Daryo

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida ham o‘qish koronavirus sabab masofaviy shaklga o‘tkazildi

Konservatoriyaning 4 nafar professor-o‘qituvchisida hamda 1 nafar talabada COVID-19 kasalligi aniqlangan

1 daqiqa o‘qish32 766 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo”

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida darslar 26-martdan 8-aprelga qadar (14 kun) masofaviy shaklga o‘tkaziladi. Bu haqda konservatoriya rektorining Telegram’dagi rasmiy kanalida ma’lum qilindi.

Foto: “Daryo”

Qayd etilishicha, konservatoriyaning 4 nafar professor-o‘qituvchisida hamda 1 nafar talabada COVID-19 kasalligi aniqlandi. Ayni vaqtda bemorlar o‘z uylarida shifokorlar nazorati ostida davolanmoqda.

“O‘zDKda o‘quv jarayonini masofaviy shaklda tashkil etish bo‘yicha zaruriy sharoitlar yaratilgan bo‘lib, dars jarayonlari zoom videoaloqa dasturi orqali belgilangan dars jadvali asosida o‘tiladi”, — deyiladi xabarda.

Bundan avval koronavirus infeksiyasining tarqalishining oldini olish maqsadida Toshkent moliya institutida o‘qish masofaviy shaklga o‘tkazilgani, Toshkent transport universiteti talabasida koronavirus aniqlangani sabab fakultet talabalari masofaviy ta’limga o‘tkazilgani, Toshkentdagi Inha universiteti talabasida koronavirus aniqlangani sabab ikki hafta karantinga yopilgani, hamda 117-sonli bog‘chada ikki nafar tarbiyachi va bolalarda koronavirus aniqlangani sabab mazkur bog‘cha vaqtincha yopilgani haqida xabar berilgandi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar