Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov mamlakat madaniyat vaziri Atageldi Shamiradovga so‘nggi ogohlantirish bilan hayfsan berdi va kamchiliklarni iloji boricha tezroq tuzatishni talab qildi, deb xabar berdi “Interfaks”, “Neytralniy Turkmenistan” nashriga tayanib.

Foto: “Xronika Turkmenistana”

Foto: “Xronika Turkmenistana”

“Xalqning bugungi yutuqlari va baxtli hayotini madh etuvchi yangi spektakllar madaniyat markazlari va teatrlarida namoyish etilmayapti, bu haqidagi qisqa sahna asarlari kam. Bu esa teatr yo‘nalishi darajasining pastligi va yaratilgan asarlarning badiiyligi yetarlicha emasligini bildiradi”, – deydi Berdimuhamedov 7-avgust kuni bo‘lib o‘tgan madaniyat va ommaviy axborot vositalari ishlariga bag‘ishlangan yig‘ilishda.

Berdimuhamedov 2021-yilda nishonlanadigan Turkmaniston mustaqilligining 30 yilligini “munosib tarzda yoritish” bo‘yicha topshiriq berdi.

Prezident Turkmaniston televideniye, radioeshittirish va kinematografiya davlat qo‘mitasi raisi hamda televideniye va radiokanallar rahbarlariga murojaat qilib, Turkmaniston mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan dasturlarni muntazam ravishda namoyish etishni buyurdi.

Bundan tashqari, Berdimuhamedov mustaqillikning 30 yilligiga bag‘ishlangan barcha ommaviy tadbirlarni, tantanalarni va teatrlashtirilgan tomoshalarni “ushbu sohadagi zamonaviy yutuqlardan foydalangan holda” o‘tkazishni buyurdi. U ustuvor vazifalar qatorida ushbu tadbirlarda “milliy urf-odatlar va an’analarning o‘ziga xos xususiyatlari, xalqning madaniy va ma’naviy qadriyatlari” aks ettirilishi kerakligini aytdi.

Bundan avval Turkmaniston prezidenti ikkinchi sun’iy yo‘ldoshni uchirishni va yuk samolyotlarini sotib olishni buyurgani, sanoat sektori ishini tanqid qilib, Turkmanximiya rahbariga qattiq tanbeh bergani hamda olimlarga kartoshka hosildorligini oshirishni buyurgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ukraina tashqi ishlar vaziri Putinning “Zelenskiyni o‘ldirmaslik” bo‘yicha bergan va’dasiga munosabat bildirdi
Sport
A Seriya. Eldor Shomurodovning debyut o‘yinida “Spetsiya” o‘zida “Napoli”ga yirik hisobda yutqazdi
Dunyo
Marsdan ham sovuqroq: AQSHda havo harorati tarixiy rekordni yangiladi (video)