Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Turkmaniston parlamenti “Xizmat ko‘rsatgan itboqar” va “Xalq itboqari” faxriy unvonlarini ta’sis etish to‘g‘risidagi qonun loyihalarini qabul qildi. Bu haqda Turkmenportal’ga tayanib, “RBK” xabar berdi.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Tegishli qonunlar Turkmaniston Majlisining navbatdagi yig‘ilishida qabul qilindi. Turkmaniston parlamentida ta’kidlanganidek, dunyoda tarixiy va madaniy merosni saqlash hamda ommalashtirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ushbu faxriy unvonlar sovrindorlari uchun ko‘krak nishonlarining eskizlarini shaxsan tasdiqladi.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilda Turkmaniston prezidenti Rossiya prezidenti Vladimir Putinga alabay kuchugini sovg‘a qilgan, kuchukka “Sodiq” laqabi berilgan. 2019-yilning mayida u Rossiya sobiq bosh vaziri Dmitriy Medvedevga ham alabay sovg‘a qilgan. 2020-yil noyabr oyida Berdimuhamedov Ashxobodda alabay itiga atab o‘rnatilgan oltin haykalni ochib bergandi.

Turkman alabayi yoki bo‘ribosar iti — O‘rta Osiyo cho‘pon itining bir turi. Axalteke oti bilan bir qatorda, alabay Turkmanistonning milliy boyligi hisoblanadi. Mamlakatda rasmiy ruxsatsiz zotli hayvonlarni xorijga eksport qilish taqiqlanadi.

Avvalroq Berdimuhamedov Turkmaniston poytaxtining yubileyi kuni tug‘ilgan birinchi chaqaloqqa Ashxobod deb ism qo‘yishni buyurgan edi. Shuningdek, u teatrlarda “xalqning baxtli hayoti” to‘g‘risidagi spektakllar yo‘qligi sabab madaniyat vaziriga hayfsan bergan.

Shuningdek, Turkmaniston prezidenti ikkinchi sun’iy yo‘ldoshni uchirishni va yuk samolyotlarini sotib olishni buyurgani, sanoat sektori ishini tanqid qilib, “Turkmanximiya” rahbariga qattiq tanbeh bergani hamda olimlarga kartoshka hosildorligini oshirishni buyurgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Bir necha kundan buyon hukm surayotgan qorli ob-havoda o‘zbekistonliklar yasagan qorbobolar — suratlarda
Sport
Matbuot anjumani vaqtida mushukni uloqtirib yuborgan Braziliya terma jamoasi rasmiysi tanqidlarga uchradi (video)
Dunyo
Lukashenko “kuchsiz Mercedes” tufayli YOII sammitiga piyoda keldi (video)