Toshkent shahri Yunusobod tumanida joylashgan kafega kirib, u yerdan ichida pul bo‘lgan seyfni o‘g‘irlab ketmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi, deya xabar bermoqda shahar IIBB matbuot xizmati.
Yunusobod tumani IIO FMBdan kelib tushgan xabarga ko‘ra, 1-mart kuni, taxminan, soat 4:30 da 27 yoshli Sh.K. kafelardan birining eshigi ochiq qolganidan foydalanib, u yerga kirgan.
U ichida 21 yoshli kafe boshqaruvchisi H.A.ga tegishli bo‘lgan 15 million so‘m bo‘lgan seyfni o‘g‘irlab ketgan. Sh.K. voqea joyidan yashirinmoqchi bo‘lganida qo‘lga olingan.
Mazkur fakt asosida Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi (o‘g‘rilik) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Bundan avval Namanganda do‘konning sobiq ishchisi u yerdan jami qiymati qariyb 12 ming dollarga teng bo‘lgan telefonlarni o‘g‘irlab ketgani, Samarqandda “romantik oqshom” uchun chaqirilgan qizlar o‘smirning uyini to‘nab ketgani hamda Andijonda 21 yoshli ayolning sochini zo‘rlik ishlatish yo‘li bilan qirqib tashlab, telefonini o‘marib ketgan yigit hibsga olingani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)