• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    OAV: Janubiy Afrikada ta’qib qilinayotgan aka-uka Guptalar O‘zbekistonda

    Aka-uka Guptalar Janubiy Afrika Respublikasida (JAR) qonunlarni buzishda ayblanayotgan hindistonlik tadbirkorlar bo‘lib, hozirda ular Toshkent shahrida. Bu haqda Zee Business nashriga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi. Ta’kidlanishicha, ular 2018-yilda JARni tark etgach, nechta mamlakatlarda bo‘lgan va hozirda O‘zbekistonda.

    Ajay va Atul Gupta (stolda)

    Ajay va Atul Gupta (stolda)
    Foto: Muntu Vilakazi / Gallo Images / City Press

    Aka-uka Guptalar kim o‘zi ?

    Uchta aka-uka Guptalar — Ajay, Atul va Rajesh — 1993-yilda Afrika mamlakatiga ko‘chib borishgan. Oila kompyuter texnologiyalari, konlar, ommaviy axborot vositalari, texnologiyalar va muhandislik kompaniyalarini o‘z ichiga olgan biznes imperiyasini yaratdi. OAV xabarlariga ko‘ra, aka-uka Guptalar “Afrika milliy kongressi”ning hukmron partiyasi, xususan, Jeykob Zuma bilan 2009-yili mamlakat prezidenti bo‘lishidan ancha oldin yaqin aloqalarni o‘rnatgan.

    Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyani o‘rganish markazining (OCCRP) ma’lumotlariga ko‘ra, aka-uka Guptalar qonunlarni buzganlikda, mablag‘larni o‘zlashtirish va korrupsiya orqali hukumatning foydali tenderlarida g‘olib chiqishda, qora tanlilarga yordam berish bo‘yicha hukumat dasturidagi mablag‘larni o‘zlashtirganlikda, shuningdek, “hokimiyatni egallash”da (bu atama tizimli siyosiy korrupsiyaning turini anglatib, unda xususiy manfaatlar o‘z manfaatlari nuqtayi nazaridan qaror qabul qilish jarayonlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi) va boshqa qonunbuzarliklarda ayblanib, JAR tomonidan ta’qib qilinmoqda (New York Times va BBC ham bu haqda yozgan).

    So‘nggi holat bo‘yicha, JARda davlatni egallab olish to‘g‘risidagi ayblovlarni tekshirish uchun maxsus Sud komissiyasi tashkil etilgan.

    Ular 2016-yilda mamlakatdan chiqib ketgandan so‘ng, Gupta oilasining JARdagi hisob raqamlari hibsga olingan va tergov ishlari boshlangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, prokuratura oilaning sobiq prezident Jeykob Zuma ma’muriyatiga haddan tashqari ta’sir ko‘rsatishi bilan bog‘liq korrupsiya holatlari tufayli yo‘qotilgan 4 milliard dollardan ko‘proq mablag‘ni qaytarishga harakat qilmoqda.

    2018-yil oxirida New York Times aka-uka Guptalarning Dubayda “ixtiyoriy surgunda” ekanliklari haqida yozgan edi. 2019-yil oktabr oyida AQSh Moliya vazirligi JARning sobiq prezidenti Jeykob Zuma bilan bog‘liq korrupsiya sxemalarida ishtirok etgani uchun ularga qarshi sanksiyalar joriy etdi.

    O‘zbekistondagi loyihalarni amalga oshirayotgan Jalan oilasi bilan ehtimoliy aloqalar to‘g‘risidagi xabarlar

    Business Television India (BTVI) telekanali 2019-yilda aka-uka Guptalar yangi investitsiya maydonlarini izlayotgani haqida xabar bergandi. Rejalashtirilgan loyihalar orasida O‘zbekistonda katta universitet tashkil etish ham borligi aytilgan.

    2019-yil iyun oyida Atul Guptaning o‘g‘li Murari Jalanning (hindistonlik tadbirkor va Agio Image Group rahbari. Amaldagi korxonalar savdo va distributsiya, ko‘chmas mulk, qog‘oz ishlab chiqarish, sog‘liqni saqlash va aviatsiyani rivojlantirish kompaniyalari BAA, Hindiston, Rossiya va O‘zbekiston bozorlarini qamrab olgan) jiyaniga uylandi. Ommaviy axborot vositalari va JARda joylashgan jurnalistik tadqiqot markazi — amaBhunhane xabarlariga ko‘ra, Jalan va Gupta oilalari o‘rtasida ba’zi kompaniyalar orqali aloqalar bo‘lishi mumkin.

