“Manchester Siti” hujumkor yarim himoyachisi Ilkay Gundo‘g‘an Angliya Premyer Ligasining fevral oyidagi eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.
Germaniyalik futbolchi fevral oyida 5 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol va bitta golli uzatma muallifiga aylandi.
Ilkay yanvar oyida ham ushbu sovringa loyiq ko‘rilgandi. Gundo‘g‘an ketma-ket ikki bor APLda “oy o‘yinchisi” bo‘lgan “Manchester Siti” tarixidagi ilk futbolchiga aylandi. Shuningdek, u bu sovringa bir martadan ko‘proq erishgan birinchi nemis futbolchisi bo‘ldi.
Ushbu sovrin uchun shuningdek, quyidagi futbolchilar kurash olib borgandi:
- Yoakim Andersen (“Fulhem”) — 6 ta uchrashuvda 1 ta assist va 4 quruq o‘yin;
- Harvi Barns (“Lester”) — 5 ta o‘yinda 2 ta gol va bitta assist;
- Joau Kanselu (“Manchester Siti”) — 5 uchrashuv, 2 ta quruq o‘yin;
- Brunu Fernandesh (“Manchester Yunayted”) — 5 ta bahsda 4 ta gol va 3 ta assist;
- Jessi Lingard (“Vest Hem”) — 5 ta uchrashuvda 3 ta gol va bitta assist;
- Ruben Nevesh (“Vulverhempton”) — 5 o‘yinda 3 ta gol va bitta assist;
- Rafinya (“Lids”) — 6 bahsda 2 ta gol va bitta golli uzatma.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)