• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Rus ruletkasiga qiyoslangan “Sputnik V”, Xitoyda joriy qilingan vaksina pasportlari, koronavirusga qarshi kurashda yordam beradigan superkompyuter. Koronaxabarlar

    O‘tgan bir kecha-kunduzda dunyoda yuz bergan koronavirusga bog‘liq eng muhim yangiliklar — “Daryo” koronadayjestida.

    Fugaku superkompyuteri

    Fugaku superkompyuteri
    Foto: EPA

    “Sputnik V” yaratuvchilari vaksinani rus ruletkasiga qiyoslagan Yevropa dori vositalari agentligi rahbaridan uzr talab qildi

    Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasi ishlab chiquvchilari Yevropa dori vositalari agentligi (EMA) boshqaruv raisi Krista Virtumer-Xoxedan uzr so‘rashni talab qildi.

    “Biz ‘Sputnik V’ni bevosita ma’qullayotgan Yevroittifoq mamlakatlari haqida salbiy izohlar bergani uchun Krista Virtumer-Xoxedan omma oldida uzr so‘rashni talab qilamiz. Uning izohlari EMA vaksinaga nisbatan boshlagan ekspertiza jarayoniga ehtimoliy siyosiy aralashuv haqida jiddiy savollarni keltirib chiqaradi”, — deyiladi “Sputnik V”ning Twitter’dagi rasmiy sahifasida.

    Ta’kidlanishicha, EMA koronavirusga qarshi boshqa hech qaysi vaksina haqida bunday bayonotlar bermagan. “Sputnik V” yaratuvchilari fikricha, bunday izohlar agentlik va uning ekspertizasiga nisbatan ishonchga putur yetkazadi.

    Krista Virtumer-Xoxe, shuningdek, Avstriya sog‘liqni saqlash va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi bo‘yicha agentligi raisi ham hisoblanadi. 8-mart kuni Avstriyaning ORF telekanali efirida unga Avstriya EMA ruxsat berishidan avval “Sputnik V”ni qo‘llashga ruxsat berishi kerakmi-yo‘qmi, deb savol berishganida, Virtumer-Xoxe bunday qilmaslikni tavsiya qilib, vaksina haqida ma’lumotlar yetarlicha emasligini pesh qildi. “Bu nimasi bilandir rusruletkasini eslatadi”, — dedi u.

    Rus ruletkasi — bir yoki bir necha kishi to‘pponchani bitta patron bilan o‘qlab, revolver barabanini tavakkaliga aylantiradigan va to‘pponchani boshga tirab, tepkini bosadigan vaziyat.

    Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Krista Virtumer-Xoxening bayonotini “eng kamida noto‘g‘ri” deb atadi. “‘Sputnik V’ dunyodagi eng ommabop vaksinalardan biri ekanligi va dunyoda eng ko‘p ishonch bildirilayotgan vaksina ekanligi borasida hozir hech kimda shubha bo‘lmasligi kerak… Ushbu vaksinaga bo‘lgan talab, ko‘plab mamlakatlarda ushbu dori bilan olib borilayotgan emlash jarayonlari bu vaksinaning talabgirligini va ommabopligini ko‘rsatadi”, — dedi u jurnalistlar bilan suhbatda.

    Yevropa dori vositalari agentligi “Sputnik V” vaksinasini ekspertiza qilishni 4-mart kuni boshladi. Yevroittifoqdagi ikki mamlakat — Vengriya va Slovakiya allaqachon bu doridan foydalanishni ma’qullagan. Bundan tashqari, vaksina yana 44 ta mamlakatda ma’qullangan.

    Xitoyda chet elga chiqish uchun vaksina pasportlari joriy qilindi

    Xitoyda xalqaro sayohatlar uchun elektron salomatlik sertifikatlarini berish dasturi boshlandi. Sertifikatni WeChat ijtimoiy tarmog‘idagi mini-dastur orqali rasmiylashtirish mumkin, hozircha buni faqat Xitoy fuqarolari shaxsni tasdiqlovchi guvohnomalar asosida qila olishi mumkin.

    Sertifikatda ism-sharif, millat, pasport raqami, PZR-test va IgG antitanalar testi natijalari, tadqiqot o‘tkazilgan san ava joy ko‘rsatiladi. SHuningdek, hujjatga COVID-19’ga qarshi vaksinatsiya statusi: vaksinaning nomi, turi va ishlab chiqaruvchisi, emlash sanasi va olingan dozasi kiritiladi. Har bir sertifikatning alohida QR-kodi bo‘lib, uni turli mamlakatlar idoralari ma’lumotni tekshirish uchun skanerlashi mumkin bo‘ladi. Hujjatni telefon ekranida ham, qog‘ozga chiqarib olingan holatda ham ko‘rsatish mumkin.

    Xitoy Tashqi ishlar vazirligi fikricha, ko‘proq mamlakatlar salomatlik sertifikatlarini o‘zaro tan olishga kelishib olganida, hujjatning Xitoyga xos versiyasi xavfsiz va tartibli safarlarga ko‘maklashishda muhim rol o‘ynaydi va Xitoy fuqarolariga dunyo bo‘ylab sayohat qilish uchun kafolat beradi.

