• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Eski mehmonxona 2,2 mlrd so‘mga qayta ta’mirlanib, nodavlat bog‘cha tashkil etilgan. Shu bois subsidiya berilmaydi”. Vazirlik qashqadaryolik tadbirkor shikoyatiga javob berdi

    Maktabgacha ta’lim vazirligi qashqadaryolik tadbirkor Vahob Norsafarovning davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan bog‘chasining yopilish ehtimoli haqidagi maqolaga munosabat bildirib, tadbirkorning takroriy murojaatlari xalq va tadbirkorlar o‘rtasida norozilik kayfiyatini uyg‘otish sabab bo‘layotganini bildirdi.

    2019-yil 5-dekabr.

    2019-yil 5-dekabr.
    Foto: Dehqonobod tuman hokimligi

    Vazirlik axborot xizmati rahbari Mavluda Asqarxo‘jayeva tomonidan taqdim etilgan munosabatda “Real kelajak” nodavlat ta’lim muassasasi bilan imzolangan bitim Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-noyabrdagi “Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik shakllarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 944-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra tuzilgani, bu shaklda tuzilgan bitimlarda esa tashkilot ishchi xodimlarining ish haqlari davlat budjeti hisobidan qoplanishi ko‘zda tutilmagani ta’kidlangan.

    “Ushbu bitimga asosan loyiha qiymati 2 milliard 700 million so‘mni tashkil etib, shundan 2 milliard so‘mi vazirlik tomonidan yo‘naltirilgan imtiyozli kredit mablag‘i va 700 million so‘mi tashabbuskor mablag‘i hisobidan amalga oshirilishi belgilangan. Mazkur bitimda tomonlarning huquqlari va majburiyatlari keltirilgan bo‘lib, Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan olingan majburiyatlar to‘liq bajarilgan. Xususan, 2019-yil 5-avgustda ajratilgan resurs mablag‘lari hisobidan 2 milliard so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari tadbirkorga to‘liq ajratib berilgan. Tadbirkor tomonidan ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘i va o‘z mablag‘i hisobidan rekonstruksiya ishlari 2019-yil 25-sentabrda tugatilgan hamda 7-oktabrda davlat qabul komissiyasi dalolatnomasi rasmiylashtirilgan. Hozirgi kunda ushbu nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘z faoliyatini yuritib kelmoqda”, — deyiladi vazirlik axborotida.

    Vazirlikka ko‘ra, tashkilot muassisi Vahob Norsafarov o‘ziga berilgan yordamlarni tilga olmay, subsidiya ajratilishini so‘rab, Prezidentga, Maktabgacha ta’lim vazirligiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili ombudsmanga takroriy murojaatlar qilgan. Shuningdek, viloyatda tashkil etilgan sayyor qabullarda hamda ijtimoiy tarmoqlarda ham “Real kelajak” NTMga pedagog ishchi xodimlari ish haqiga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun respublika budjetidan subsidiyalar ajratish masalasida takroriy videochiqishlar qilgan.

    “Ta’kidlash lozimki, ushbu nizomga ko‘ra ‘Real kelajak’ NTM quyidagi imtiyozlardan foydalanib kelmoqda, — deya vazirlik tadbirkorga ko‘rsatilayotgan yordamlarni birin-ketin sanaydi. — Birinchidan, 15 yil muddatga 3 yillik imtiyozli davr bilan 1 foizlik stavkada 2 milliard so‘m miqdoridagi kredit mablag‘i berilgan. Ikkinchidan, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari xarajatlarining bir qismini qoplash uchun davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining bir nafar tarbiyalanuvchisiga sarflanadigan summaning 50 foiziga qadar miqdorda davlat budjetidan subsidiyalar ajratib kelinmoqda. Uchinchidan, NMTT o‘z faoliyatini amalga oshira boshlagandan keyin o‘n yil mobaynida barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod qilingan. To‘rtinchidan, davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim imzolangan oydan boshlab o‘n yil muddatga yagona ijtimoiy to‘lov stavkasi 5 foiz miqdorida to‘lov amalga oshirib kelinmoqda”.

