• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘zbek tilida bitta tovushni anglatuvchi harflar uchun ikkita harf belgilangan. Bu hech bir turkiy davlatlar amaliyotida yo‘q” — Departament alifbodagi o‘zgarishlarga munosabat bildirdi

    Vazirlar Mahkamasining O‘zbek tilini rivojlantirish departamenti “O‘zbekiston Respublikasining ‘Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida’gi qonuniga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi yuzasidan munosabat bildirdi, deb xabar beradi “Xalq so‘zi Online”.

    Qayd etilishicha, O‘zbekiston Prezidentining “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 20-oktabrdagi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevral kuni 61-sonli qarori bilan tasdiqlangan “yo‘l xaritasi”ning 1-bandiga muvofiq, tilshunos olimlardan iborat tarkibda tuzilgan ishchi guruh tomonidan “O‘zbekistonning ‘Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida’gi qonuniga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi ishlab chiqilgan.

    Qonun loyihasi, avvalambor, tilimizning zamonaviy texnologiyalar bilan integratsiyalashuvi uchun qulaylik yaratish nuqtayi nazardan shakliy o‘zgarishlarni nazarda tutmoqda.

    Qonun loyihasi bilan milliy alifbodagi ayrim murakkab harflarning ifodasida o‘zgarish taklif etilmoqda.

    1995-yilgi alifboTaklif etilayotgan loyiha
    O‘o‘Ōō
    G‘g‘Ḡḡ
    ShshŞş
    ChchÇç
    Amaldagi O‘ yoki G‘ harflarini yozish uchun kompyuter klaviaturasida 6 ta (avval O yoki G, keyin Alt+0145) tugma bosiladi.

    Turkiy tilli oilaga mansub o‘zbek tilida bitta tovushni anglatuvchi Sh va ch harflari uchun ikkita harf belgilangan. Bu hech bir turkiy davlatlar amaliyotida yo‘q. Xalqimiz tarixda foydalangan arab, lotin, kirill yozuvlari ham ‘bir tovushga — bir harf’ tamoyiliga asoslangan.

    Natijada, birinchidan, alifbodagi ushbu harflar sababli kattaroq hajmdagi matnni o‘qish va yozish qiyinligicha qolmoqda. Bu, o‘z navbatida, mamlakatimizda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosining ommalashishiga salbiy ta’sir qilmoqda;

    ikkinchidan, lotin yozuvida o‘qigan yoshlar orasida savodsizlik kuchayib, yozma nutqda soddaroq belgi (‘o‘’ning o‘rniga ‘6’, ‘ch’ning o‘rniga ‘4’, ‘sh’ning o‘rniga ‘w’) dan foydalanish avj olgan;

    uchinchidan, milliy alifbodagi murakkabliklar tufayli ko‘pchilik bitiruvchi yoshlar mehnat faoliyatlarini kirill alifbosida davom ettirishga majbur bo‘lmoqda;

    to‘rtinchidan, alifbodagi murakkab harflar tufayli o‘zbek tilini ‘raqamlashtirish’, internet tiliga aylantirish imkoni bo‘lmayapti va hokazo.

    Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tish vazifasi belgilangani, milliy alifbomizni qulaylashtirib, maksimal darajada soddalashtirish ehtiyojini yaratdi.

    Buni davlat rahbari ham bir necha bor o‘z nutqida qayd etgan:

    ‘... yangi darsliklar, qiyosiy va turli sohalarga oid lug‘atlar, ish yuritish va so‘zlashuv qo‘llanmalari nashr etish, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirish, bu tizimga to‘liq o‘tish bo‘yicha hali ko‘p ish qilishimiz kerak’ (Prezident Shavkat Mirziyoyevning o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 30 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqidan (2019-yil 21-oktabr.).

