• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Rossiya Davlat dumasi Putinga yana prezidentlikka nomzodini qo‘yish imkonini beruvchi qonunni qabul qildi

    Rossiya Davlat Dumasi 24-mart kuni uchinchi va oxirgi o‘qishda amaldagi davlat rahbari Vladimir Putinning prezidentlikka qayta saylanish uchun o‘z nomzodini ko‘rsatishga imkon beruvchi qonun loyihasini qabul qildi. Bu haqda parlament quyi palatasi matbuot xizmatiga tayanib “RBK” xabar berdi.

    Foto: “Pravda.com”

    Foto: “Pravda.com”

    Xabarda aytilishicha, qonun loyihasi to‘g‘risidagi gap 2020-yilning yozida umumxalq ovozidan so‘ng qabul qilingan Konstitutsiyaviy tuzatishlarni amalga oshirish uchun qonunchilikka kiritilgan navbatdagi tuzatishlar to‘plami haqida ketmoqda.

    Qonunga ko‘ra, bir shaxs Rossiyada ikki martadan ortiq prezident bo‘lishi mumkin emas. Biroq tuzatishlardan biriga ko‘ra, endilikda ushbu cheklov Konstitutsiyadagi tuzatishlar kuchga kirguniga qadar davlat rahbari bo‘lib ishlaganlarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Shunday qilib, Putinning prezidentlik qilgan muddatlari “nolga” tenglashdi, bu unga prezidentlik saylovlarida yana nomzod sifatida qatnashishga imkon beradi.

    Prezidentga qo‘yiladigan yangi talablar orasida nomzod kamida 35 yosh bo‘lishi, Rossiyada kamida 25 yil yashagan bo‘lishi, chet el fuqaroligiga ega bo‘lmasligi yoki avval xorijda yashash uchun ruxsatnoma olmagan bo‘lishi kerak. Agar xorijiy hudud Rossiya tarkibiga kirgan bo‘lsa, bundan mustasno qilinadi.

    Davlat dumasi tomonidan qabul qilingan qonun, shuningdek, deputatlar oldiga ham yangi talablarni qo‘ydi. Parlamentning quyi palatasiga nomzodlar mamlakatda doimiy yashashi shart. Fuqaroning Davlat dumasiga nomzodini ko‘rsatolmasligi uchun sabablar ro‘yxati ham kengaytirildi, jumladan, unga muayyan jinoyatlar ro‘yxati  kiritilib, ushbu jinoyatlar bo‘yicha ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan va hali ozod qilinmagan yoki sud hukmi bekor qilinmagan fuqarolarning nomzodi rad etiladi. “Ushbu cheklov sudlanganlik olib tashlangan yoki bekor qilingan kundan boshlab besh yil o‘tguniga qadar amal qiladi”, — deyiladi xabarda.

    Deputat Valentina Tereshkova 2020-yil mart oyida Putin uchun prezidentlik muddatini “nol” qilishni taklif qildi. “Barchasi halol, ochiq, oshkora ta’minlanishi kerak. Konstitutsiyadan prezidentlik muddati sonidagi cheklovlarni olib tashlash kerak yoki vaziyat talabidan va xalqning xohishidan kelib chiqib, amaldagi prezident ushbu lavozimga qayta saylanishi kerak... Bu mamlakat ichkarisida ham, tashqi konturda ham barqarorlik garovidir”, — dedi u.

    Tuzatish konstitutsiyaviy o‘zgartirish loyihasiga kiritildi. Tuzatishlar bo‘yicha ovoz berish 2020-yilning 25-iyunidan 1-iyuligacha davom etdi, fuqarolarning deyarli 78 foizi asosiy qonunning yangi tahririni qo‘llab-quvvatladi. 4-iyuldan tuzatishlar kuchga kirdi.

    2020-yilning noyabr oyida ovoz berish natijalariga ko‘ra deputatlar Pavel Krashennikov va Olga Savastyanova, shuningdek, Federatsiya kengashi a’zosi Andrey Klishas Davlat dumasiga Putinning prezident etib qayta saylanishiga ruxsat beruvchi qonun loyihasini kiritgan edi.

    Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidentining jiyani Roman Putin davlat rahbari Vladimir Putinni qo‘llab-quvvatlash qo‘mitasini tuzdi. Yangi tashkilot uy-joy kommunal xo‘jaligi, tibbiyot va ta’lim sohasida prezident farmonlarining bajarilishi va tartibga solish ishlarini nazorat qiladi hamda yoshlardagi vatanparvarlik va sport tarbiyasi bilan shug‘ullanadi. Putinni qo‘llab-quvvatlash qo‘mitasi Rossiyaning barcha hududlarida o‘z filialini yaratishni rejalashtirmoqda.

    Avvalroq Putin Medvedevni o‘zining ilm-fan va ta’lim bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlagani haqida xabar berilgandi.

    Mavzuga doir:

    • Vladimir Putin koronavirusga qarshi emlandi. U o‘zini yaxshi his qilmoqda
    • Rossiya prezidenti mudofaa vaziri bilan birgalikda Sibir o‘rmonlarida dam oldi (foto)

    24.03.2021, 21:21   Izoh (0)   18037
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Vladimir Putinning jiyani prezidentni qo‘llab-quvvatlash qo‘mitasini tuzdi

    24.03.2021, 16:09

    Yevroittifoq Rossiyani Qrimda chet elliklarning yerga egalik huquqini taqiqlab xalqaro qonunlarni buzganlikda aybladi

    24.03.2021, 15:12

    Shimoliy Koreya sinov doirasida raketalar uchirdi. AQSh bunga jiddiy ahamiyat bermadi

    24.03.2021, 14:11

    AstraZeneca vaksinasidan keyingi o‘limlar davom etmoqda, koronavirusga chalinishlar soni bir haftada 8 foizga oshdi, Belgiyada yangi shtamm aniqlandi va boshqa kor...

    24.03.2021, 11:47

    Vladimir Putin koronavirusga qarshi emlandi. U o‘zini yaxshi his qilmoqda

    24.03.2021, 10:47

    Kongoda o‘tgan prezidentlik saylovlarida amaldagi davlat rahbari Deni Sassu-Ngesso g‘alaba qozondi

    24.03.2021, 10:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Britaniyalik ayol eriga giyohvand moddalar sotib olish uchun ish joyidan 260 ming dollar o‘g‘irladi

    Dunyo | 19 iyun, 23:55

    “ChatGPT’dan foydalanish insonning aqliy qobiliyatlarini pasaytiradi” — tadqiqot

    Dunyo | 19 iyun, 23:45

    “AQSH va Eron Isroil hujumlari boshlanganidan so‘ng bevosita muzokaralar olib borgan” — OAV

    Dunyo | 19 iyun, 23:35

    CBS: Tramp Fordodagi uran boyitish markaziga zarba berishi mumkin

    Dunyo | 19 iyun, 23:25

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Palmeyras” “Al-Ahli”ni mag‘lub etdi

    Sport | 19 iyun, 23:15

    Adolat qaror topdi: qashqadaryolik fermerning bank sotib yuborgan haydov traktori qaytarib beriladigan bo‘ldi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 19-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 19 iyun, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.