• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentda bir yil davom etgan sud ishidan so‘ng jurnalistni haqorat qilgan bosh shifokor aybdor deb topildi

    “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov 2020-yilning mart oyida Respublika teri-tanosil kasalliklari shifoxonasida o‘rnatilgan noodatiy tartib yuzasidan bosh shifokor qabulida bo‘ladi. Qabulxonada bosh shifokor holat yuzasidan izoh berar chog‘i muxbirni haqoratlab, ma’lumot olishda to‘sqinlik qiladi. Shundan so‘ng muxbir ichki ishlar organiga qo‘ng‘iroq qilib, ariza qoldiradi.

    Ish qonunlarda yozilganidek oson kechmaydi. Odatda ko‘pi bilan 10 ish kunida hal bo‘ladigan ma’muriy ish 8 oyga cho‘zilib ketadi. Bu o‘rtada muxbir bexabar sud ham bo‘lib o‘tadi. Musulmonbek Ibrohimovning Toshkent shahar prokuraturasiga yozgan arizasidan so‘ng ish qayta ko‘rilib, yana sudga oshiriladi.

    Mavzuga doir: Jurnalistning sakkiz oylik sargardonligi: Huquq posbonlari aybdor bosh shifokorni jarimaga tortolmayapti

    Toshkent shahar ma’muriy sudi sudyasi G‘olibjon Davlatov raisligida 2020-yil 10-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan kassatsiya instansiyasi sudida Mirobod tumani ma’muriy sudi 2020-yil 24-iyundagi qarorini asossiz deb topib, bekor qilgan. Sud shifokor Oybek Ibrohimovning xatti-harakatlariga huquqiy baho berishni so‘rab, ish materiallarini Mirobod tumani IIBga qo‘shimcha surishtiruvga yuborgan.

    Mirobod tuman IIB qo‘shimcha surishtiruv ishlarini yakunlab, ishni sudga taqdim etgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudi 2021-yilning 4-fevral kuni bo‘lib o‘tgan ochiq sud majlisida M.G‘iyosov raisligida bosh shifokor Oybek Ibrohimovga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi bilan yuritilgan ishni ko‘rib chiqqan.

    Sud ish hujjatlarini tekshirib Oybek Ibrohimovning huquqbuzarlikni sodir etganlikdagi aybi uning sudda bergan ko‘rsatuvidan tashqari, ish hujjatidagi tushuntirish xatlari, ish bo‘yicha tuzilgan bildirgi, bayonnoma va ishdagi boshqa hujjatlar bilan o‘z tasdig‘ini topganini bildirgan. Shuningdek, sud huquqbuzarning harakatlari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan to‘g‘ri kvalifikatsiya qilingan deb hisoblagan (ushbu modda bo‘yicha aybli deb topilganlar bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi).

    Foto:

    Foto: "Daryo"

    Sud huquqbuzar Oybek Ibrohimovga jazo turi va miqdorini tayinlashda javobgarlikni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlarni — u tomonidan sodir etilgan qilmishning ijtimoiy xavflilik xususiyati va darajasini, shaxsini, oilaviy ahvolini, qilmishidan pushaymonligini inobatga olib, unga nisbatan modda sanksiyasida nazarda tutilgan jarima jazosini tayinlashni lozim topgan. Sud qaroriga ko‘ra, Oybek Ibrohimov Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilgan. Unga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida — 669 ming so‘m jarima solingan. Jarimani davlat foydasiga undirish belgilab qo‘yilgan.

    Ma’lumot o‘rnida: Sud majlisi ochiq o‘tkazilgan bo‘lsa-da, sudya ishni audio shaklida yozib olishga ruxsat bermay, Oliy sud plenumining “Sud muhokamasi oshkoraligini va sudlar faoliyatiga doir axborot olish huquqini ta’minlash to‘g‘risida”gi qarorining 14-bandiga zid ravishda ish ko‘rgan. Ya’ni, sud majlisida raislik qiluvchi ochiq sud majlisida audioyozuvni amalga oshirishga taraflar roziligini olmasdan, rad javobini bergan, ayni vaqtda muxbirning iltimosnomasini rad etish haqida ajrim chiqarib bermagan.

