“Paxtakor” futbol klubi safida chempionatlar doirasida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar reytingi tuzildi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Birodar Abduraimov “sherlar” safida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchiligi ma’lum bo‘ldi. Abduraimov “Paxtakor” tarkibida chempionatlar doirasida 302 ta o‘yin o‘tkazgan. Shuningdek, o‘zbek futboli afsonasi 300 o‘yinlik dovonni bosib o‘tgan yagona futbolchi bo‘lib qolmoqda.
Keyingi o‘rindan ham jamoaning o‘tgan asrdagi yulduzi joy oldi — Gennadiy Krasnitskiy (246 o‘yin). Kuchli uchlikni Murod Aliyev (232) yakunlab bergan.
“Paxtakor”da chempionatlar (SSSR va O‘zbekiston chempionatlari) doirasida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar:
- Birodar Abduraimov — 302
- Gennadiy Krasnitskiy — 246
- Murod Aliyev — 232
- Stanislav Andreyev — 213
- Vitaliy Suyunov — 211
- Vladimir Kozak — 211
- Anvar Soliyev — 205
- Vladimir Shtern — 202
- Ilhom Suyunov — 198
- To‘lagan Isoqov — 190
- Viktor Varyuxin — 187
- Sobir Hodiyev — 187
- Vladimir Toyirov — 187
- Hamid Rahmatullayev — 184
- Asror Aliqulov — 179
- Igor Sergeyev — 179
- Sherzod Karimov — 178
- Yuriy Pshenichnikov — 177
- Gennadiy Denisov — 177
- Bahodir Ibrohimov — 174
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)