“Qizilqum” hujumchisi Ibrohim Tomiva faoliyatini “Bunyodkor”da davom ettiradi. Bu haqda “qaldirg‘ochlar” matbuot xizmati ma’lum qildi.
Bundan tashqari “Bunyodkor” “Buxoro” darvozaboni Zafar Safoyevni o‘z safiga qo‘shib olgan.
Shuningdek, Sarvar Karimov, Lyubomir Bondarenko va Dian Talxatov kabi yosh futbolchilar bilan ham shartnoma imzolangan.
Ibrohim Tomiva 2020-yilda “Oqtepa” futbolchisiga aylangandi. 2020-yilning avgustida futbolchi ijara asosida “Qizilqum”ga yo‘l oldi.
Nigeriyalik futbolchi navoiyliklar safida Superligada 17 ta o‘yin o‘tkazib, ikkitadan gol va golli uzatma muallifiga aylandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)