• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev Germaniya kansleri Angela Merkel bilan videoanjuman shaklida muzokara o‘tkazdi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-mart kunining ikkinchi yarmida Germaniya kansleri Angela Merkel bilan videoanjuman shaklida muzokara o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Ta’kidlanishicha, bugungi kunda jahonning ilg‘or mamlakatlaridan biri bo‘lgan Germaniya sanoat va texnologiyalar borasida tan olingan peshqadam sifatida global iqtisodiyotning turli tarmoq va sohalarda yetakchi o‘rinni egallab kelmoqda.

    Bundan tashqari, Germaniya pandemiya oqibatlarini yengib o‘tish bo‘yicha xalqaro tashabbuslarni ilgari surishda faol ishtirok etib, jahon mamlakatlariga, shu jumladan, O‘zbekistonga katta amaliy yordam ko‘rsatmoqda.

    Xususan, Germaniya ko‘magi bilan COVAX tashabbusi doirasida mart oyining oxirida O‘zbekistonga koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi yirik partiyasi yetkazib beriladi. Bundan tashqari, Yevropaning yuqumli kasalliklarni o‘rganish sohasidagi nufuzli ilmiy-tadqiqot muassasasi – Robert Kox instituti bilan yaqindan hamkorlik o‘rnatilgan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    O‘zbekiston va Germaniya yetakchilarining bugungi uchrashuvi kun tartibidan jahonda murakkab epidemiologik vaziyat oqibatida inqirozli hodisalar kuchayishi sharoitida mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari o‘rin oldi.

    O‘zbekiston Prezidenti va Germaniya kansleri ikki yil avval Berlin shahrida o‘tgan oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarning birgalikda amalga oshirilayotgani ikki tomonlama munosabatlarning barqaror sur’atlar bilan rivojlanishini ta’minlayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

    Davlat rahbari O‘zbekistonda yangi demokratik yangilanishlar siyosatini og‘ishmay qo‘llab-quvvatlayotgani hamda mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga moliyaviy-texnik jihatdan ko‘maklashish dasturini kengaytirayotgani uchun Germaniya hukumatiga minnatdorlik bildirdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Iqtisodiy hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Qayd etilishicha, Germaniya O‘zbekistonning muhim texnologik va investitsiyaviy sherigi bo‘lib kelmoqda.

    Keyingi yillarda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 1,5 barobar ko‘paydi, 50 ga yaqin yangi qo‘shma korxona tashkil etildi. O‘zbekistonda Germaniyaning MAN, Claas, Knauf, Papenburg kabi mashhur kompaniyalari faol ishlamoqda. Volkswagen va Viessmann kompaniyalari ilk bor O‘zbekiston bozoriga kirib kelgan bo‘lsa, uzoq tanaffusdan so‘ng Siemens va Bosch kompaniyalari qaytib keldi. 2020- yilda Germaniya kompaniyalari tomonidan mamlakat iqtisodiyotiga kiritilgan investitsiyalar hajmi 700 million dollardan oshdi.

    Uchrashuvda qo‘shma loyihalar, ishbilarmonlarning aloqalari va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, yetakchi nemis kompaniyalari va bank institutlarining O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirishga kelishib olindi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Kooperatsiyaning yangi yo‘nalishlarini, eng avvalo, industrial klasterlar, raqamlashtirish va “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish masalalarini muhokama qilish, qayta tiklanuvchi energetika sohasidagi loyihalarni ilgari surish maqsadida 2021-yilning may oyida O‘zbekiston–Germaniya ishbilarmonlar kengashining navbatdagi uchrashuvini o‘tkazish rejalashtirildi.

    Tomonlar O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi masalasida hamda Yevropa Ittifoqi bilan konstruktiv muloqot doirasida, shu jumladan, Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni tayyorlashni tez fursatda yakunlash bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga ahdlashib oldilar.

    Inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurashish va gender tengligi kabi ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni mustahkamlash muhim ekani ta’kidlandi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Gumanitar almashinuvlar sohasida O‘zbekistonda nemis tilining o‘rganilishini kengaytirish va bu borada tegishli davlat dasturini qabul qilish tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi.

    O‘zbekiston Prezidenti va Germaniya kansleri xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar hamda global va mintaqaviy tuzilmalar doirasidagi hamkorlik yuzasidan ham fikr almashdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, ishonch va sheriklik munosabatlarini mustahkamlash borasidagi siyosati qo‘llab-quvvatlandi. Afg‘onistondagi tinchlik jarayoniga ko‘maklashish, shu maqsadda transport va energetika sohalarida mintaqaviy infratuzilma loyihalarini ilgari surish maqsadida ko‘rilayotgan sa’y-harakatlar yuksak baholandi.

    Muzokaralar yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyev kansler Angela Merkelni O‘zbekistonga kelishga taklif qildi.

    Bundan avval Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov Ko‘ksaroyda ko‘chat ekkani, Sadir Japarov Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Toshkentda sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishgani hamda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida jami 22 ta hujjat imzolangani haqida xabar berilgandi.

    12.03.2021, 19:48   Izoh (0)   21233
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning O‘zbekistonga qilgan davlat tashrifi yakunlandi

    12.03.2021, 19:22

    Izboskanda oilaviy poliklinika shifokori 200 dollar pora olayotganida ushlangani ma’lum qilindi

    12.03.2021, 18:58

    O‘zbekistonda pensiya tarqatish huquqi “Xalq banki”dan olib qo‘yilishi mumkin

    12.03.2021, 18:34

    O‘zbekiston Qirg‘izistonga 20 ta tez yordam mashinasini sovg‘a qildi

    12.03.2021, 17:21

    Sadir Japarov Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Toshkentda sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi

    12.03.2021, 17:09

    Sheroboddagi ko‘prik qurilishi yetti oydan buyon to‘xtab qolgani ma’lum bo‘ldi. Aholi bitmagan ko‘prikni sel oqizib ketishidan xavotirda

    12.03.2021, 16:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.