Namangan viloyatining Chortoq tumanida ilk zamonaviy yopiq suzish havzasi foydalanishga topshirildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.
Yopiq basseynlar hozirgacha viloyat markazi, Pop, Chust, Namangan va Yangiqo‘rg‘on tumanlarida faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, endi chortoqlik sportchilar uchun ham shunday imkoniyat yaratildi.
Tumanning “Do‘stlik” mahallasi hududida barpo etilgan havza uchun 6,2 milliard so‘m mablag‘ sarflandi.
Chortoq bolalar va o‘smirlar sport maktabi ixtiyoriga berilgan mazkur inshootda 11×25 metr o‘lchamdagi suzish havzasi, murabbiylar va shug‘ullanuvchilar uchun yuvinish, kiyinish, tibbiyot va dezinfeksiya xonalari hamda 120 tomoshabinga mo‘ljallangan o‘rindiqlar mavjud.
Yopiq suzish havzasining ochilish marosimida viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov ishtirok etdi. Marosim ishtirokchilari yosh sportchilarning ko‘rgazmali chiqishlarini kuzatdi.
Izoh (0)