Rossiyadagi mashhur HammAli & Navai musiqiy guruhi tarqalib ketdi. Aleksandr Aliyev va Navai Bakirov Popcake’ga bergan intervyusida endilikda yakkaxon loyihalar bilan shug‘ullanishlarini ma’lum qildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
“Ha, bu haqiqat. Biz tarqalyapmiz. Xohlagan barcha narsamizga erishdik. Endi har kimning o‘z yo‘li bor. Biz dushman emasmiz, do‘st bo‘lib qolamiz va bir-birimizni qo‘llab-quvvatlaymiz”, — deydi duet ishtirokchilar. Artistlarning so‘zlariga ko‘ra, ular so‘nggi albomini chiqarishni va birgalikdagi yakuniy turni o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumot uchun, HammAli & Navai dueti besh yil faoliyat ko‘rsatdi. Guruhning xit qo‘shiqlari orasida “Meni raqs maydonchasiga kiriting”, “Urush-qiz”, “Bekinmachoq” kabi qo‘shiqlari o‘rin olgan.
Izoh (0)