• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida endi hech qanday to‘siqlar yo‘q” — Qirg‘iziston TIV vaziri

    Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning O‘zbekistonga davlat tashrifi arafasida Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayev “AKIpress”ga intervyu berib, unda ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar haqida gapirdi, deb yozmoqda “Gazeta.uz”.

    Foto: “AKIpress”

    Foto: “AKIpress”

    Uning ta’kidlashicha, O‘zbekiston bilan do‘stona va yaxshi qo‘shnichilik aloqalarini jadal rivojlantirish Qirg‘iziston uchun “tashqi siyosatning asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda”.

    “Biz O‘zbekistonning mintaqadagi qo‘shnilar bilan munosabatlarni yaqinlashtirishga qaratilgan strategiyasini to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz va mamnuniyat bilan qabul qilamiz. O‘zaro munosabatlarimizning jadallashtirish tufayli so‘nggi yillarda biz muammoli masalalarni hal qilishda sezilarli yutuqlarga erishdik”, — deb qayd etgan Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri.

    Uning ta’kidlashicha, bugungi kunda ikki mamlakat o‘rtasida “biz gapira olmaydigan yopiq mavzular va biz kelisha olmaydigan muammolar yo‘q”.

    Vazirning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Qirg‘iziston savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda “foydalanilmagan ulkan salohiyatga” ega va bu yo‘nalishdagi “ishlarni har tomonlama jadallashtirish” lozim.

    TIV rahbarining qo‘shimcha qilishicha, COVID-19 pandemiyasi oqibatida yuzaga kelgan jahon ijtimoiy-iqtisodiy inqiroz “ikki tomonlama va mintaqaviy darajalardagi xalqaro muvofiqlashtirish va hamkorlikni kuchaytirish ehtiyoji yanada ortganini” ko‘rsatdi.

    “Ayni paytda davlatlarimiz oldida savdo-iqtisodiy aloqalarni va sanoat kooperatsiyasini jonlantirish borasidagi birinchi darajali maqsadlar turibdi. Bu maqsadlarga erishishning eng samarali usuli bu o‘zaro savdo-sotiqdagi to‘siqlarni bartaraf etish, bojxona jarayonlarini soddalashtirish, ularni uyg‘unlashtirish va raqamlashtirish, elektron tijoratni rivojlantirish, shuningdek, o‘zaro investitsiyalarni rag‘batlantirishni ko‘zda tutadigan qo‘shma dasturlarni amalga oshirishdir”, — degan Ruslan Kazakbayev.

    Vazir suv-energetika resurslaridan kompleks va samarali foydalanishni Markaziy Osiyo mamlakatlari barqaror rivojlanishining asosiy omili deb atadi. “Afsuski, bugungi kunda Markaziy Osiyo mintaqasida bu sohadagi o‘zaro manfaatli hamkorlik hozircha yo‘q”, — deb tan olgan u. “Bu suv oqimining yuqori qismida joylashgan hududlarda suv hajmi, shu jumladan, suv taqchilligidan qat’i nazar qo‘shni mamlakatlarda sug‘orish uchun suv resurslarini to‘plash imkoniyati va stimul bo‘lishi uchun zarurdir, shu jumladan bir necha yil oldinga hisob-kitob qilgan holda”, — deb tushuntirgan Ruslan Kazakbayev.

    Vazirning qo‘shimcha qilishicha, Qirg‘iziston tomoni Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasidagi suv va energetika resurslaridan foydalanishning kompensatsion mexanizmi ko‘zda tutilgan Norin-Sirdaryo havzasining suv-energetika resurslaridan foydalanish to‘g‘risidagi 1998-yildagi kelishuv doirasidagi hamkorlikni tiklash tarafdori.

    U Qirg‘izistonga elektr energiyasini import qilish bo‘yicha O‘zbekiston bilan muzokaralar olib borilayotganini ma’lum qildi va ikki mamlakat vakolatli organlari suv va energetika sohasidagi o‘zaro bog‘liqlikni hisobga olgan holda “o‘zaro maqbul yechimlar” topishiga umid bildirdi.