    Biroq Murari Jalan vakillarining Zee Business’ga bergan sharhida uning “Janubiy Afrikadan kelgan aka-uka Guptalar bilan aloqasi yo‘q”ligi aytilgan va “Jalanni va uning biznesini Guptalar oilasi bilan bog‘lash noto‘g‘ri” deya ta’kidlangan. “Shaxsiy munosabatlar tadbirkorlik faoliyatidan ajralib turadi”, — deya ta’kidlanadi sharhda.

    Shuningdek, 2020-yilning oktabr oyida Jalanga yaqin bo‘lgan vakil Forbes India’ga “Jalanning akasi va uning oilasi o‘rtasidagi oilaviy munosabatlar va Jalanning tijoriy faoliyati o‘rtasida hech qanday aloqa yo‘q” deb aytgan.

    Jalan bilan birga Jet Airways’ni qayta tiklash niyatida bo‘lgan Londonning Kalrock Capital investitsiya jamg‘armasi ham Guptalar oilasidan hech kim Jalanning biznesi bilan bevosita yoki bilvosita aloqador emasligini aytdi.

    Minerva World of Knowledge

    Foto: Toshkent shahar hokimligi

    Toshkent shahar hokimligi va Hindistonning Minerva World of Knowledge xorijiy qurilish kompaniyasi 2019-yil avgust oyida 500 million dollarlik investitsiya shartnomasini imzolagan.

    Hisobotda ta’kidlanishicha, Toshkentda Minerva World of Knowledge bilan muzokaralar 4 oy davom etgan.

    Kelishuv yaqin besh yil ichida Sergeli tumanida turar joy majmualari, universitetlar va yotoqxonalar, tibbiyot va sport inshootlari, maktabgacha ta’lim muassasalari va savdo-ko‘ngilochar majmualarni barpo etishni nazarda tutadi.

    Foto: “Gazeta.uz”

    2019-yil 29-avgust holatiga korxona va tashkilotlarning yagona davlat reyestri ma’lumotlariga ko‘ra, ustav kapitali 12,75 million so‘m bo‘lgan Minerva World of Knowledge MChJ 2019-yil 10-yanvarda Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Uning boshlig‘i Sherzod Ro‘zimov, muassislari Murari Lal Jalan (50 foiz) va Aakash Garg (50 foiz) (amaBhunhane ma’lumotlariga ko‘ra, aka-uka Guptalardan birining kuyovi hisoblanadi).

    Foto: “Gazeta.uz”

    Biroq 2021-yil 9-martdan boshlab Kumar Arvind kompaniya rahbari sifatida va Murari Lal Jalan (100 foiz) yagona ta’sischi sifatida ko‘rsatilgan.

    Aakash Garg dastlab 2019-yil 15-martda ro‘yxatdan o‘tgan Lake City Township qurilish kompaniyasining yagona ta’sischisi sifatida ro‘yxatga olingan edi, ammo hozir Ankit Jalan 100 foiz aksiyalarga egalik qiladi.

    Skrinshot: Minerva World of Knowledge

    Aakash Garg O‘zbekiston hukumatiga Minerva World of Knowledge loyihasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi taklifni (Pdf) 2018-yil dekabr oyida taqdim etdi. Ko‘rib chiqish uchun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga ikkita universitet (Minerva University of Uzbekistan va Minerva International University of Uzbekistan), xalqaro maktab (Minerva International School), bolalar bog‘chasi (Minerva Play School) va ilg‘or tadqiqotlar akademiyasi (Minerva Skills Academy)dan iborat o‘quv majmualari kompleksining loyihasi taklif qilindi. Investorning ta’kidlashicha, Minerva University of Uzbekistan yiliga 1000 talabaga, Minerva International University of Uzbekistan esa 4000 talabaga ta’lim beradi.

    2019-yil 10-yanvarda Aakash Garg (Pdf) imzosi bilan 500 million dollar miqdoridagi reja va investitsiya taklifi bilan Toshkent hokimi va O‘zbekiston bosh vaziriga xat yuborildi. Shu kuniyoq Minerva World of Knowledge kompaniyasi ro‘yxatdan o‘tkazildi, unda Murari Lal Jalan va Aakash Garg (har birining 50 foiz ulushi bilan) ta’sischi sifatida ro‘yxatga kiritilgan. Minerva World of Knowledge loyihalari soni kengaytirildi:

    • Minerva University of Uzbekistan;
    • Minerva International University of Uzbekistan;
    • Minerva International School;
    • Minerva Play School;
    • zamonaviy sport binolari (yopiq va ochiq);
    • turar joylar;
    • tijoriy ko‘chmas mulklar;
    • mehmonxona xizmatlari;
    • chakana savdo;
    • ijtimoiy markazlar;
    • stadion;
    • tibbiy asbob-uskunalar;
    • yashil xiyobonlar va bog‘lar.
    Maktubda keng ko‘lamli loyihani amalga oshirish uchun 100 gektar yer maydoni zarurligi ko‘rsatilgan. Investitsiya shartnomasini amalga oshirish yetti yil davomida besh bosqichda amalga oshirilishi rejalashtirilgan edi (Toshkent shahar hokimligi loyiha besh yil davom etishi haqida xabar berdi). Shu kuni kompaniya o‘zbek bankida hisob raqamini ochdi.

    Aakash Garg, Ankit Jalan (Murari Lal Jalanning jiyani) va Murari Lal Jalan Namangan Square savdo ofislarining ochilish marosimida.

    Aakash Garg, Ankit Jalan va Murari Lal Jalan Toshkent shahar hokimligi rahbariyati bilan Minerva World of Knowledge xalqaro universiteti qurilishining boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali marosimda

    Aakash Garg, Ankit Jalan va Murari Lal Jalan Toshkent shahar hokimligi rahbariyati bilan Minerva World of Knowledge xalqaro universiteti qurilishining boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali marosimda
    Foto: Toshkent shahar hokimiyati matbuot xizmati

    Developerning saytida ko‘rsatilishicha, Minerva City loyihasi jahon andozalari darajasidagi maktablar, kollej va universitetdan iborat kompleks qurishni o‘z ichiga oladi. 100 gektar maydonda 15 ming xonadon, bolalar bog‘chalari, sayr qilish maskanlari, bog‘lar, bolalar maydonchalari, klinika, mehmonxona, yoqilg‘i quyish shoxobchasi, savdo markazlari, klabxausni joylashtirish ko‘zda tutilmoqda.

    O‘zbekistondagi boshqa loyihalar

    Murari Lal Jalan MJ Developers kompaniyasi orqali O‘zbekistonda bir nechta yirik loyihalarni amalga oshiradi. “Majmuaviy aqlli shaharlarni yaratishga ixtisoslashgan strategik developerlik tashkiloti” — deyiladi kompaniya saytida. Tashkilotning asosiy vazifasi qilib “O‘zbekistonga alohida e’tibor qaratgan holda rivojlanayotgan bozorlarda premium darajadagi aqlli shaharlarni rivojlantirish va sarmoyalar” ko‘rsatilgan.

    Foto: Lake City

    MJ Developers kompaniyasi tomonidan e’lon qilingan loyihalar qatorida Toshkent shahridagi “Baxt” ko‘li negizida barpo etilayotgan 100 gektar maydonga ega Lake City kompleksi ham bor. Loyiha doirasida akvapark, plyajli sun’iy ko‘l, istirohat bog‘lari, shuningdek, mehmonxonalar, hashamatli turar joy binolari va boshqalarni yaratish rejalashtirilgan.

    Foto: Namangan Square

    Yana bir loyiha — “Yashil shahar” Namangan Square. 18 gektar maydonda ofislariga ega biznes-markazlar, restoranlar, do‘konlar, sport klublari va turar joy binolari joylashgan bo‘ladi. Bino maydoni 325 ming kvadrat metrni tashkil qilib, 1500 dan ortiq kvartirani o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, ushbu hududda golf maydonchasi ham bo‘ladi.

    Bu yerda Iconic Towers (18 qavatli tijorat binolaridan iborat egizak minoralar) va Boulevard Plaza — do‘konlar, kafelar, restoranlar va tungi bozorni o‘z ichiga olgan bulvar, Clubhouse (badminton, billiard, stol tennisi, raqslar va fitness markazi, sog‘lomlashtirish kurorti, suzish havzasi, konferensiya zallari, kutubxona, banketlar uchun zal, restoran, qahvaxona va karaoke) barpo etiladi.

    Foto: Bukhara Hotel

    Bukhara Hotel — 7 qavatli, 228 xonadan iborat, 2,75 gektar yer maydoniga ega besh yulduzli mehmonxona. U yerda basseyn, spa-salon, fitness-zal, bar, restoran, banket zali va boshqa xonalar bo‘ladi.

    O‘rganib chiqilgan ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, Minerva World of Knowledge O‘zbekistonda 40 dan ortiq turar joy va noturar joy binolari qurish, ko‘chmas mulk sotib olish va sotish, shuningdek, maktabgacha, o‘rta va oliy ta’limga ixtisoslashgan kompaniyalar tashkil qilgani aniqlangan.