    Shuningdek, O‘zbekiston Prezidentining ‘O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida’gi PF-5850-sonli farmonining 3-bandi 5-xatboshi (‘O‘zbek tilining yozma nutqi me’yor va qoidalarini ishlab chiqish bo‘yicha hamda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini to‘liq joriy etish borasidagi ishlarni jadallashtirish’) hamda ‘Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida’gi PF-6084-sonli farmoni 2-ilovasi 4-bandi (‘Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini, imlo qoidalarini yanada takomillashtirish va yangi yozuvga to‘liq o‘tishni ta’minlash’)da bu vazifa aniq belgilab berilgan.

    Alifbodagi 4 ta harf o‘zgarishi o‘quvchi yoshlarning savodi darajasiga salbiy ta’sir qilmaydi. Chunki:

    birinchidan, ayni paytda Milliy o‘quv dasturini ishlab chiqish harakatlari boshlangan. Juda ko‘p darslik va qo‘llanmalar (shundoq ham) yangidan tayyorlanadi va chop etiladi;

    ikkinchidan, darsliklar foydalanish muddati tugab, yangilari chop etilguncha amalda bo‘ladi (darsliklarning foydalanish muddati o‘rtacha 3 yil. Demak, 2023-yildan o‘quvchilar to‘liq yangilangan alifboda savod chiqaradi. Bu esa mamlakatda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tish muddatiga mos keladi.).

    Aksincha, alifbodagi shakliy o‘zgarishlar o‘quvchilarning savodiga ijobiy ta’sir qiladi. Chunki:

    birinchidan, zamonaviy gadjetlar klaviaturalarida o‘zbek tilining barcha harflari bo‘ladi;

    ikkinchidan, davlat tilining raqamlashuvi tezlashib, internet tarmog‘ida ta’lim portallari soni ortadi;

    uchinchidan, transliteratsiya dasturlari tufayli kirill alifbosidagi adabiyotlarni milliy alifboga tezkor va xatosiz o‘girish va o‘qish imkoni paydo bo‘ladi;

    to‘rtinchidan, katta avlodga mansub fuqarolarning lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi imlosini o‘zlashtirishi tezlashadi, bu esa xalqimizning yagona yozuv atrofida jipslashuviga olib keladi;

    beshinchidan, ona tilimiz tabiatiga mos, yurtimizdagi va xorijdagi millatdoshlarimizni yagona yozuv atrofida birlashtiradigan alifboga ega bo‘lamiz va h.k.

    OAV, fuqarolik hujjatlari, yo‘l ko‘rsatkichlar, peshlavhalar, ish yurituv hujjatlari kabilar hukumatning 2021-yil 10-fevraldagi 61-sonli qaroriga muvofiq, sohaviy reja va dasturlar asosida bosqichma-bosqich 2023-yil 1-yanvargacha to‘liq lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tkaziladi.

    Eng muhim jihati, Vazirlar Mahkamasining yuqoridagi qarori 4-bandida lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish bilan bog‘liq masalalar vazirlik, idora va tashkilotlar tomonidan Davlat budjetidan ajratilgan, shuningdek, budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishi belgilangan.

    Ya’ni alifboga shakliy o‘zgarishlar kirgan taqdirda darslik va qo‘llanmalar ijrochilar tomonidan har yili shakllantiriladigan reja asosida navbati bilan nashr etiladi.

    Axborot kutubxona markazlarida amaldagi adabiyotlar alifbodagi shakliy o‘zgarish tufayli foydalanishdan chiqarilmaydi (shu kunga qadar kutubxonalarda turgan kirill yozuvidagi adabiyotlar singari). Aksincha, yangi chop etilayotgan adabiyotlar bilan bosqichma-bosqich boyitib boriladi.

    O‘zgarishlar beradigan qulaylik tufayli bir yozuvdan boshqa yozuvga o‘giradigan transliteratsiya dasturlari kirill alifbosida chop etilgan adabiyotlarni bosqichma-bosqich lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosidagi elektron ko‘rinishlarini yaratish imkonini beradi, kutubxonalarning elektron fondi kengayishini ta’minlaydi.

