Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasida 14 kunlik karantin e’lon qilindi. 26-martdan 6-aprelga qadar o‘quv jarayoni masofaviy ta’limga o‘tkazildi, deb xabar beradi “Yuksalish” umummilliy harakati.

Avvalroq O‘zbekiston davlat konservatoriyasining 4 nafar o‘qituvchi va 1 nafar talabasida koronavirus aniqlangani va OTM masofaviy ta’limga o‘tgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, 25-mart kuni Toshkent moliya instituti va Toshkent transport universiteti talabalarida ham koronavirus aniqlangani sabab fakultet talabalari masofaviy ta’limga o‘tkazilgandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 25-mart, payshanba kuni 144 kishida koronavirus infeksiyasi tasdiqlandi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, bu 2021-yildagi yangi antirekorddir.

O‘zbekistonda mart oyidan boshlab koronavirusga chalinish holatlari yana ko‘paya boshlagani munosabati bilan bir qator ta’lim muassasalari vaqtincha yopildi yoki ta’limni masofaviy shaklga o‘tkazdi. 1-apreldan ommaviy tadbirlarni o‘tkazishga ayrim cheklovlar o‘rnatilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
“Xudodan qo‘rqmagan odamdan qo‘rqdim”. O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamov oilaviy nizolar tufayli ijara uyda yashamoqda (video)
Mahalliy
“Odamlar o‘limida o‘zimni aybdor hisoblamayman” — Nukusdagi tartibsizliklar yetakchisi Dauletmurat Tajimuratov
Mahalliy
Samarqandda o‘quvchining onasi “zamdirektor”ni kaltakladi