25-dekabr kuni katta ekranlarga chiqqan “Mo‘jizakor ayol: 1984” filmi bosh qahramoni Gal Gadot kartinani birinchi marotaba tomosha qilganida ko‘ziga yosh olganini so‘zlab berdi, deb yozadi “Film.ru”.

Foto: “Film.ru“

“Ko‘zimga yosh olgan onim haqida hech narsa deya olmayman, bundan tashqari, bu boshida sodir bo‘lgandi. Oldin hech qachon bu kabi narsani his qilmaganman. Filmni tomosha qilib, hech qanday sababsiz aktrisa, prodyuser va suratga olish guruhining biror a’zosi bo‘lishdan to‘xtadim. Bu qadar hayratlanarli ishlarni amalga oshirayotgan qahramonga termulib o‘tirgan isroillik kichkina qizcha edim. Men osonlikda yig‘laydigan odam emasman. Men reklamaga qarab, yig‘lashga tushadigan ayol emasman”, — deydi aktrisa.

Shuningdek, Gadot butun dunyodagi ko‘plab insonlarni ilhomlantirgan qahramonidan faxrlanishini ta’kidlagan.

“Ayollar, erkaklar, bolalar va qizlarning reaksiyasini ko‘rish va eshitish — bu men tayyor bo‘lmagan narsa edi va bu ajoyib”, — deya qo‘shimcha qiladi aktrisa.

“Mo‘jizakor ayol: 1984”da bosh qahramon filmning birinchi qismida halok bo‘lgan sevgilisi Stivni yana uchratadi. Shu ondan boshlab insonlar tilagini bajo keltiradigan qadimiy artefaktni qo‘lga kiritgan biznesmen Maks Lord dunyoni vayron qilishni boshlaydi.