• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Koronavirusga qarshi cheklovlar qaysi mamlakatlarda kuchaytirilib, qaysilarida yumshatildi? Koronaxabarlar

    Ayrim mamlakatlarda COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat yomonlashuvi fonida amaldagi cheklovlar uzaytirildi yoki yangilari kiritildi. Boshqalarida esa koronavirusga qarshi emlash kampaniyasi ortidan vaziyat yaxshilanishi natijasida cheklovlar susaytirildi. “Daryo” koronadayjestida shu yangiliklarga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

    Foto: Global Look Press

    Foto: Global Look Press

    Niderlandiyada COVID-19 pandemiyasi tufayli joriy qilingan komendantlik soati 31-martgacha uzaytiriladi. “Hozir qandaydir yumshatishlar haqida e’lon qilish noma’qul bo‘lgan bo‘lardi”, — dedi mamlakat bosh vaziri Mark Ryutte. Shu bilan birga, 15—17-mart kunlariga belgilangan parlament saylovlarini o‘tkazish uchun istisno qilinadi. Agar yaqin orada mamlakatda koronavirus bilan kasallanish darajasi pasaysa, kelasi oydan boshlab restoran va barlarga ochiq ayvonlarda mijozlarga xizmat ko‘rsatish uchun ruxsat berilishi mumkin. Niderlandiyada 21:00 dan 04:30 gacha amal qiladigan komendantlik soati 23-yanvardan kuchga kirgan.

    Estoniyada koronavirusning “britancha” shtammi faol tarqalayotgani tufayli 11-martdan qat’iy karantin choralari kiritiladi. Ular kamida bir oy muddatga joriy qilinadi. Mamlakatda barcha bolalar va o‘smirlar masofaviy ta’limga o‘tkaziladi, do‘konlar, umumiy ovqatlanish joylari yopiladi, ommaviy tadbirlar bekor qilinadi. Ko‘chalarda “2+2” qoidasi kiritiladi — faqat ikki kishi uchrashishi (oilalardan tashqari) va ular bir-biridan ikki metr uzoqlikda bo‘lishi kerak. Sport bilan faqat yolg‘iz shug‘ullanish mumkin.

    Finlyandiyada deyarli butun mamlakat bo‘ylab COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat yomonlashgani tufayli restoran va barlar uch haftaga yopiladi. Mamlakatning ba’zi hududlaridan tashqari barcha joylarda umumiy ovqatlanish muassasalari faqat uyga olib ketish uchun ishlashi mumkin. 8-martdan Finlyandiyada uch haftalik lokdaun boshlandi. Katta sinf o‘quvchilari, gimnaziya va kasbiy ta’lim muassasalarida o‘quvchilar masofaviy ta’limga o‘tkazildi. Shuningdek, mamlakatda 1-martdan favqulodda holat amal qilib kelmoqda.

    Chernogoriya ham koronavirusga chalinish ko‘rsatkichlari yomonlashgani sababli o‘z chegaralarini yopib qo‘yishi va qat’iy cheklov choralarini kiritishi mumkin. Mamlakat prezidenti Milo Jukanovich COVID-19 bilan bog‘liq vaziyatni jiddiy deb atadi va choralarni kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.

    Isroilda esa 8-martdan ba’zi toifadagi chet elliklarning mamlakatga kirishiga ruxsat berildi. Shuningdek, isroilliklarning mamlakatga qaytishiga qo‘yilgan taqiq ham olib tashlandi. Yaqin haftalar ichida birinchi navbatda ularning Isroilga kirishiga ruxsat beriladi, chunki 23-mart kuni Isroilda muddatidan oldingi parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi. Xorijliklardan musobaqalarga kelayotgan professional sportchilar, chet ellik ishchilar hamda mamlakat fuqarolarining turmush o‘rtoqlariga Isroilga kirish uchun ruxsat beriladi. Isroil koronavirus tufayli kiritilgan cheklovlarni ommaviy emlash fonida susaytirmoqda. Mamlakat koronavirusga qarshi vaksinatsiya borasida dunyoda yetakchilik qilmoqda: ayni paytgacha vaksinaning har ikkala dozasini qabul qilganlar mamlakat aholisining 41,4 foizini tashkil qilmoqda.

    Tailandda apreldan COVID-19’ga qarshi emlangan chet ellik sayyohlar uchun 7 kunlik karantin joriy qilinadi. Ayni paytda majburiy yakkalanish muddati ikki haftaga teng. Emlanganlar pasportiga ega chet elliklar uchun oktabrdan karantin butunlay bekor qilinishi ham mumkin.