    Ayni vaqtda Xitoy TIV sertifikat boshqa mamlakatdan qaytib kelgandan keyin Xitoyda karantinni o‘tamaslik uchun imkon berish-bermasligiga aniqlik kiritmadi. Shuningdek, bu sertifikat boshqa mamlakatlar tomonidan qabul qilinish-qilinmasligi ham noma’lum.

    Eng tezkor superkompyuter koronavirusga qarshi kurashda yordam beradi

    Yaponiyada joylashgan dunyodagi eng tezkor superkompyuter to‘la quvvat bilan ishga tushirildi. Endi undan iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashdan boshlab, yangi dorilarni kashf qilishgacha bo‘lgan loyihalarda foydalanish mumkin.

    Yaponiyaning Riken ilmiy-tadqiqot institutida joylashgan Fugaku superkompyuterini qurish 2014-yilda boshlangan, qurilma mamlakat yuqori samarali hisoblash infratuzilmasining bo‘lg‘usi tayanchiga aylanishi kerak.

    Fugaku’ning 432 ta ustunini yetkazib berish 2020-yil mayida nihoyasiga yetgan, o‘shandan buyon tizim, asosan, COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashga qaratilgan tadqiqotlarni tezlashtirish bo‘yicha loyihalar doirasida sinalishda davom etmoqda. Yaponiya Informatika va texnologiyalar bo‘yicha tadqiqot tashkiloti (RIST) 74 ta tadqiqot loyihasini tanlab olgan bo‘lib, ular kelasi oydan amalga oshirila boshlaydi.

    “Fugaku o‘ta unumli kompyuteri to‘liq ko‘lamda ishlashni boshladi. Insoniyat tomonidan yaratilgan eng kuchli ‘tashqi miya’ bilimlarimizni kengaytirishda yordam berishini, ham vaqt, ham makondagi materiya asoslarini chuqurroq tushunib olish imkonini berishini, hayotni, jamiyatni va sanoatni tuzilmaviy va funksional tahlil qilishni yaxshilashini, yanada aniqroq prognozlar qilish va hatto, insoniyatning noma’lum kelajagini loyihalashtirish imkonini berishini sabrsizlik bilan kutmoqdamiz”, — dedi olimlar.

    Qurilma yuqori sifatli simulyatsiyalar o‘tkazish, davomiy ishlash va katta ko‘lamli simulyatsiyalar uchun mo‘ljallangan. Uning samaradorligi boshqa superkompyuterlardan yuz karra yuqoriroq.

    Mavzuga doir:

    • Koronavirusga qarshi cheklovlar qaysi mamlakatlarda kuchaytirilib, qaysilarida yumshatildi? Koronaxabarlar
    • Koronavirusga qarshi emlangan Dalay-lama, ayollar huquqlariga salbiy ta’sir ko‘rsatgan pandemiya, Avstriya hamda Germaniyadagi namoyishlar va boshqa koronaxabarlar
    • Qo‘lida Putinning portreti bilan emlangan argentinalik mer, 17 ta vaksinani sinayotgan Xitoy, umummilliy epidemiya rejimini 3 oyga uzaytirgan Germaniya va boshqa koronaxabarlar

    10.03.2021, 10:43   Izoh (0)   10608
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Greta Tunberg AQSh prezidentining iqlim inqiroziga oid harakatlarini tanqid qildi

    10.03.2021, 07:53

    Braziliyaning sobiq prezidentiga qo‘yilgan korrupsiya ayblovlari bekor qilindi

    10.03.2021, 07:21

    Armaniston parlament binosi oldida namoyishchilar hamda politsiya o‘rtasida to‘qnashuvlar kuzatildi

    09.03.2021, 22:36

    Yelizaveta II nabirasining intervyusiga baho berish uchun biroz vaqt kerakligini aytdi

    09.03.2021, 20:38

    Armaniston mamlakatdagi YuNISEF vakilining faoliyatini to‘xtatdi

    09.03.2021, 19:15

    AQSh Rossiya va Xitoyning koinotdagi imkoniyatlari yuzasidan xavotir bildirdi

    09.03.2021, 18:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Britaniyalik ayol eriga giyohvand moddalar sotib olish uchun ish joyidan 260 ming dollar o‘g‘irladi

    Dunyo | 19 iyun, 23:55

    “ChatGPT’dan foydalanish insonning aqliy qobiliyatlarini pasaytiradi” — tadqiqot

    Dunyo | 19 iyun, 23:45

    “AQSH va Eron Isroil hujumlari boshlanganidan so‘ng bevosita muzokaralar olib borgan” — OAV

    Dunyo | 19 iyun, 23:35

    CBS: Tramp Fordodagi uran boyitish markaziga zarba berishi mumkin

    Dunyo | 19 iyun, 23:25

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Palmeyras” “Al-Ahli”ni mag‘lub etdi

    Sport | 19 iyun, 23:15

    Adolat qaror topdi: qashqadaryolik fermerning bank sotib yuborgan haydov traktori qaytarib beriladigan bo‘ldi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 19-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 19 iyun, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.