Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Rosselxoznadzor” 2021-yil 3-martidan O‘zbekistonning 6 ta korxonasiga Rossiya hududiga pomidor olib kirishga ruxsat berdi. Bu haqda idora sayti orqali ma’lum qilindi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ushbu qaror Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi kafolati ostida va pomidor jigarrang bujmayishi virusi yo‘qligiga oid laborator tadqiqotlar natijalari asosida qabul qilingan.

Taqiq olib tashlangan korxonalar Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida joylashgan:

  • “Taraqqiyot sari servis” MChJ (Qashqadaryo viloyati);
  • “Qashqadaryo parnik taraqqiyot invest” MChJ (Qashqadaryo viloyati);
  • “Saidazimxon” MChJ (Qashqadaryo viloyati);
  • “Zarafshon grand bolgari” MChJ (Navoiy viloyati);
  • “Karmana Agrotrading” MChJ (Navoiy viloyati);
  • “Maftunkor Bahor” MChJ (Navoiy viloyati).
Rossiya tomonidan 2020-yil 4 va 11-dekabrda pomidor jigarrang bujmayishi virusi aniqlangani sabab Qashqadaryo va Navoiy viloyatlaridagi korxonalarga taqiq qo‘yilgandi. 2021-yil 1-yanvardan boshlab Rossiyaga mazkur viloyatlardagi 34 korxonadan pomidor olib kirilishiga ruxsat berilgan.Avvalroq Rossiyaning O‘zbekistonning ayrim qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga taqiq qo‘yishiga sabab bo‘lgan tashxis noto‘g‘ri bo‘lib chiqqani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Biznes
“Endilikda Twitter tavsiyalarida faqat pulli obunachilarning xabarlari chiqadi” — Ilon Mask
Mahalliy
Toshkentda sportchi erkak o‘z farzandini ayovsiz kaltaklaganining sababi ma’lum bo‘ldi 
Biznes
Usmonovning advokatlari Italiyadagi mol-mulki musodarasi bo‘yicha sudga murojaat qildi