Daryo

Toshkent moliya institutida o‘qish koronavirus sabab masofaviy shaklga o‘tkazildi

Institutida darslar 26-martdan 8-aprelga qadar (14 kun) onlayn tarzda o‘tkaziladi

1 daqiqa o‘qish60 248 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent moliya institutida darslar 26-martdan 8-aprelga qadar (14 kun) masofaviy shaklga o‘tkaziladi. Bu haqda institut matbuot xizmati xabar qildi.

Foto: Toshkent moliya instituti

Ta’kidlanishicha, bu koronavirus infeksiyasining tarqalishining oldini olish maqsadida amalga oshirilgan.

Xabarga ko‘ra, 2 haftalik masofaviy ta’lim talabalar uchun e’lon qilinmoqda, institut professor-o‘qituvchilari karantin qoidalariga rioya etgan holda vazifalarini olib borishadi.

Bundan avval Toshkent transport universiteti talabasida koronavirus aniqlangani sabab fakultet talabalari masofaviy ta’limga o‘tkazilgani, Toshkentdagi Inha universiteti talabasida koronavirus aniqlangani sabab ikki hafta karantinga yopilgani, hamda 117-sonli bog‘chada ikki nafar tarbiyachi va bolalarda koronavirus aniqlangani sabab mazkur bog‘cha vaqtincha yopilgani haqida xabar berilgandi

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar