Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahar hokimligi va uning tizimidagi barcha boshqarma va tashkilotlar, tuman hokimliklarida yig‘ilish va majlislar tashkil etish hamda o‘tkazish vaqtinchalik taqiqlandi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

SSV matbuot xizmatining xabar berishicha, bu haqda Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasi yangi shtammlari keng tarqalishining oldini olish bo‘yicha Toshkent shahar shtabining yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, zarur hollarda yig‘ilishlar onlayn tizimda o‘tkaziladi.

Shuningdek, oliy ta’lim muassasalari va ularning yotoqxonalarida karantin va sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.

Eslatib o‘tamiz, 14-mart kuni O‘zbekistonda dekabrdan beri birinchi marta bir kunda 100 dan ortiq odamda koronavirus aniqlanib, shundan 93 tasi Toshkent shahrida qayd etilgandi. Poytaxtda koronavirusga chalinish holatlari asosan o‘quvchilar, talabalar va tashkilot xodimlari orasida ko‘paygan. Xususan, Toshkentdagi 77 ta maktabda o‘quvchilar orasida koronavirus infeksiyasi aniqlandi, 117-sonli bog‘chada ikki nafar tarbiyachi va bolalarda koronavirus aniqlangani sabab bog‘cha vaqtincha yopildi.

Koronavirus keng tarqalishining oldini olish maqsadida Toshkentdagi ayrim maktablarda o‘qish bosqichma-bosqich masofaviy shaklga o‘tkazilmoqda, bozor va savdo markazlarida karantin talablari kuchaytirildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 2-dekabr kuni 156 kishida koronavirus aniqlandi
Mahalliy
Janubiy Koreya mamlakatda ishlash niyatidagi o‘zbekistonliklar uchun kvotalar sonini oshiradi
Dunyo
“Hind Chernobili” — Pxobaldagi texnogen halokat, Eron oliy rahbariga aylangan Homanaiy va Sovuq urushga yakun yasagan Yelsin—Bush. Kun xronologiyasida 3-dekabr