“Bavariya” klubi ustozi Hans-Diter Flik Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyiga aylanishi mumkin.
Bild nashrining xabar qilishicha, agar Flik Germaniya terma jamoasi boshqaruviga tayinlanadigan bo‘lsa, u holda “Bavariya”ning yangi bosh murabbiyi “Leypsig” ustozi Yulian Nagelsman bo‘ladi.
Avvalroq Germaniya bosh murabbiy Yoaxim Lyov 2021-yilning yozida bo‘lib o‘tadigan Yevro—2020 musobaqasidan keyin o‘z lavozimini tark etishi ma’lum bo‘lgandi.
33 yoshli mutaxassis murabbiylik faoliyatini 2008-yil, 21 yoshida boshlagan. 2016-yilda Yulian “Hoffenhaym” bosh jamoasi ustoziga aylangan, 2019-yildan buyon “Leypsig”da ishlab kelmoqda.
Mutaxassis “buqalar” boshqaruvidagi debyut mavsumidayoq Chempionlar Ligasi yarim finaliga qadar yetib borgan va bu natijaga erishgan musobaqa tarixidagi eng yosh murabbiy bo‘lgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)