    Mavzuga doir: Nega sud qarori o‘zgarib qoldi? Sudya bunga izoh berishdan bosh tortdi

    Qayd etish joiz, ushbu ish bo‘yicha dastlabki sud protsesslarida ma’muriy holat bo‘yicha tuzilgan bayonnomani hujjatni tuzgan organga asossiz qaytargan sudya Suhrob Talipov (o‘sha vaqtda Ma’muriy ishlar bo‘yicha Mirobod tuman sudi sudyasi edi) va kassatsiya instansiyasida sud zalida boshqa qarorni o‘qib, so‘ng mazmuni boshqa qaror chiqargan sudya G‘olibjon Davlatovga (o‘sha vaqtda Ma’muriy ishlar bo‘yicha Toshkent shahar sudi sudyasi edi) nisbatan Sudyalar Oliy kengashining Sudyalar daxlsizligini ta’minlash va korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha sud inspeksiyasi tomonidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

    Xulosa o‘rnida

    “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimovning ta’kidlashicha, OAV e’tibor qaratgan dolzarb mavzular bo‘yicha tezkor munosabat bildirishi va ijtimoiy tarmoqdagi kayfiyatni ko‘taruvchi izohlaridan Toshkent shahar IIBB va uning hududiy tuzilmalari zo‘r ishlayotgandek taassurot uyg‘onsa-da, “o‘tgan bir yil davomida kuzatganlari davomida, afsuski, bu ‘yaltiroq islohotlar’ning ortidagi ishlar hali ko‘ngildagidek emasligiga o‘zi, o‘z tanida guvohi bo‘lgan”.

    “Respublikada sanoqli hisoblangan tibbiyot muassasalaridan birining rahbari sodir etgan nomaqbul xatti-harakat ustidan shikoyat qilib, orada o‘zim aybdorga aylanay deganim mayli, shugina ma’muriy ish bir yilga cho‘zilganidan achchiqlanaman — vaqti kelsa ‘beayb aybdor’lar taqdirini 15 daqiqaga qolmay hal qila oladigan tizim nega bunga kelganda ‘tormozlanadi’? Men-ku jurnalist, o‘rnimda jurnalist bo‘lmagan, huquq ko‘chasidan uzoq, bilib-bilmay ortiqcha savol berib qo‘ygan boshqa hamyurtimiz, nima, kaltak yeb yo haqorat eshitib ketaverishi kerakmi? Bosh shifokori o‘zini eplay olmay, qo‘l ko‘tarsa, ichki ishlar xodimi kaltak yegan murojaatchini ‘terpila’ga chiqarsa, sudyasi zalda boshqa qarorni o‘qib, imi-jimida mushtumzo‘rga qulay boshqa qarorga qo‘l qo‘ysa, dodingni kimga aytasan?”, — deydi u.

    11.03.2021, 21:29   Izoh (0)   22852
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Nukusdagi “Las-Vegas” restorani musiqachisi mast mijozlar tomonidan kaltaklandi

    11.03.2021, 21:13

    O‘zbekistonda qizlarni hayotga tayyorlovchi “Bibixonim” maktablari tashkil qilinadi

    11.03.2021, 20:48

    Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov muzokaralarni ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida davom ettirdi

    11.03.2021, 20:19

    O‘zbekiston fuqaroligi masalalarini ko‘rib chiqish tartibi belgilandi

    11.03.2021, 20:11

    Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov tor doirada muzokara o‘tkazdi

    11.03.2021, 19:44

    “Bizda men rahbarman, mening aytganim bo‘ladi, degan qoida saqlanib qolgan” — Inomjon Tog‘ayev

    11.03.2021, 19:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00

    Ilk bor ota bo‘lgan erkaklar miyasidagi o‘zgarishlar olimlarni hayratga soldi

    Layfstayl | 23 avgust, 13:50

    “Tottenhem” “Manchester Siti” futbolchisi uchun 70 mln yevro taklif qilmoqchi

    Sport | 23 avgust, 13:42

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    Dunyo | 23 avgust, 13:22

    Yuziga ajin tushishidan qo‘rqib, 40 yil tabassum qilmay yashagan ayol hozir qanday ko‘rinishda?

    Layfstayl | 23 avgust, 12:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.