    Fuqarolikni tasdiqlovchi guvohnomalar, ID-kartalar, yashash guvohnomalarini takomillashtirilgan lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida bo‘lishi ham xuddi o‘quv adabiyotlari singari o‘z navbati bilan bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

    Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, alifbodagi o‘zgarishlar ayrim harflarning shakliy ifodasini qulaylashtirishni ko‘zda tutib, avvalo, tilimizning axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilan uyg‘unlashuvini ta’minlaydi, shu bilan birga, navbatma-navbat bajariladigan tadbirlar orqali ijroga qaratiladi.

    “‘Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida’gi qonunga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi 2021-yil 31-martga qadar normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali (‘Regulation.gov.uz’)da turadi.

    Loyiha yuzasidan tilimiz rivojiga befarq bo‘lmagan har bir fuqaro o‘z fikr va mulohazalarini bildirishi mumkin.

    Loyiha yuzasidan to‘plangan jamoatchilik takliflari mamlakatdagi yetuk tilshunos olimlar ishtirokida joriy yilning aprel oyi boshida o‘tkaziladigan ilmiy anjuman kun tartibiga qo‘yiladi, asosli taklif va tavsiyalar inobatga olinadi va yakuniy to‘xtamga kelinadi.

    Vazirlar Mahkamasining O‘zbek tilini rivojlantirish departamenti 

    Avvalroq filologiya fanlari doktori, professor Baxtiyor Mengliyev lotin alifbosidagi islohotlarga qarshi chiqib, “xatoni tuzatish xatodan qimmatga tushmasligi kerak”ligini aytgandi. Adliya vazirining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi Shahnoza Soatova Mengliyevning bu boradagi fikrlariga javob qaytarib, to‘rtta harfning o‘zgarishini millat tinchligini buzish deb baholamaslikni so‘ragan.

    Mavzuga doir: O‘zbek alifbosining uch oltin qoidasi. Farhod Maqsudov taklif etilayotgan yangi lotin alifbosi haqida

    26.03.2021, 23:11   Izoh (0)   27239
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namanganda “aqlli shahar” — Namangan Smart City loyihasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi (video)

    26.03.2021, 22:56

    Yaponiya O‘zbekistonga 136,5 mln dollar miqdorida favqulodda kredit ajratdi

    26.03.2021, 22:41

    Toshkentda bankomatdan 82 mln so‘m o‘g‘irlashga uringan 26 yoshli yigit qo‘lga olindi

    26.03.2021, 22:10

    Toshkentda 99 yoshli onaxon koronavirusdan sog‘ayib chiqdi

    26.03.2021, 21:52

    “Toshkent Besh tashabbus harakati”ga ro‘yxatga olish boshlandi

    26.03.2021, 21:23

    “Qornimga qaychi yoki pichoq tiqib o‘zimni o‘ldirishim kerakligini aytdi” — Qashqadaryoda nomusi toptalib, 15 yoshida ona bo‘lgan o‘quvchi qiz

    26.03.2021, 21:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35

    AQSHda Facebook’da Trampga tahdid qilgan erkak qamoqqa olindi

    Dunyo | 12 iyul, 21:35

    Sharfga o‘ralib qolgan raqqosa, bedarak yo‘qolgan bosh vazir — g‘ayrioddiy va shubhali tarzda halok bo‘lgan dunyo mashhurlari

    Dunyo | 12 iyul, 21:16

    Kortni Koks, Bella Hadid va boshqalar: plastik operatsiya qildirganidan afsuslangan Gollivud yulduzlari

    Kino | 12 iyul, 20:35

    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!

    Reklama | 12 iyul, 19:30

    JW: Yevropa Ittifoqi Ukrainaning yo‘qotilgan hududlarini qaytarib olishidan manfaatdor emas

    Dunyo | 12 iyul, 20:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.