    Kompaniyalar ro‘yxati (2019-yilda ro‘yxatdan o‘tkazilganlari 8,5 million so‘mlik ustav fondi bilan, 2020-yildagilar — 10 million so‘mlik ustav fondi bilan tashkil etilgan):
    • Smart It Parco — 2020-yil 15-oktabrda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat turi — turar joy binolari qurilishi, rahbari — Diyor Dehqonov;
    • Unitrust Healthcare — 2020-yil 15-oktabrda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat turi — turar joy bo‘lmagan binolarni qurish, rahbari — Diyor Dehqonov;
    • Greenwich Retail — 2020-yil 15-oktabrda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat turi — turar joy bo‘lmagan binolarni qurish, rahbari — Sherzod Ro‘zimov;
    • Fresco Residential — 2020-yil 15-oktabrda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat turi — turar joy binolarini qurish, rahbari — Diyor Dehqonov;
    • Letizia — 2020-yil 15-oktabrda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat turi — turar joy binolarini qurish, rahbari — Diyor Dehqonov;
    • Holbox — 2020-yil 14-oktabrda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat turi — turar joy binolarini qurish, rahbari — Diyor Dehqonov;
    • Good Luck Homes — 2020-yil 15-oktabrda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat turi — turar joy binolari qurilishi, rahbari — Sherzod Ro‘zimov;
    • Esperto Residential — 2020-yil 14-oktabrda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat turi — turar joy binolarini qurish, rahbari — Diyor Dehqonov;
    • Blossom Cherry — 2020-yil 15-oktabrda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat turi — turar joy binolarini qurish, rahbari — Diyor Dehqonov;
    • Lazure Villas — 2020-yil 14-oktabrda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat turi — turar joy binolarini qurish, rahbari — Sherzod Ro‘zimov;
    • Vendita — 2020-yil 15-oktabrda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat turi — turar joy bo‘lmagan binolarni qurish, rahbari — Diyor Dehqonov;
    • Bello Palace — 2020-yil 15-oktabrda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat — turar joy binolarini qurish, rahbari — Diyor Dehqonov;
    • Falcon Residence — 2020-yil 15-oktabrda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat — turar joy binolarini qurish, rahbari — Diyor Dehqonov;
    • Azores — 2020-yil 15-oktabrda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat turar joy binolarini qurish, rahbari Diyor Dehqonov;
    • Nice Home Residence — 2020-yil 14-oktabrda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat — turar joy binolarini qurish, rahbari — Sherzod Ro‘zimov;
    • Milford Residence — 2020-yil 15-oktabrda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat — turar joy binolarini qurish, rahbari — Diyor Dehqonov;
    • Comfy Residence — 2020-yil 15-oktabrda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat — turar joy binolarini qurish, rahbari — Diyor Dehqonov;
    • Minerva IT Park — 2020-yil 15-oktabrda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat — turar joy binolarini qurish, rahbari — Diyor Dehqonov;
    • Jersey Retail — 2020-yil 15-oktabrda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat — turar joy bo‘lmagan binolarni qurish, rahbari — Diyor Dehqonov;
    • Bellwood Retail — 2020-yil 15-oktabrda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat turar joy bo‘lmagan binolarni qurish, rahbari — Diyor Dehqonov;
    • Comino Residence — 2020-yil 15-oktabrda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat — turar joy binolarini qurish, rahbari — Diyor Dehqonov;
    • Etopia Residences — 2019-yil 20-martda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat — ko‘chmas mulkni sotib olish va sotish, rahbari — Diyor Dehqonov;
    • Felice Vita — 2020-yil 15-oktabrda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat - turar joy binolari qurilishi, rahbari Diyor Dehqonov;
    • Intel Houston — 2020-yil 15-oktabrda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat — turar joy bo‘lmagan binolarni qurish, rahbari — Diyor Dehqonov;
    • Little Tricks Learning — 2019-yil 3-martda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat — maktabgacha ta’lim, rahbari — Diyor Dehqonov;
    • Urban Living — 2019-yil 20-martda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat — ko‘chmas mulk oldi-sotdisi, rahbari — Diyor Dehqonov;
    • Bright-Education Centre — 2019-yil 18-martda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat — oliy ma’lumot, rahbari — Diyor Dehqonov;
    • High Street Retail — 2020-yil 15-oktabrda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat — turar joy bo‘lmagan binolarni qurish, rahbari — Diyor Dehqonov;
    • Camarillo Retail — 2020-yil 15-oktabrda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat — turar joy bo‘lmagan binolarni qurish, rahbari — Diyor Dehqonov.
    • Sportico — 2020-yil 15-oktabrda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat — turar joy bo‘lmagan binolarni qurish, rahbari — Diyor Dehqonov;
    • Learnovate Schooling — 2019-yil 20-martda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat — umumiy o‘rta ta’lim, rahbari — Diyor Dehqonov;
    • Future Dream Residence — 2020-yil 14-oktabrda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat — turar joy binolari qurilishi, rahbari — Diyor Dehqonov;
    • Top Retail — 2020-yil 15-oktabrda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat — turar joy bo‘lmagan binolarni qurish, rahbari — Diyor Dehqonov;
    • Maple IT Park — 2020-yil 15-oktabrda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat — turar joy binolarini qurish, rahbari — Diyor Dehqonov;
    • Pacific Housing — 2020-yil 14-oktabrda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat — turar joy binolarini qurish, rahbari — Sherzod Ro‘zimov;
    • Concord Retail — 2020-yil 15-oktabrda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat — turar joy bo‘lmagan binolarni qurish, rahbari — Diyor Dehqonov;
    • Lusso Residence — 2020-yil 15-oktabrda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat — turar joy binolarini qurish, rahbari — Diyor Dehqonov;
    • Sarv Palace — 2020-yil 15-oktabrda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyati — turar joy binolarini qurish, rahbari — Diyor Dehqonov;
    • Osier IT Park — 2020-yil 15-oktabrda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyati — turar joy binolarini qurish, rahbari — Diyor Dehqonov;
    • Chinor Residence — 2020-yil 15-oktabrda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat — turar joy binolari qurilishi, rahbari — Diyor Dehqonov;
    • Camarillo Retail — 2020-yil 15-oktabrda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat — turar joy bo‘lmagan binolarni qurish, rahbari — Diyor Dehqonov.
    Murari Lal Jalan, shuningdek, Metric Ventures (2018-yil 11-iyulda ro‘yxatdan o‘tgan, faoliyati — mehmonxonalar va shu kabi turar joylar) va Orion International (2010-yil 7-oktabr, noturar joylarni ijaraga berish va boshqarish) kompaniyalariga egalik qiladi.

