• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Qornimga qaychi yoki pichoq tiqib o‘zimni o‘ldirishim kerakligini aytdi” — Qashqadaryoda nomusi toptalib, 15 yoshida ona bo‘lgan o‘quvchi qiz

    Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida 8-sinf o‘quvchisining jinsiy zo‘ravonligi sabab 14 yoshli qiz 15 yoshida farzandli bo‘ldi. Viloyat prokuraturasi axborot xizmati rahbari Jasur Shukurovning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, zo‘ravonlik qilgan 8-sinf o‘quvchisi voyaga yetmagani uchun tuman IIB uni javobgarlikka tortishni rad etgan.

    Zo‘ravonlikdan jabrlangan o‘quvchi qiz.

    Zo‘ravonlikdan jabrlangan o‘quvchi qiz.
    Foto: “Daryo”

    Voqea tafsilotlarini o‘rganishni maqsad qilgan “Daryo” muxbiri Qamashi tumanining “Chim” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, zo‘ravonlikdan jabrlangan qiz, uning oilasi va mas’ullar bilan suhbatlashdi.

    Zo‘ravonlikdan jabrlangan o‘quvchi qizning onasi.

    Zo‘ravonlikdan jabrlangan o‘quvchi qizning onasi.
    Foto: “Daryo”

    “Qizim 2019-yil may oyida ko‘richak kasalligi bilan og‘ridi. Shu sabab uni daladagi ishlarimizga olib ketolmadik. Odatdagi turmush tarzimizda men va turmush o‘rtog‘im dalaga pomidor ekib, dehqonchilik qilardik. Qizimni daladagi ishlarga olib chiqolmaganimiz sabab yaqin qo‘shnimiz, ammam — otamning singlisiga tayinlab, unga qarab turishini iltimos qildim. O‘sha kuni aksiga olib, ammam ham ovqatni tayyorlab, dalaga ishlagani ketgan. Va qizim uchun ovqat olib borish mas’uliyati uning o‘g‘liga, qizimning sinfdoshiga yuklatilgan. Ming afsuski, o‘sha kuni ko‘z oldimda, otasiz katta bo‘lgan bola qizimning nomusiga teggan. U yoshligidan yonimda o‘sgani uchun undan bu xatti-harakatni kutmagandim”, — deydi nomusi toptalgan qizning onasi.

    Foto: “Daryo”

    14 yoshida nomusi toptalib, 15 yoshida ona bo‘lgan o‘quvchi qizning aytishicha, qarindoshi uning og‘zini qo‘li bilan yopib, qo‘lini orqaga qayirgan holda zo‘rlagan.

    “2019-yil may oyida ko‘richak bo‘ldim. Shu sabab ayam meni dalaga ishlash uchun olib ketmadi. O‘sha kuni sinfdosh qarindoshim uyga ovqat olib keldi. Uyda o‘tirgandik, menga kitob va daftarlaringni ol, dars qilamiz, dedi. Men o‘rnimdan turib, shkafdan kitoblarimni olayotgandim, yonimga kelib og‘zimni yopib, qo‘limni orqaga qayirib meni zo‘rladi. Men esa qarshilik ko‘rsatdim, ammo qo‘limdan kelmadi. Keyin esa men senga uylanaman, bo‘lib o‘tgan voqeani hech kimga aytma. Aytsang, o‘ldiraman dedi”, — deydi nomusi toptalgan o‘quvchi qiz.

    Qizning aytishicha, bunday zo‘ravonlik ikki marta ro‘y bergan.

    “Qarindosh sinfdoshim ertasi kuni ham uyimizga yugurib keldi. Men qo‘rqib, derazadan oshib qochmoqchi bo‘ldim. Ammo ushlab oldi va yana zo‘rladi. Yana menga uylanishini aytib, o‘rtamizda bo‘lib o‘tgan voqeani hech kimga aytmasligim lozimligini aytdi. Agar voqeani kimgadir aytsam, o‘ldirib yuborishini ham qo‘shimcha qildi”, — deydi “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan o‘quvchi qiz.

    Qizi tahsil oluvchi maktabda faoliyat olib boruvchi onaning aytishicha, u qizining nomusi toptalganini va qornida homilasi borligini 2019-yilning 31-dekabr kuni bilgan.

    Foto: “Daryo”

    “2019-yil 31-dekabr kuni qizim sinfdoshlari bilan Yangi yil bayramini nishonlash uchun ketayotganini aytib, ruxsat so‘radi. Men esa qizimga repititorga qatnayotgan bo‘lsang, bunday bazmlarni qo‘y. Yo darsni tanla yoki tadbirlarni, dedim. Shunda ammamning o‘g‘li kelib, xola, qizingizni o‘tirishga yuboring, dedi. Rosa yalinishgach, xo‘p, deb ruxsat berdim. Shu kuni yo‘lda ketayotganda qizim ammamning o‘g‘liga undan homilador ekanligini aytib, qorni chiqib qolayotgani uchun uydagilarga aytishi kerakligini bildirgan. Ammamning o‘g‘li esa, buni kimgadir aytsa, o‘ldirib yuborishini aytib, qo‘rqitgan. Va eng yomoni, qizimga o‘zini qanday o‘ldirishi kerakligini o‘rgatgan”, — deydi qizning onasi.

