Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Odamlarni vaksinatsiya jarayonlariga undash uchun kasallar soni ko‘paytirib ko‘rsatilayotgani yo‘q. Bu haqda AOKA huzurida “O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat, vaksinatsiya jarayonlariga tayyorgarlik” mavzusida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari o‘rinbosari Nurmat Otabekov ma’lum qildi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

“Odamlar orasida vaksinatsiya jarayonlariga undash uchun ataylab kasallik ko‘payishini bo‘rttirib ko‘rsatishga urinishyapti, degan mish-mishlar uchrab turibdi. Bunda mantiq yo‘q, chunki kasallanish holatlari asosan bolalar orasida ko‘paymoqda. Biz esa vaksinani 18 yoshdan kattalarga tavsiya qilyapmiz.

Karantin choralari qat’iylashtirilganiga odamlarning haddan ortiq xotirjamlikka berilgani sabab bo‘lyapti desak, adolatdan bo‘lardi.

Vaqti kelib, bolalarni himoya qilish choralari ishlab chiqilishi ham mumkin”, – dedi Otabekov.

Shuningdek, Nurmat Otabekov internet tarmoqlarida tarqalgan Zangiotadagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida vafot etib, rasmiy statistikada aks etmagan bemor masalasiga ham oydinlik kiritib o‘tdi. Mutaxassisning fikricha, bemor shifoxonaga olib borilishidan oldin unda virus tasdiqlangan. Ammo shifoxonadagi maxsus laborator tekshiruvida manfiy natija qayd etilgan. Shu sabab ham rasmiy statistikaga kiritilmagan. Hozirda patologoanatom xulosasi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 14-mart kuni O‘zbekistonda dekabrdan beri birinchi marta bir kunda 100 dan ortiq odamda koronavirus aniqlanib, shundan 93 tasi Toshkent shahrida qayd etilgandi. Poytaxtda koronavirusga chalinish holatlari, asosan, o‘quvchilar, talabalar va tashkilot xodimlari orasida ko‘paygan. Xususan, Toshkentdagi 77 ta maktabda o‘quvchilar orasida koronavirus infeksiyasi aniqlangan, 117-sonli bog‘chada ikki nafar tarbiyachi va bolalarda koronavirus aniqlangani sabab mazkur bog‘cha vaqtincha yopildi.

Bundan avval Toshkent shahridagi taksi va qurilish sohasida karantin choralari kuchaytirilishi, poytaxt hokimligi va uning tizimidagi barcha tuzilmalarda turli yig‘ilishlarni o‘tkazish taqiqlangani haqida xabar berilgan edi.

Koronavirus keng tarqalishining oldini olish maqsadida Toshkentdagi ayrim maktablarda o‘qish bosqichma-bosqich masofaviy shaklga o‘tkazilmoqda, bozor va savdo markazlarida karantin talablari kuchaytirildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
“Hayot bizni sinovga tashladi”. Sobiq “Ummon” guruhining xonandasi Jasur Rafiqovning saratonga chalingani aytilmoqda
Dunyo
Rossiyada safarbarlikdan bosh tortish bo‘yicha birinchi jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Mahalliy
“Nomi Сity, yashash tarzimiz esa qishloqdagi uylardan battar”. Qarshi Сity’da yashovchi aholi ko‘p qavatli uydagi muammolar haqida (video)