O‘zbekiston hududiga 23-mart kuni deyarli salqin havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. “O‘zgidromet”ning ma’lum qilishicha, buning natijasida Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qolgan hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 15-20 daraja iliqdan yuqori bo‘lmaydi.
24—25-mart kunlari salqin havo massalari mamlakat hududlaridan chiqib ketadi, uning o‘rniga janubiy hududlardan iliq havo kirib kelishi boshlanadi. Bu kunlarda yog‘ingarchilik ehtimoli kam bo‘ladi, havo harorati kechalari 8-13 daraja iliq, kunduz kunlari 20-25 daraja iliq atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
26—27-mart kunlari respublikaga Kavkaz hududlaridan bulutli massivlar kirib keladi, buning hisobiga ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati kechalari 8-13 daraja iliq, kunduz kunlari 17-22 daraja iliq atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Ba’zi joylarda ayrim kunlarda shamol tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.
Izoh (0)