Dam olish kunlarini Sibirdagi tayga (ignabargli qalin o‘rmon)da o‘tkazayotgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin va mudofaa vaziri Sergey Shoygu yo‘ltanlamasda kezmoqda va piyoda sayr qilmoqda. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.

Foto: “Kremlin.ru”

Uning aytishicha, Shoygu Putinni o‘zining yog‘ochdan turli buyumlar yasaladigan ustaxonasiga taklif qilgan. Kreml prezident va mudofaa vazirining sayohati aks etgan fotosuratlar bilan bo‘lishdi.

Foto: “Kremlin.ru”

Foto: “Kremlin.ru”

Foto: “Kremlin.ru”

Rossiya prezidenti Sibir o‘rmonlariga tez-tez safar qilib turadi. Xususan, 2018-yilda Sergey Shoygu va federal xavfsizlik xizmati direktori Aleksandr Bortnikov bilan birga tog‘da sayr qilgan, shanba va yakshanba kunlarini Yeniseyda o‘tkazgan edi.

Foto: “Kremlin.ru”

Foto: “Kremlin.ru”

Foto: “Kremlin.ru”

2017-yilda esa Sergey Shoygu, shuningdek, Tuva rahbari Sholban Kara-ool va Xakasiya rahbari Viktor Zimin hamrohligida tog‘ ko‘llarida baliq tutgan, daryolarda motorli qayiqlarda yurgan, kvadrosiklda va piyoda tog‘dan tog‘ga ko‘chib yurgan.

Foto: “Kremlin.ru”

Foto: “Kremlin.ru”

Shuningdek, 2014-yilda Vladimir Putin 7-oktabr, tug‘ilgan kunida birinchi marta o‘ziga ta’til olib, Sibir taygasiga jo‘nab ketgan edi.