Gollivud yulduzi Gal Gadot muxlislariga homilador ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda “Film.ru” xabar berdi.
Instagram sahifasiga turmush o‘rtog‘i Yaron Versano va qizlari Alma va Mayi bilan birga tushgan suratini joylagan aktrisa, takror homiladorligi mazmunida izoh yozib qoldirgan.
Ma’lumot uchun, Gal 2008-yilda o‘zidan 10 yosh katta isroillik biznesmen Yaron Versano bilan turmush qurgan. Bir ko‘rishda bir-birini yoqtirib qolgan juftlik, ikki yil uchrashib yurganidan keyin rishtalarini nikoh bilan bog‘lashga ahd qilgan.
Avvalroq Gadot suratga tushgan “Mo‘jizakor ayol: 1984” filmi barcha yo‘nalishlar bo‘yicha “Oskar”ga ilgari surilgani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga doir:
- “Mo‘jizakor ayol”— Gal Gadot: Isroillik kamsuqum qiz qanday qilib Gollivudni zabt etdi?
- Gal Gadot “Mo‘jizakor ayol: 1984” filmini tomosha qilish vaqtida yig‘laganini tan oldi
- Gal Gadot, Skarlett Yoxansson, Nikolas Keyj va kinolarda tashqi ko‘rinishi kompyuter yordamida o‘zgartirilgan boshqa yulduzlar (foto)