Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanidagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jalik kasb-hunar kolleji o‘qituvchilari 6 oydan buyon maoshsiz ishlamoqda. Bu haqda ismini oshkor qilishni istamagan o‘qituvchilardan biriga tayanib, “Xabar.uz” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning dekabr oyida mazkur kasb-hunar kolleji Qurilish vazirligi tasarrufiga o‘tkazilgan. Ta’kidlanishicha, mulkchilik shakli boshqa tuzilmaga o‘tkazilganidan so‘ng o‘qituvchi va xodimlarga kompensatsiya to‘lab berilmagan. Kollej rahbariyati tomonidan korrupsion holatlarga ham yo‘l qo‘yilgani aytilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Qurilish vazirligi tuzilmasida 2 ta institut, 14 ta kollej va 3 ta texnikum mavjud.
Shahrisabzdagi kollejda 50 nafar o‘qituvchi va xodimlar faoliyat yuritadi. 162 nafar o‘quvchi 12 ta yo‘nalishda kasb-hunar sirlarini o‘rganadi.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning aprelida Qarshidagi “Vatanparvarlar bog‘i”ning 24 nafar xodimi uch oylik maoshi to‘lanmayotganini ma’lum qilgandi. OAVda bu haqda maqola e’lon qilingach, bog‘i xodimlarining 2020-yil yanvar, fevral va mart oyida to‘lanmay qolgan oylik-maoshi to‘lab berilgan edi.
Izoh (0)