• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatining investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi

    Shavkat Mirziyoyev 1-mart, dushanba kuni Sirdaryo viloyatining investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi, deya xabar qilmoqda Prezident matbuot xizmati.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Ma’lum qilinishicha, 2021-yil uchun mazkur viloyatda 737 ta loyiha shakllantirilgan. Ularning umumiy qiymati 25 trillion 500 milliard so‘m bo‘lib, shundan qariyb 900 million dollarini xorijiy investitsiyalar tashkil etadi. Loyihalar natijasida yiliga 11 trillion so‘mlik ishlab chiqarish quvvati, qariyb 36 ming ish o‘rni yaratish maqsad qilingan. Yangi korxonalar 326 million dollarlik mahsulot eksport qilish, 124 million dollarlik import o‘rnini bosish imkonini beradi. Loyihalarni shakllantirishda to‘qimachilik, qurilish materiallari, farmatsevtika va oziq-ovqat sanoati “drayver” sifatida belgilab olingan.

    Qayd etilishicha, Sirdaryo viloyatida 200 ming tonnadan ziyod paxta yetishtiriladi. Davlat rahbarining qayta ishlashni chuqurlashtirish, xomashyoni qo‘shilgan qiymatli mahsulotga aylantirib sotishga qaratilgan siyosati natijasida bu boradagi ko‘rsatkichlar o‘sib bormoqda. Xususan, 2020-yilda viloyatda mahalliy xomashyodan trikotaj mato tayyorlash darajasi 70, kiyim-kechak ishlab chiqarish darajasi 75 foiz bo‘lgan bo‘lsa, 2021-yilda bularni 100 foizga yetkazish mo‘ljallangan.

    Bunda to‘qimachilik sohasida amalga oshiriladigan 29 ta loyiha muhim o‘rin tutadi. Ularning samarasida qariyb 818 milliard so‘mlik ishlab chiqarish quvvati tashkil etilib, qo‘shilgan qiymat 2,5 barobar ortadi. 6 ming 600 dan ziyod ish o‘rni yaratiladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Qurilish materiallari sanoatida 16 ta loyiha rejalashtirilgan. Masalan, Yangiyer shahrida kafel, Sayxunobod tumanida gazoblok, Xovos tumanida gipsokarton ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Barcha korxonalarni 2021-yil ishga tushirib, 2 mingga yaqin kishining bandligini ta’minlash ko‘zda tutilgan.

    Oziq-ovqat tarmog‘ida meva-sabzavotlarni qayta ishlash, mosh yetishtirib, eksport qilish, baliqchilik klasteri tashkil etish kabi 51 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bularning natijasida bozorga arzon va sifatli mahsulotlar chiqarilib, narx-navo barqarorligiga hissa qo‘shiladi. 3 ming 500 ga yaqin kishining bandligi ta’minlanadi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Qayd etilishicha, farmatsevtika sohasidagi 9 ta loyihaning ham samaradorligi yuqori. Guliston shahri va Sirdaryo tumanida foydalanishga topshiriladigan korxonalarda infuzion eritmalar, tabletkalar va boshqa tibbiy vositalar ishlab chiqariladi.

    Davlat rahbari Mirzaobod tumanida Gujarat sanoat zonasini tashkil etish loyihasiga alohida ahamiyat qaratdi. Oliy darajadagi kelishuvlar natijasi bo‘lgan ushbu majmuada iqtisodiyot talab etayotgan muhim loyihalar joylashtirilmoqda. Xususan, u yerda tomchilatib sug‘orish va issiqxona jihozlari, qishloq xo‘jaligi texnikasi agregatlari va minitexnikalar, plastmassa buyumlar, trikotaj, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi 8 ta korxona bo‘ladi. Ularda 1 ming 600 dan ziyod kishi ishlaydi. Yiliga 25 million dollarlik eksport imkoniyati yaratiladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Bugungi kunda mazkur sanoat zonasi uchun 40 gektar yer ajratilgan. Uni tashkil etishga 100 million dollar to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya jalb etilishi belgilangan. Korxonalar 2021—2023-yillarda birin-ketin ishga tushiriladi.

    Prezident loyihalar ijrosida sifat va muddatga alohida e’tibor qaratish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi. Sirdaryo viloyatining Toshkent shahriga yaqinligi, temiryo‘l infratuzilmasidan foydalanib, logistikani rivojlantirish, qo‘shni davlatlar bilan hamkorlikni kengaytirish zarurligini ta’kidladi.

    Taqdimotda, shuningdek, aholini kambag‘allikdan chiqarish, yoshlar va ayollar bandligini oshirish borasidagi ishlarga ham to‘xtalib o‘tildi.

    Bundan avval Namangandagi Prezident tanqid qilgan mahallada ikkita kichik sanoat zonasi tashkil etilgani, Toshkent viloyatida 2025-yilda bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlari uchun Olimpiya shaharchasi qurilishi hamda Shavkat Mirziyoyev raisligida qishloq va suv xo‘jaligi sohasida amalga oshiriladigan vazifalar yuzasidan videoselektor o‘tkazilgani haqida xabar berilgandi.

    01.03.2021, 22:10   Izoh (0)   13501
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sankt-Peterburgda novvoy bo‘lib ishga joylashmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik erkak vafot etdi

    01.03.2021, 21:38

    O‘zbekistonda koronavirusga qarshi ilk vaksina davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

    01.03.2021, 20:42

    Yunusoboddagi fojiadan so‘ng ijarada yashayotgan talabalarning sharoitlari o‘rganiladigan bo‘ldi

    01.03.2021, 19:41

    Uzbekistan Airways Urganch va Farg‘onadan Istanbulga muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi

    01.03.2021, 19:10

    O‘zbekistonda metan va benzin 2021-yil boshidan buyon 5 foizga qimmatladi

    01.03.2021, 18:44

    Qoraqalpog‘istonda devor bosib qolishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi

    01.03.2021, 18:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.