    “Umuman olganda aytishim mumkinki, bugungi kunda mamlakatlar o‘rtasida to‘siqlar yo‘q. Aksincha, O‘zbekiston ham, Qirg‘iziston ham suv va energetika sohasidagi hamkorlik bo‘yicha muqolotning muhimligini borasida umumiy qarashlarga ega. Bu mintaqada barcha manfaatdor tomonlarning ehtiyojlari va manfaatlarini hisobga olgan holda suv-energetika masalalarida nihoyat kelishuvga erishish uchun juda yaxshi asos deb hisoblayman”, — deb ta’kidlagan Ruslan Kazakbayev.

    TIV rahbari, shuningdek, Qirg‘iziston tomoni Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi loyihasi katta ahamiyatga ega deb hisoblashini aytib o‘tgan.

    Mavzuga doir: Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi Qozog‘iston va Rossiya manfaatlariga mos kelmaydi — ekspert

    “Qirg‘iziston uchun boshi berk mamlakatdan tranzit mamlakatga aylanishi juda muhim. Buning uchun butun respublika bo‘ylab ham tranzit va ham ichki temir yo‘l aloqasini rivojlantirish zarur. Bu, fikrimcha, Qirg‘izistonning transport mustaqilligini mustahkamlash garovi”, — degan vazir.

    Uning aytishicha, loyiha bo‘yicha ishchi guruhlarning uch tomonlama mutaxassislar uchrashuvi muntazam ravishda o‘tkazilmoqda va hozirda tomonlar muzokara jarayonini davom ettirmoqda.

    Bundan tashqari, Ruslan Kazakbayev O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida davlat chegarasini delimitatsiya qilish bo‘yicha olib borilayotgan muzokaralarga baho berib, jarayon “o‘zaro hamjihatlik ruhida” o‘tayotganini va bugun yakunlanish bosqichida turganini aytib o‘tgan.

    Mavzuga doir: O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘zaro yer almashadi — Qirg‘iziston Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbari

    “Bizning mamlakatlarga davlat chegarasining juda qiyin hududlari, ayniqsa Farg‘ona vodiysining aholi zich joylashgan qismi meros bo‘lib qoldi. Qolaversa, biz asrlar davomida yonma-yon yashadik va SSSR davrida bizning davlatlarimiz o‘rtasida davlat chegarasi degan tushuncha deyarli bo‘lmagan”, — degan u.

    “Bugungi kunda butun davlat chegarasi uzunligining atigi 6 foizini hal qilishimiz qoldi. Qirg‘iziston O‘zbekiston bilan birgalikda qirg‘iz-o‘zbek davlat chegarasi chizig‘ini rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazishni 2021-yil oxirigacha yakunlashni maqsad qilgan”, — deb so‘zlarini yakunlagan Qirg‘iziston TIV vaziri Ruslan Kazakbayev.

    Mavzuga doir: Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Toshkentga yetib keldi. Uni bosh vazir Abdulla Aripov kutib oldi

    11.03.2021, 16:10   Izoh (0)   30954
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistondagi ehtiyojmand oilalarning yoshlari “Vatanparvar” avtomaktablarida bepul o‘qishlari mumkin bo‘ladi

    11.03.2021, 15:10

    O‘zbekistonda oliygohlarga kirish uchun topshiriladigan test sinovi fanlar majmuasi tasdiqlandi

    11.03.2021, 14:59

    Rustamjon Hamidov O‘zbekistonda “Yil imomi” bo‘ldi

    11.03.2021, 14:35

    Qashqadaryoda qurilish talablarini buzgan bir qancha kompaniyalarga chora ko‘rildi

    11.03.2021, 14:11

    Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Toshkentga yetib keldi. Uni bosh vazir Abdulla Aripov kutib oldi

    11.03.2021, 13:46

    Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

    11.03.2021, 13:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoy sun’iy intellekt xavfsizligi borasida global hamkorlikka chaqirdi

    Dunyo | 27 iyul, 21:57

    Turkiya o‘z tarixidagi eng kuchli aviabombalarini taqdim etdi

    Dunyo | 27 iyul, 20:24

    BMT Falastin davlati qurilishida yordam berishini ma’lum qildi

    Dunyo | 27 iyul, 18:30

    Avstriyada 400 ga yaqin yo‘lovchi qorong‘i tunnelda 6 soat qolib ketdi

    Dunyo | 27 iyul, 17:50

    “Real Madrid” 5 nafar futbolchi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor

    Sport | 27 iyul, 17:46

    Tailand va Kamboja o‘rtasidagi to‘qnashuvlar Tramp vositachiligiga qaramay davom etmoqda

    Dunyo | 27 iyul, 17:06
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.