Sankt-Peterburgda ishga joylashmoqchi bo‘lgan erkak halok bo‘ldi. Bu haqda huquq-tartibot organlaridagi manbasiga tayanib, “78.ru” xabar berdi.
Ko‘ngilsiz hodisa 27-fevra kuni Sofiya ko‘chasidagi texnik xizmat ko‘rsatish stansiyasida sodir bo‘lgan. 64 yoshli O‘zbekiston fuqarosi novvoy bo‘lib ishga joylashish uchun kelgan, biroq o‘zini yomon his qilgan va vafot etgan.
Tez yordam xizmati xodimlari chaqiruvga vaqtida yetib kelishga ulgurmagan — erkak ular yetib kelishidan sal oldin vafot etgan. O‘lim sababini aniqlash uchun marhumning jasadi morgga yuborilgan. Shuningdek, huquq-tartibot organlari tomonidan ham surishtiruv ishlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq Sankt-Peterburgda o‘zbekistonliklar ishtirokida mushtlashuv sodir bo‘lgani, muhojirlardan biri shifoxonaga yotqizilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)