Yerda o‘rta G2 darajadagi magnit bo‘roni bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Rossiya fanlar akademiyasi Fizika instituti Rentgen astronomiya laboratoriyasining veb-sahifasiga tayanib “RBK” xabar berdi.
Laboratoriya ma’lumotlariga ko‘ra, magnit bo‘roni 1-mart kuni (Toshkent vaqti bilan) soat 8:00 dan 11:00 gacha bo‘lib o‘tdi. Magnit bo‘roni klassifikatsiyalari beshta darajada farqlanadi: G1 (zaif bo‘ron)dan G5 (ekstremal darajada kuchli bo‘ron)gacha. Soat (Toshkent vaqti bilan) 11:00 dan 14:00 gacha uning darajasi G1 gacha tushdi.
Shu bilan birga, olimlarning prognozlariga ko‘ra, 1-mart kuni magnit bo‘roni ehtimoli 10 foizni tashkil etdi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, yaqin uch kun ichida boshqa magnit bo‘ronlari kutilmayapti, lekin 3-martga o‘tar kechasi magnitosfera uyg‘onishi mumkin.
Avvalroq Rossiya fanlar akademiyasi Astronomiya instituti fizika va yulduzlar evolyutsiyasi bo‘limi rahbari Dmitriy Vibe magnit bo‘ronlari inson salomatligiga jiddiy ta’sir ko’rsatmasligini aytgan edi.
Mavzuga doir:
- Koinot sirlari. SN1987A yulduzining o‘ta yangi chaqnashi
- Internetda shimol yog‘dusining to‘g‘ridan to‘g‘ri translyatsiyasi amalga oshirilmoqda
- Rossiya iqlimni monitoring qiluvchi sun’iy yo‘ldoshni koinotga uchirdi (video)
- Xalqaro kosmik stansiyada havo sizib chiqishini aniqlash uchun kislorod ishlab chiqarish tizimi o‘chirildi
Izoh (0)