    Nomusi toptalgan o‘quvchi qiz ham onasining gapini tasdiqlab, unga zo‘ravonlik qilgan qarindoshi homilasi borligini eshitgach, qorniga qaychi yoki pichoq sanchib, o‘zini o‘ldirishini maslahat bergan.

    Ravshan Egamberdiyev.

    Ravshan Egamberdiyev.
    Foto: “Daryo”

    “O‘sha kuni sinfdoshlar bilan o‘tirishga ketayotganimizda qarindoshimizga meni zo‘rlagani sabab homilador bo‘lib qolganimni aytib, qornim kattalashib ketayotgani uchun uydagilarga aytishimiz kerakligini aytdim. U esa uydagilarga aytsam, meni o‘ldirib yuborishini, o‘ligimni hech kim topolmasligini aytib qo‘rqitdi. Va bu vaziyatdan qutilish uchun ikkalamiz ham o‘zimizni o‘ldirishimiz kerakligini bildirdi. O‘zimni o‘ldirishim uchun qornimga qaychi yoki pichoq tiqishimni maslahat berdi”, — deydi 15 yoshida ona bo‘lgan o‘quvchi qiz.

    Ta’kidlanishicha, zo‘ravonlik qilgan 14 yoshli yigit o‘sha kuni uyiga qaytgach, o‘z joniga qasd qilgan.

    “Bir kuni ammam uyga kelib, o‘g‘lining o‘qishini Qarshi shahridagi maktablarning biriga o‘tkazayotganini aytib qoldi. Keyin bilsam, o‘g‘li o‘z joniga qasd qilish uchun o‘zini osgan ekan, buni ko‘rib qolgan uydagilari uni bu yo‘ldan qaytarib, boshqa maktabga ko‘chirishibdi”, — deydi onaizor.

    Yulduz Jabborova.

    Yulduz Jabborova.
    Foto: “Daryo”

    Nomusi toptalgan o‘quvchi qizning onasiga ko‘ra, zo‘ravonlik qilgan bolaning onasi voqeadan xabar topgach, qizining sha’niga yomon so‘zlar aytib, ularni haqorat qilgan.

    “Ammam bor voqeadan xabar topgach, biznikiga keldi va menga hech narsa demay, faqat qizimning sog‘lig‘ini so‘radi. Mening umuman xayolimga ham kelmabdi. Qizim yaxshi, ko‘richak bo‘lgandi, davolatdik debman. Keyin bilsam, ammam bor voqeani o‘g‘lidan eshitgach, qizimni kelib ko‘rgan ekan. Men ham voqeadan xabar topganimdan so‘ng, ammamning oldiga borib, bo‘lar ish bo‘libdi, endi nima qilamiz deb maslahat so‘radim. Ammam dastlab, xo‘p, o‘zim kelin qilaman, dedi. Keyinchalik esa, qizingning o‘zi buzuq bo‘lgan, farzandi ham o‘g‘lingning sinfdoshlaridan yoki ukangdan ekan, dedi. Men esa, bu tuhmatlarga chidadim. Yaratganga shukurki, DNK tekshiruvida nabiram ammamning o‘g‘lidan ekanligi isbotlandi. Ammo bular DNK tahlilini sotib olgansizlar, deb ham urush qildi”, — deydi o‘quvchi qizning onasi.

    Foto: “Daryo”

    Zo‘ravonlikka uchragan qizning onasi qizini zo‘rlagan bola hamon javobgarlikdan ozod bo‘lib qolayotganini aytmoqda.

    “Men o‘sha zo‘ravonning javobgarlikka tortilishini so‘rab, Prezident portaliga, Ichki ishlar vazirligiga, shuningdek, barcha tashkilotlarga murojaat qilyapman. Ammo hech kim murojaatimga e’tibor qaratmayapti. Qizim zo‘ravonlik qurboni bo‘lib qolaveradimi, qani adolat?”, — deydi qizning onasi.

    Mazkur voqea haqida fikr bildirgan “Chim” MFY raisi Ravshan Egamberdiyev hamda rais o‘rinbosari Yulduz Jabborova nomusi toptalgan qizni yolg‘iz qoldirmay, holidan xabar olib turganini aytmoqda.