    Tunisda bunday qoida 8-martdanoq amal qilishni boshladi: 2021-yilning 8-martidan 28-martigacha bo‘lgan davrda mehmonxonalardan birida xona band qilgan chet elliklar mamlakatga kelishdan avval 72 soat ichida olingan PZR-testning manfiy natijasini taqdim etishi va yetib kelish punktida ekspress-testdan o‘tishi kerak, mehmonxonada yetti kunlik karantindan keyin o‘z hisobidan PZR-test o‘tkazib, manfiy natijani taqdim etishi kerak.

    AQShda koronavirusga qarshi vaksinaning ikkala dozasini ham olgan fuqarolar bino ichida niqob taqmagan hold ava ijtimoiy masofa saqlamagan holda o‘zaro yig‘ilishi mumkin bo‘ldi. AQSh Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazlari tavsiyalariga ko‘ra, shuningdek, to‘liq emlangan odamlar uyda COVID-19’ning og‘ir shakli rivojlanishi xavfi past bo‘lgan odamlar bilan uyda to‘planishi mumkin, masalan, vaksina olgan keksalar sog‘lom farzandlari va nevaralarining uylariga borishi mumkin. Ayni paytgacha AQSh aholisining 9 foizga yaqini koronavirusga qarshi to‘liq emlangan.

    8-martdan boshlab Buyuk Britaniyada o‘rta maktablardagi qatnab o‘qish to‘liq tiklandi. Maktablar yanvarda qisman ochilgan edi, ammo boshlang‘ich maktablar o‘quvchilari hamon masofaviy ta’limda edi. Maktablarga qatnab o‘qishning to‘liq tiklanishi COVID-19’ga qarshi faol vaksinatsiya bilan ham bog‘liqdir. Ayni paytga qadar Britaniyaning 23 million aholisi vaksinaning kamida bitta dozasi bilan emlangan, bu esa kasalxonalarga yuklama ancha kamayishiga olib keldi.

    Mavzuga doir:

    • Koronavirusga qarshi emlangan Dalay-lama, ayollar huquqlariga salbiy ta’sir ko‘rsatgan pandemiya, Avstriya hamda Germaniyadagi namoyishlar va boshqa koronaxabarlar
    • Qo‘lida Putinning portreti bilan emlangan argentinalik mer, 17 ta vaksinani sinayotgan Xitoy, umummilliy epidemiya rejimini 3 oyga uzaytirgan Germaniya va boshqa koronaxabarlar
    • Isroil koronavirus ustidan g‘alaba qozongani haqida e’lon qildi. Yana qaysi mamlakatlar bu marraga yaqin qolmoqda?

    09.03.2021, 11:12   Izoh (0)   25815
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xalqaro olimpiya qo‘mitasi Lukashenkoning katta o‘g‘lini Belarus Olimpiya qo‘mitasi rahbari deb tan olmadi

    09.03.2021, 09:42

    Benksi kasalxonada chizilgan o‘z asarini kimoshdi savdosiga qo‘yadi

    08.03.2021, 23:42

    Suriya prezidenti va uning rafiqasida koronavirus aniqlandi

    08.03.2021, 23:27

    Shahzoda Garri va Megan Markl Opra Uinfriga ikki soatlik intervyu berdi. Megan rasizm va suitsid o‘ylari, Garri otasi bilan nizo haqida gapirdi

    08.03.2021, 23:15

    Fransiyada vertolyot halokati oqibatida milliarder va siyosatchi Olivye Dasso halok bo‘ldi

    08.03.2021, 19:32

    NYT: AQSh Rossiyaga qarshi bir qator kiberhujumlar tayyorlamoqda

    08.03.2021, 15:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil mudofaa vaziri butun G‘azoni bosib olishga chaqirdi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 18:10

    Andijonda sobiq kuyov qaynukasining mashinasini yoqib yubordi (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 17:47

    Suriya mudofaa vazirligi va AQSH dastagidagi kurdlar mamlakat shimolida yuz bergan to‘qnashuvda bir-birini aybladi

    Dunyo | 3 avgust, 17:24

    Estoniya Rossiya bilan chegarada xavfsizlikni kuchaytirdi

    Dunyo | 3 avgust, 16:47

    Rossiya Xitoydan yuk mashinalari importini taqiqladi

    Dunyo | 3 avgust, 16:40

    “Tottenhem” Son Hyon Minning o‘rnini “Real” futbolchisi bilan to‘ldirmoqchi

    Sport | 3 avgust, 16:12

    “Toshkent—Sharqiy” aeroporti qurilishi sentyabrda yakunlanishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 3 avgust, 16:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.