    Vazirlik axborot xizmatining tushuntirishicha, Prezidentning 2018-yil 5-apreldagi qarorining 97-bandi oxirgi xatboshisida “maktabgacha ta’lim muassasasining rahbarlari, metodistlari, tarbiyachilari, defektologlari, psixologlari, musiqa xodimlari ish haqiga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun davlat maktabgacha ta’lim muassasalari uchun belgilangan shartlarda qo‘shimcha budjet subsidiyalarini olish huquqiga ega” ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan. Ushbu band qarorda sanab o‘tilgan davlat-xususiy sheriklikning 9 ta shaklidan biri, ya’ni 12-bobda keltirilgan shakliga tegishli bo‘lib, bunda xususiy sherik mulki negizida tashkil etilgan nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini moddiy ta’minlash shaklidagi davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish tartibi va imtiyozlari belgilangan. Ushbu bobda keltirilgan imtiyoz, maktabgacha ta’lim sohasidagi davlat-xususiy sheriklikning boshqa shakllariga tatbiq etilmasligi ko‘rsatib o‘tilgan.

    “‘Real kelajak’ NTM tomonidan tashkil etilgan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti moddiy ta’minlash shaklida emas, balki eski mehmonxona binosini vazirlik tomonidan yo‘naltirilgan imtiyozli kredit hisobidan rekonstruksiya qilib, jihozlash orqali yuqoridagi 944-sonli qaror asosida tashkil etilgan. NTM boshqaruvchisi Vahob Norsafarovning shu mazmundagi avvalgi murojaatlariga vazirlik tomonidan 2019-yil 2-oktabrda, 30-oktabrda, 2020-yil 22-aprelda, 2-iyunda hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili D.Qosimovning 2020-yil 14-maydagi javob xatlari orqali tushuntirishlar berilgan”, — deydi vazirlik axborot xizmati mas’ullari.

    Vazirlik tomonidan qo‘shimcha qilinishicha, tadbirkor talab qilgandek amaldagi ushbu qarorlarga tegishli o‘zgartirish kiritilishi maktabgacha ta’lim sohasida joriy etilgan davlat-xususiy sheriklik shakllarining mazmuni va mohiyati keskin o‘zgarishiga olib keladi hamda davlat budjetidan qo‘shimcha sarf-xarajatlarni talab etadi. Shu sabab vazirlik tadbirkorning talabini maqsadga muvofiq emas, deb topgan.

    Maktabgacha ta’lim vazirligining ta’kidlashicha, tadbirkor Vahob Norsafarovning takroriy videomurojaatlarida davlat tomonidan “Real kelajak” NTMga taqdim etilgan imtiyozlarga to‘xtalib o‘tilmay, hukumat va vazirlik rahbarlariga nisbatan asossiz va noo‘rin fikrlar bildirib kelinmoqda. Bu orqali tadbirkor ikki tomonlama imzolangan bitimda belgilangan majburiyatlarini bajarmaslikni maqsad qilgan.

    “Fuqaro Vahob Norsafarov tomonidan maktabgacha ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarni hamda hukumatimiz tomonidan tadbirkorlarga yaratilgan imtiyoz va imkoniyatlarni noto‘g‘ri talqin qilib kelayotganligi, xalqimiz va tadbirkorlar o‘rtasida norozilik kayfiyatini uyg‘otishga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda”, — deyiladi vazirlik munosabatida.

    Mavzuga doir: Qashqadaryoda yana ikkita nodavlat bog‘cha kredit ololmagani sababli yopildi

    07.03.2021, 14:37   Izoh (0)   27242
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Instabloger Doniyor Qayumovning Malibu’si ruxsatsiz “tonirovka” qilingani uchun jarima maydonchasiga olib ketildi

    07.03.2021, 14:16

    Sirdaryo viloyati moliya bosh boshqarmasi ma’muriy binosida yong‘in yuz berdi

    07.03.2021, 12:36

    “O‘zbekistonga oltin medal olib kelmoqchi edi”. 13 yoshli sportchi yigit Katta Farg‘ona kanalida cho‘kib ketdi

    07.03.2021, 10:36

    “O‘zbekneftgaz”: Boshqaruv raisi Gazli hududida tabiiy gaz qazib chiqarilishi holatini o‘rgandi

    07.03.2021, 10:30

    Qashqadaryoda iste’molga yaroqsiz 800 kg go‘shtni mashina saloni va yukxonasida olib ketayotgan shaxslar aniqlandi

    07.03.2021, 10:15

    Andijonda xandaq qaziyotganda tuproq bosib qolgan fuqaro qutqarildi

    07.03.2021, 09:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.