10

    Sirdaryoda “Kamaz” va Mercedes yuk mashinalari to‘qnashib ketdi

    28.03.2021, 08:00

    Yaqin Sharqdagi garajdan Amerika klassik avtomobillari kolleksiyasi topildi (foto)

    27.03.2021, 18:27

    Sirdaryoda metan zapravkada turgan Damas’ning gaz balloni portlab ketdi (foto)

    27.03.2021, 13:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10

    Saudiya Arabistoni Superkubogi. “Al-Ahli” Ronaldu boshchiligidagi “An-Nassr”ni mag‘lub etib bosh sovringa ega chiqdi

    Sport | 23 avgust, 19:50

    O‘tgan 32 yil: Sobiq Sovet davlatlarida aholi jon boshiga daromad qanday o‘zgardi?

    O‘zbekiston | 23 avgust, 19:39
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.