Koronavirus sabab e’lon qilingan pandemiya sabab 2020-yil boshqa sohalar singari moda olami uchun ham qiyin kechdi. Qizil yo‘laklar va boshqa tadbirlarning yo‘qligi, ayniqsa, hashamatli liboslar taqdim qiluvchi kutyurlarfaoliyatiga ta’sir etmay qolmadi.
Elie Saab brendi nafaqat pandemiya, balki Beyrutdagi kuchli portlash sabab ham sezilarli darajada zarar ko‘rdi, minglab odamlar ishsiz qoldi. Shunga qaramay, livanlik dizayner Elie Saab ijobiy qarashdan to‘xtagani yo‘q. U hayot tez orada o‘z maromiga qaytishi shundan keyin bu kabi liboslarga bo‘lgan talab har qachongidan ham yuqori bo‘lishiga ishonadi. Shunday niyatda taqdim qilingan va o‘ziga xosligi bilan ko‘zni qamashtiradigan kolleksiyadan o‘rin olgan liboslar suratining eng yaxshilarini e’tiboringizga havola etamiz.
Izoh (0)