Zara, Topshop, Asos va Gap singari cho‘ntak ko‘taradigan brendlar liboslarini ham kiyishi sir bo‘lmagan Keyt Middltonning kiyinish uslubi moda tanqidchilari va ixlosmandlarini maftun qilib keladi. Gap shundaki, u qayerga qanday kiyinishni biladi, garderobiga nazar tashlansa, 200 dollarlik shim, shu bilan birga, 15 ming dollarlik libosni ham uchratish mumkin. Quyida malika eng ko‘p pul sarflagan obrazlarini taqdim qilamiz.

Emilia Wickstead — 1112 dollarlik katak printli yubka

Foto: Marie Claire

Keyt Emilia Wickstead brendidan plissirovka bichimli yubkani Kensingtondagi rojdestvo oqshomiga kiygan. Uni Brora brendining 266 dollarlik qora kashemirdan tikilgan kardigan bilan moslagan.

Sportmax brendidan 1200 dollarlik firuza rangli palto

Foto: Marie Claire

Blekpulga tashrif uchun Middlton Italiyaning Sportmax brendidan 1200 dollarlik firuza rangli palto, Michael Kors’dan printli ko‘ylak hamda Manu Atelie brendining 570 dollarlik sumkasini tanlagan. Butun obraz uchun malika 2065 dollar sarflagan.

Gucci brendidan lavanda rangli bluzka — 1300 dollar

Foto: Marie Claire

Malika Gucci’dan 1300 dollarlik bluzka bilan Jigsaw brendidan 170 dollarlik shim va Aspinal’ning 650 dollarlik sumkasini moslashni afzal bilgan.

Emilia Wickstead brendidan 1285 dollarlik limon rangli libos

Foto: Marie Claire

Emilia Wickstead’ning limon rangli libosini gersoginya 2013-yilda Bukingem saroyidagi ziyofatga kiyish uchun tanlagan. Jane Corbett shlyapasi va tilla detallar bilan bezatilgan klatch obrazni yanada bashang ko‘rinishiga sabab bo‘lgan.

Missoni brendidan 2480 dollarlik, midi uznligidagi plissirovkali libos

Foto: Marie Claire

Keyt Shimoliy Irlandiyaga tashrif uchun Missoni brendidan 2480 dollarlik, midi uzunligidagi plissirovkali libosni tanlagan va uni och jigarrang, uchli tufli bilan moslagan.

Elie Saab’dan 3100 dollarlik havorang ko‘ylak

Foto: Marie Claire

Aynan mazkur obraz Keytning eng esda qolarli obrazlardan biri hisoblanadi. Elie Saab’dan 3100 dollarlik havorang ko‘ylak bilan Philip Treacy’ning shlyapasi va Kiki McDonough ziraklarini moslagan malikaga moda ekspertlari tomonidan ijobiy fikrlar bildirilgan.

Alexander McQueen’ning 3259 dollarlik oq gipyur libosi

Foto: Marie Claire

Gersoginya 2017-yilda Royal Ascot’ga kiyish uchun Alexander McQueen brendidan libos tanlagan va uni shlyapa, zirak, klatch va Gianvito Rossi’ning tuflisi bilan moslagan. Mazkur obraz umumiy 3259 dollarga tushgan.

Alexander McQueen 4000 dollarlik palto

Foto: Marie Claire

Avliyo Patrik kunining asosiy rangi yashil hisoblanadi va shu bois ham Keyt har yili ushbu tadbirda ishtirok etish uchun shu rangli kiyim tanlaydi. Suratdagi Alexander McQueen tomonidan taqdim qilingan klassik bichimli palto narxi 4000 dollarni tashkil etadi. U obrazni Gianvito Rossi’dan 676 dollarlik tufli bilan yakunlagan.

Catherine Walker brendidan 4000 dollarlik sut rangli palto

Foto: Marie Claire

Gersoginya 2016-yilda Kanadaga tashrifi uchun Catherine Walker’dan 4000 dollarlik palto, L.K. Bennet tomonidan taqdim qilingan tufli va aksessuarlarni tanlagan.

Jenny Packham’dan 4684 dollarlik ko‘ylak

Foto: Marie Claire

Royal Variety ishtiroki uchun Middlton qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan Jenny Packham’dan 4684 dollarlik ko‘ylakni tanlagan.

Emilia Wickstead’dan 6022 dollarlik och ko‘k libos

Foto: Marie Claire

2017-yilning may oyida Keyt Lyuksemburgga Emilia Wickstead’dan 6022 dollarlik libosda, Kiki McDonough ziraklarini taqqan holda tashrif buyurgan.

Alexander McQueen’dan 6211 dollarlik qora libos

Foto: Marie Claire

Keyt ham har bir ayolning garderobida qora rangli libos bo‘lishi kerak, degan qoidaga amal qiladi. U qora klassik bichimli libosi bilan 6000 dollarlik sumka taqishni ma’qul ko‘rgan.

Chanel tomonidan taqdim qilingan 10 000 dollarlik obraz

Foto: Marie Claire

Keyt 2017-yilda Parijga safari davomida boshdan oyoq Chanel’dan kiyingan. Total-luk narxi 10 ming dollarni tashkil qilgan.

Alexander McQueen’dan 10 605 dollarlik uzun libos

Foto: Marie Claire

BAFTA Awards’dagi ishtiroki uchun gersoginya Alexander McQueen libosini tanlagan. 2019-yilda aynan shu obrazda Portrait Gala’da ham ishtirok etgan.

Alexander McQueen’dan 14 000 dollarlik libos

Foto: Marie Claire

Singlisining to‘yida yana Alexander McQueen’dan libos tanlagan Keyt obrazni Jane Taylor shlyapasi bilan moslagan.

Alexander McQueen’dan 332 000 dollarlik to‘y libosi

Foto: Marie Claire

Gersoginya alohida kunlar uchun Alexander McQueen’dan libos kiyadi. Dizayner Sara Berton tomonidan tikilgan to‘y libosi uning liboslari orasidagi eng qimmat va hashamatlisi ekaniga shubha yo‘q. Nikoh libosi malikaga 332 000 dollarga tushgan.