    “Men voqeadan 2020-yil yanvar oyida xabardor bo‘ldim va o‘sha paytning o‘zida qizimizning holidan xabar oldim. Davolatishimiz kerak ekan, davolatdik va mahallamizdagi patronaj hamshiradan iltimos qilib, uning sog‘lig‘ini nazorat qilib turibmiz. Dastlab barchasi yaxshi edi. Bolaning onasi qizni kelin qilishini aytgandi. Ammo kimdir uning fikrini buzganmi, endilikda qizni kelin qilishdan bosh tortib, qiz tomon uning o‘g‘liga tuhmat qilayotganini aytmoqda”, — deydi “Chim” MFY raisi o‘rinbosari Yulduz Jabborova.

    Saida Toshniyozova.

    Saida Toshniyozova.
    Foto: “Daryo”

    Qamashi tuman hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi, tuman mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Saida Toshniyozova lavozimiga ikki oy ilgari tayinlangani sabab voqeadan endi xabar topganini, qiz yoki uning onasi o‘tgan vaqt davomida unga murojaat qilib, ko‘mak so‘ramaganini bildirdi.

    “Shunday bo‘lsa-da, bugundan boshlab (2021-yil 26-mart) qizimizga o‘zimiz ko‘maklashamiz va yoshlarning imkon qadar oila qurib, ahil yashashi uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz”, — deydi Saida Toshniyozova.

    “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan 4-maktab direktori Jo‘ra Tillayev voqea maktab tarixida birinchi marotaba sodir bo‘lganini, shuningdek, voqea sodir bo‘lgan paytda o‘quvchilar yozgi ta’tilda bo‘lganini bildirdi.

    Jo‘ra Tillayev.

    Jo‘ra Tillayev.
    Foto: “Daryo”

    “To‘g‘risi, o‘zimiz ham voqeani eshitib shokka tushib qoldik. Umuman kutilmagan voqea bo‘ldi. Eshitishimiz bilan sinf rahbari, maktab psixologi, Yoshlar ittifoqi yetakchisi birgalikda qizimizni borib ko‘rdik va zudlik bilan tug‘ruqxonaga yotqizdik. Ammo hali tug‘ruq vaqti yetmagan ekan”, — deydi maktab direktorining ma’naviy –ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Shohida Choriyeva.

    Shohida Choriyeva.

    Shohida Choriyeva.
    Foto: “Daryo”

    Shohida Choriyeva hamda maktab psixologi Shahnoza Do‘styorovalarning qo‘shimcha qilishicha, qizning homilasi yetti oylik bo‘lsa-da, dars davomida umuman sezilmagan.

    Shahnoza Do‘styorova.

    Shahnoza Do‘styorova.
    Foto: “Daryo”

    “Daryo” muxbiri mazkur voqeani o‘rgangan IIB qanday xulosaga kelganini bilish maqsadida viloyat IIB axborot xizmati rahbari Iroda Rasulova bilan suhbatlashdi. Mas’ul bu haqdagi rasmiy munosabatni viloyat prokuraturasi berishi lozimligini aytib, axborot berishdan bosh tortdi.

    Qashqadaryo viloyat prokuraturasi axborot xizmati rahbari Jasur Shukurov esa, voqea prokuratura tergovchilari tomonidan o‘rganilayotganini, jarayon hali yakunlanmaganini, prokuratura zo‘ravonlik qilgan o‘quvchini javobgarlikka tortishni rad etgan IIB xodimining xatti-harakatiga tez orada huquqiy baho berishini ma’lum qildi.

    “Daryo” voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

    26.03.2021, 21:13   Izoh (0)   118089
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston maktablarida 4-chorak 29-martdan boshlanadi

    26.03.2021, 20:22

    Shavkat Mirziyoyev Xalqaro teatr kuni munosabati bilan soha xodimlariga tabrik yo‘lladi

    26.03.2021, 20:10

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi bir kunlik pastlashdan so‘ng yana ko‘tarildi

    26.03.2021, 19:48

    Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston bosh vaziri Ulug‘bek Maripovni qabul qildi

    26.03.2021, 19:23

    O‘zbekistonning tashqi qarzi 33 mlrd dollardan oshdi. Bu mamlakat YaIMining 50 foizidan ham ko‘p

    26.03.2021, 19:16

    Toshkentda yangi universitet tashkil etilishi kutilmoqda

    26.03.2021, 18:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning Moskva va Sankt-Peterburgga hujum qilishga undagani haqidagi xabarlar rad etildi

    Dunyo | 15 iyul, 23:35

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 23:25

    Dunyoning eng keksa marafonchisi YTH oqibatida vafot etdi

    Dunyo | 15 iyul, 23:10

    Ukrainada ko‘p fuqarolik qonuniylashtirildi

    Dunyo | 15 iyul, 22:55

    Banklarda so‘mdagi kredit foizlari ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:45

    AQSHda ofitser tanishuv ilovasi orqali Ukrainaga oid maxfiy ma’lumotlarni uzatgani aniqlandi

    Dunyo | 15 iyul, 22:35

    Safarda bolani nima bilan band qilish mumkin? Xotirjam sayohat qilish uchun 10 ta layfhak

    Farzand | 15 iyul, 22:23

    O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatlardan kelayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.