• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Navoiyda ta’sischisi senator bo‘lgan kompaniya qurilish ishlarida qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ygan — Qurilish vazirligi

    O‘zbekiston Qurilish vazirligi Navoiy viloyatida ko‘p qavatli turar joy binolari va boshqa obyektlarning qurilishida yo‘l qo‘yilgan qonunbuzarliklarni aniqladi, deb xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Idora qonunbuzarlik bilan qurilish ishlarini olib borayotgan oltita kompaniyani sanab o‘tgan. Ular orasida Zarafshan Golden Group ham bo‘lib, kompaniya Zarafshon shahridagi 13-kichik tumanda shaharsozlikka ruxsat beruvchi hujjatlar rasmiylashtirilmagan hamda hududiy inspeksiyani xabardor etmasdan ko‘p qavatli turar joy obyektida qurilish-montaj ishlarini boshlagan.

    Foto: Qurilish vazirligi matbuot xizmati

    Foto: Qurilish vazirligi matbuot xizmati

    Ushbu holat yuzasidan hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilni xabardor etilgan holda qisqa muddatli inspektorlik tekshiruvi o‘tkazilgan. Tekshiruv natijasiga ko‘ra mas’ul fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 99-moddasi (shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish) 7-qismi bilan o‘rnatilgan tartibda hujjatlar yig‘ilib, Zarafshon shahar Jinoyat ishlari bo‘yicha sudiga yuborilgan.

    Avvalroq Zarafshon Buldings kompaniyasi boshqa kompaniyalar bilan bir qatorda Toshkent shaharida noqonuniy qurilish ishlarini amalga oshirgani to‘g‘risida xabar berilgandi. “Gazeta.uz”ning yozishicha, kompaniyaning ta’sischilaridan biri Zarafshan Golden Group hisoblanadi.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registriga ko‘ra, Zarafshan Golden Group (turar joy binolarini qurishga ixtisoslashgan) ta’sischilari Navoiy viloyatidan saylangan senator Ulug‘bek Fayziyev G‘aniyevich (91,5 foiz) hamda Oybek Fayziyev G‘aniyevich (8,4 foiz) hisoblanadi.

    Kompaniya saytida ma’lumotlarga ko‘ra, Zarafshan Golden Group 1993-yildan buyon faoliyat ko‘rsatib keladi. U Navoiy viloyatida va Toshkent shahrida ko‘p qavatli turar joy binolarini, shuningdek, ishlab chiqarish obyektlari, ichki avtomobil yo‘llari qurish, bog‘chalarni ta’mirlash va boshqa qator qurilish ishlari bilan shug‘ullanadi.

    Ta’kidlanishicha, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-iyuldagi qarori bilan Zarafshan Golden Group Zarafshondagi 650 o‘ringa mo‘ljallangan karantin zonasini qurishning to‘g‘ridan to‘g‘ri bosh pudratchisi etib tayinlangan, buyurtmachi — Navoiy viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi. Obyekt qurilishi 9,3 milliard so‘mga baholangan (QQS bilan birga). Loyiha davlat budjeti tomonidan moliyalashtirilgan.

    Bundan tashqari, Qurilish vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Navoiy viloyatida “Sifat qurilish Zarafshon”, “Zarafshon Binoinshoot qurilish”, “Hakimzoda”, “Osiyo Yugra” va “Laylo ulgurji savdo” kompaniyalari ham qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ygan holda qurilish ishlarini olib borgan.

    Zarafshan Golden Group Zarafshon hokimining 2020-yil 28-iyuldagi qarori bilan kompaniya Navoiydagi 13-kichik tumanda shaharning bosh rejasiga asosan ko‘p qavatli turar joy binosini qurish uchun 0,525 gektar hududda olganiga izoh bergan.

    Qurilish bosh boshqarmasi 2020-yil 25-avgust kuni arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini tasdiqlagan hamda gaz, elektr, suv ta’minoti va kanalizatsiya tarmoqlariga ulanish texnik shartlarni bergan. Shuningdek, xatda qayd etilishicha, ekologik ekspertiza xulosasi ham olingan.

    12 qavatli turar joy binosini qurish uchun Rossiyaning “UDS-Injiniring” kompaniyasi bilan 24-avgustda imzolangan shartnomaga binoan mamlakatda birinchi marta temir-beton konstruksiyalar asosida loyiha-smeta hujjatlari tayyorlangan.

    Zarafshan Golden Group’ning ma’lum qilishicha, obyektning moslashishi uchun ma’lum bir vaqt talab etilgani, shu sababli hujjatlarni rasmiylashtirish jarayoni cho‘zilgan. Adaptatsiya ishlari “ToshuyjoyLITI” kompaniyasi tomonidan yakunlangan.

    “Obyektda faqat poydevor yotqizish uchun chuqur qazish ishlari yakunlangan va qurilish sohasini nazorat qilish bo‘yicha hududiy inspeksiyaning ko‘rsatmasi bilan 9-fevral kuni loyiha-smeta hujjatlari, davlat ekspertizasi va uning inspeksiyada ro‘yxatdan o‘tkazilishi tasdiqlangunga qadar qurilish ishlari to‘xtatilgan”, — deyiladi xabarda.

    Avvalroq Qurilish vazirligi Toshkentda bir qator ko‘p qavatli turar joy binolari noqonuniy qurilayotgani aniqlansa-da, qurilish ishlari to‘xtatilmaganini, Qashqadaryoda qurilish talablarini buzgan bir qancha kompaniyalarga chora ko‘rilganini ma’lum qilgandi. Samarqandda 2020-yil qurilish sohasida 2385 ta qonun buzilishiga yo‘l qo‘yilgani aniqlangandi.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonda qishloqlarda quriladigan “dom”lar balandligi 5 qavatdan, shaharlarda esa 9 qavatdan past bo‘lmasligi belgilandi

    23.03.2021, 14:21   Izoh (0)   21307
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda hafta oxiriga borib yomg‘ir yog‘adi

    23.03.2021, 14:09

    O‘zbekistonda 2017-yildan boshlab qurilgan va qurilayotgan barcha binolar 2021-yil oxirigacha qayta nazoratdan o‘tkaziladi

    23.03.2021, 13:44

    “Xodimlarga intizomiy chora ko‘riladi”. Shovotda tuman hokimi ishtirokidagi tadbirda yupun kiyingan bog‘cha tarbiyalanuvchilariga oid holatga izoh berildi

    23.03.2021, 13:08

    “O‘zgidromet” 24-mart kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

    23.03.2021, 12:46

    IIV YHXBB Chinozdan o‘tgan avtomobil yo‘lida yuzaga kelayotgan tirbandliklar bo‘yicha ma’lumot berdi

    23.03.2021, 12:10

    O‘zbekiston—Qirg‘iziston chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha qirg‘iz hukumati delegatsiyasi rahbari Toshkentga keldi

    23.03.2021, 11:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yuziga ajin tushishidan qo‘rqib, 40 yil tabassum qilmay yashagan ayol hozir qanday ko‘rinishda?

    Layfstayl | 23 avgust, 12:45

    O‘zbekiston MOQ rahbarlari “Manchester Siti” klubi mehmoni bo‘lishdi

    Sport | 23 avgust, 12:30

    Uzbekistan Airports’ning 6,8 mlrd so‘mlik davlat xaridi qonunchilikka zid o‘tkazilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 12:25

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.