• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    AQSh Kongressi O‘zbekistonni “Jekson-Venik” tuzatishidan chiqarish rezolyutsiyasini ko‘rib chiqmoqda

    AQSh Vakillar palatasining Tashqi ishlar bo‘yicha qo‘mitasi O‘zbekistonga nisbatan “Jekson-Venik” tuzatishi qo‘llanilishini butunlay olib tashlash masalasini ko‘rib chiqadi. Bu haqda O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasiga tayanib, “Dunyo” agentligi xabar berdi.

    Foto: “Dunyo” agentligi

    Foto: “Dunyo” agentligi

    AQSh Vakillar palatasidagi “O‘zbekiston bo‘yicha kokus”ning hamraisi, Missisipi shtatidan saylangan kongressmen Trent Kelli O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Javlon Vahobov bilan muloqot chog‘ida uning idorasiga elchixonadan tegishli murojaat kelib tushganini tasdiqlagan. Kongressmenning so‘zlariga ko‘ra, parlamentning ushbu masala bilan shug‘ullanadigan qo‘mitasi O‘zbekiston tomonidan taqdim qilingan respublikaga nisbatan “Jekson-Venik” tuzatishining qo‘llanishini bekor qilishga asos bo‘ladigan dalillarni diqqat bilan o‘rganib chiqqan.

    Trent Kellining so‘zlariga ko‘ra, ushbu qo‘mitadan olingan tavsiyalar asosida kongressmen ushbu hujjatning O‘zbekistonga nisbatan qo‘llanilishini to‘xtatish to‘g‘risidagi taklifni o‘z ichiga olgan rezolyutsiya loyihasini tayyorlagan va ushbu hujjat AQSh Vakillar palatasi Tashqi ishlar qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishida ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi.

    “O‘zbekiston bo‘yicha kokus”ning yana bir a’zosi, Nebraska shtatidan saylangan respublikachi kongressmen Don Bekon ham Vakillar palatasining O‘zbekistonga nisbatan ushbu tuzatish qo‘llanilishini bekor qilish to‘g‘risidagi qarorini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirgan.

    Kanzas shtatidan saylangan Kongress a’zosi Ron Estes “Jekson-Venik” tuzatishini o‘tgan asr aks-sadosi, deb hisoblaydi. Uning fikriga ko‘ra, bu sobiq ittifoq hududida tashkil topgan mustaqil davlatlarga, shu jumladan, 30 yil oldin tarqab ketgan mamlakatga qo‘llanilgan cheklov choralarining sabablari bilan hech qanday aloqasi bo‘lmagan O‘zbekistonga nisbatan qo‘llanilmasligi kerak. Kongressmen tegishli qo‘mitada ushbu masala bo‘yicha munozaralar boshlashini ma’lum qilgan. Bundan tashqari, Ron Estes Budjet ishlari bo‘yicha qo‘mita a’zolari, shuningdek, AQSh savdo vakili idorasi va mamlakatning boshqa tegishli tuzilmalari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazishga tayyorligini bildirgan.

    AQSh Kongressidagi “Ayollar kokusi”ning hamraisi, Puerto-Rikodan saylangan respublikachi kongressmen Jennifer Gonsales Kolon ta’kidlashicha, “Jekson-Venik” tuzatishining O‘zbekistonga nisbatan qo‘llanishining olib tashlanishi juda kechikmoqda, chunki mamlakatda azaldan boshqa millat vakillariga do‘stona munosabatda bo‘lib kelingan, yahudiylarning harakatlanish erkinligi cheklanmagan. U kongressmen Trent Kelli bilan birgalikda mazkur tuzatishning O‘zbekistonga nisbatan qo‘llanishini tezlik bilan butunlay bekor qilish masalasini ilgari surishini qayd etgan.

    AQSh Senatining Xalqaro munosabatlar qo‘mitasi va Vakillar palatasining Xalqaro munosabatlar qo‘mitasi mas’ul xodimlari ushbu masala bo‘yicha qaror siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va inson huquqlariga oid sohalardagi vaziyat, mehnatkashlar huquqlari, intellektual mulkni himoya qilish, savdo to‘siqlarini olib tashlash va bojxona tariflarini yengillashtirish jabhasidagi ijobiy o‘zgarishlar, AQSh bilan hamkorlik holati puxta va har tomonlama o‘rganilgandan so‘ng qabul qilinishini ta’kidlagan.