    10.03.2021, 13:09   Izoh (0)   47789
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda hafta oxiriga borib havo sovib, qor yog‘ishi kutilmoqda

    10.03.2021, 12:46

    Toshkent shahri Bobur ko‘chasidagi uy moddiy madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritildi

    10.03.2021, 12:22

    Katta Farg‘ona kanaliga izboskanlik 62 yoshli erkak cho‘kib ketgan bo‘lishi mumkin. O‘n kundan buyon hududda qidiruv ishlari olib borilmoqda

    10.03.2021, 12:10

    Suv xo‘jaligi vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi. Vohidjon Ahmadjonov esa lavozimidan ozod etildi

    10.03.2021, 11:44

    Qo‘qon davlat pedagogika institutiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, 3 ming dollar olgan dekanga sud hukmi o‘qildi

    10.03.2021, 09:57

    Farg‘onadagi savdo va xizmat ko‘rsatish binolarining o‘zboshimchalik bilan qurilgan yuqori qavatlari buzilishi mumkin

    10.03.2021, 09:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” dayjesti: 8-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 8 may, 23:20

    Sirdaryo, Namangan va Andijon viloyatlarida qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 23:04

    Aprelda respublika bo‘ylab 23 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:20

    O‘zbekistonda 2024-yilda foydalanishga topshirilgan uylar soni ochiqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:05

    Rossiya va Xitoy boshqa mamlakatlarni Shimoliy Koreyaga nisbatan bosim o‘tkazishdan voz kechishga undamoqda

    Dunyo | 8 may, 21:45

    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi

    Reklama | 8 may, 21:00

    Surxondaryoda 53 tup Zarafshon archasi noqonuniy kesib tashlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:30

    Rossiya va AQSH Yevropaga gaz yetkazib berishni tiklash yo‘llarini muhokama qilmoqda — Reuters

    Dunyo | 8 may, 21:15

    Toshkentda sodir bo‘lgan YTHdan so‘ng Onix haydovchisi voqea joyidan ketib qoldi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:00

    Isroil G‘azo aholisini ko‘chirish uchun “Gideon aravalari” maxsus operatsiyasini tayyorlamoqda

    Dunyo | 8 may, 20:45

    Dunyoning eng boy 5 sportchisi: Ronaldo, Messi va boshqalar milliardlarini nimaga sarflaydi?

    Layfstayl | 8 may, 20:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.