• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Armaniston mamlakatdagi YuNISEF vakilining faoliyatini to‘xtatdi

    Armaniston hukumati mamlakatda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (YuNISEF) vakili Marin Klark-Xattingning faoliyatini muammoli deb topib, uni vakolatlaridan mahrum qildi. Bu haqda Armaniston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Anna Nagdalyan ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”. Shu bilan birga, OAV Marine Klark-Xatting josuslikda ayblanib, persona non grata deb e’lon qilingani haqida xabar qilgan.

    Marin Klark-Xatting

    Marin Klark-Xatting
    Foto: unicef.org

    “Armanistonda rasmiylar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (YuNISEF) vakili Marin Klark-Xattingning faoliyatini mamlakat uchun muammoli deb hisoblab, uning vakolatlarini to‘xtatdi. YuNISEFning Armanistondagi vakili Marin Klark-Xattingning ish uslubiyatidagi hamkorlik o‘rnatishga hech qanday hissa qo‘shmaydigan umumiy kamchiliklar Armaniston uchun o‘ta muammoli edi, shuning uchun Armaniston hukumati Klark-Xattingning faoliyatini to‘xtatishga qaror qildi”, — dedi Nagdalyan.

    Matbuot kotibining ta’kidlashicha, Armaniston mazkur qaror to‘g‘risida BMTning doimiy koordinatori va YuNISEF vakillarini xabardor qilgan.

    “Sputnik Armaniya” xabariga ko'ra, ayni paytda Klark-Xatting mamlakatni tark etgan.

    Shuningdek, Mediaport Telegram-kanali YuNISEF vakilining Armanistonda Ozarbayjon va Buyuk Britaniya foydasiga josuslik qilgani uchun persona non grata deb e’lon qilingani haqida xabar bergan. Xabarga ko‘ra, go‘yoki rasmiylar ushbu faktni jamoatchilikdan yashirishni istagan

    Klark-Xatting 2020-yil iyulida Armanistondagi YuNISEF vakili etib tayinlangan edi. U Armanistonda sakkiz oy faoliyat yuritdi. Bungacha u YuNISEFning Malayziyadagi vakili bo‘lib ishlagan.

    Ma’lumot uchun YuNISEF — BMT homiyligida bolalar va onalik masalalariga bag‘ishlangan xalqaro tashkilot. Tashkilotning asosiy maqsadlari bolalar orasida o‘limni kamaytirish va ta’lim darajasini oshirishdir.

    Avvalroq Armanistonda bosh vazir Nikol Pashinyanga qarshi namoyishlardan keyin politsiya prezident qarorgohini qat’iy qo‘riqlov ostiga olgani haqida xabar berilgandi. 6-mart, shanba kuni Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanga qarshi bo‘lganlar yana norozilik aksiyasini uyushtirgan: ular Yerevan markaziga chiqib, bosh vazirning iste’fosini talab qilgan.

    Mavzuga doir: Armanistonda bosh vazirga qarshi namoyishchilar hukumat binosiga bostirib kirdi (video)

    Eslatib o‘tamiz, 23-fevral kuni Armaniston bosh vaziri 1in.am kanaliga bergan intervyusida 2020-yilning kuzida Tog‘li Qorabog‘dagi mojaro paytida Yerevan qo‘llagan “Iskander” raketalari “portlamagan yoki 10 foiz qismigina portlagan”ini aytgan. Yerevan Today nashri jurnalistlari Armaniston Qurolli Kuchlari bosh shtabi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Tiran Xachatryandan ushbu bayonotga izoh berishni so‘raganida, u uzoq kulgan va “bo‘lishi mumkin emas” deb javob bergan. Shundan keyin u Nikol Pashinyanning taklifiga binoan ishdan bo‘shatilgan.

    Bu voqeadan keyin Armaniston Qurolli Kuchlari bosh shtabi mamlakat bosh vaziri Nikol Pashinyan va hukumatning zudlik bilan iste’foga chiqishini talab qildi. Bayonotga imzo chekkan 40 nafar yuqori martabali harbiy xizmatchining fikricha, Xachatryan “yuzaki o‘ylangan va asossiz sabablarga ko‘ra” ishdan bo‘shatilgan.

    Mavzuga doir:

    • Armaniston prezidenti mamlakat Qurolli Kuchlari Bosh shtabi rahbarining iste’fosini ma’qullashni ikki marta rad etdi
    • Armaniston Mudofaa vazirligi armiya siyosatdan tashqarida ekanini ma’lum qildi

    09.03.2021, 19:15   Izoh (0)   7278
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQSh Rossiya va Xitoyning koinotdagi imkoniyatlari yuzasidan xavotir bildirdi

    09.03.2021, 18:36

    BMT hokimiyat tepasidagi erkaklar va ayollar ulushi qachon tenglashishini ma’lum qildi

    09.03.2021, 17:23

    Olmaotadan Madridgacha va Bryusseldan Myanmagacha: 8-mart kuni turli mamlakatlarda ayollar huquqlari himoyasiga bag‘ishlangan namoyishlar bo‘lib o‘tdi (foto)

    09.03.2021, 15:57

    Ekvatorial Gvineyadagi portlashlarda halok bo‘lganlar soni 98 kishiga yetdi

    09.03.2021, 11:47

    Koronavirusga qarshi cheklovlar qaysi mamlakatlarda kuchaytirilib, qaysilarida yumshatildi? Koronaxabarlar

    09.03.2021, 11:12

    Xalqaro olimpiya qo‘mitasi Lukashenkoning katta o‘g‘lini Belarus Olimpiya qo‘mitasi rahbari deb tan olmadi

    09.03.2021, 09:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10

    Saudiya Arabistoni Superkubogi. “Al-Ahli” Ronaldu boshchiligidagi “An-Nassr”ni mag‘lub etib bosh sovringa ega chiqdi

    Sport | 23 avgust, 19:50

    O‘tgan 32 yil: Sobiq Sovet davlatlarida aholi jon boshiga daromad qanday o‘zgardi?

    O‘zbekiston | 23 avgust, 19:39

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.