    Foto: “Dunyo” agentligi

    Foto: “Dunyo” agentligi

    Kongress vakillari elchixonaning ushbu tuzatishni O‘zbekistonga nisbatan bekor qilish tashabbusini ilgari surishda yordam berishga tayyor ekanini bildirgan. Ularning fikriga ko‘ra, sobiq tuzum davrida erkin harakatlanish huquqi chegaralangan yahudiy millatiga mansub aksariyat aholi uzoq vaqtdan beri tarixiy vatani — Isroilga, shuningdek, AQSh va Kanadaga ko‘chib ketgan. Kongress xodimlari, shuningdek, parlamentning boshqa vakillarini Vakillar palatasining ushbu tuzatishni bekor qilish to‘g‘risidagi tashabbusini ilgari surish jarayoniga jalb qilishini bildirgan.

    Elchixona ma’lumotiga ko‘ra, AQSh Savdo vakili idorasi O‘zbekistonning mamlakatni “Jekson-Venik” tuzatishi ta’siridan olib chiqish borasidagi sa’y-harakatlarini olqishlaydi. Ushbu tuzatish amaliyoti O‘zbekiston—AQSh strategik sheriklik ruhi, o‘zaro munosabatlarning bugungi izchilligi, shuningdek, O‘zbekiston rahbariyatining Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha sa’y-harakatlariga mos kelmaydi, deb hisoblaydi.

    Elchixonaning xabar berishicha, 2021- aprel oyida Kongressda AQSh Savdo vakili idorasi vakillari ishtirokida maxsus brifing o‘tkazish rejalashtirilgan. Anjuman mamlakatimizda inson huquqlari himoyasini ta’minlash va bozor iqtisodiyotini shakllantirish sohalarida qo‘lga kiritilgan yutuqlarga bag‘ishlanadi. Bu ham “Jekson-Venik” tuzatishining O‘zbekistonga nisbatan qo‘llanishini bekor qilishdagi qadam bo‘ladi.

    Ma’lumot uchun, “Jekson-Venik” tuzatishlari AQShning 1974-yili qabul qilingan “Savdo to‘g‘risida”gi qonuniga kiritilgan o‘zgarishlardir. Qonunga tuzatish kiritgan mualliflar — kongressmenlar Genri Jekson va Charlz Venik fuqarolarning emigratsiyasiga to‘sqinlik qilayotgan, inson huquqlarini poymol etuvchi davlatlarga nisbatan iqtisodiy bosimni taklif qilgan. Ularning fikricha, AQSh shunday davlatlar bilan munosabatlarda savdo imtiyozlari, davlat va uning kafilligidagi kreditlarni ajratishni taqiqlashi lozim.

    Bugun O‘zbekiston ushbu tuzatish ta’siridan vaqtincha (waiver) chiqarilgan. Bu masala har yili AQSh Kongressidagi tinglovlarda qayta ko‘rib chiqilmoqda.

    Mavzuga doir: O‘zbekiston diniy erkinlik bo‘yicha AQSh “qora ro‘yxati”ga nima uchun kiritilgan edi? Diniy qo‘mita vakili javob berdi

    Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning aprelida O‘zbekiston hukumati JSTga a’zo davlatlar bilan muzokaralarda imtiyozlarga ega bo‘lish uchun AQShdan O‘zbekistonga rivojlanayotgan iqtisodiyot maqomini berishni, shuningdek, mamlakatni “Jekson-Venik” tuzatishlarining ta’sirchan choralari ro‘yxatidan chiqarishni so‘ragan edi.

    12.03.2021, 21:12   Izoh (0)   27097
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namanganda 1 mlrd so‘m imtiyozli kredit talon-toroj qilingani aniqlandi

    12.03.2021, 20:11

    Shavkat Mirziyoyev Germaniya kansleri Angela Merkel bilan videoanjuman shaklida muzokara o‘tkazdi

    12.03.2021, 19:48

    Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning O‘zbekistonga qilgan davlat tashrifi yakunlandi

    12.03.2021, 19:22

    Izboskanda oilaviy poliklinika shifokori 200 dollar pora olayotganida ushlangani ma’lum qilindi

    12.03.2021, 18:58

    O‘zbekistonda pensiya tarqatish huquqi “Xalq banki”dan olib qo‘yilishi mumkin

    12.03.2021, 18:34

    O‘zbekiston Qirg‘izistonga 20 ta tez yordam mashinasini sovg‘a qildi

    12.03.2021, 17:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10

    Ularning ko‘pchiligi oramizda yo‘q: “I operatsiyasi” aktyorlari yillar davomida qanchalik o‘zgargan?

    Kino | 23 avgust, 09:00

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.