Super o‘rta vazn toifasida WBC va WBA chempionlik kamarlari sohibi Saul “Kanelo” Alvares (55-1-2, 37 KO) 8-may kuni mazkur vazn divizionida WBO chempioni Billi Jo Sondresga (30-0, 14 KO) qarshi jang qiladi.
Bu haqda DAZN rasman ma’lum qildi. Avvalroq promouter Eddi Hirn jang ushbu sanada o‘tkazilishi mumkinligini xabar qilgandi.
Hozircha jangning qayerda o‘tkazilishi noma’lum.
Saul Alvares Toshkent vaqti bilan 28-fevral tongida bo‘lib o‘tgan jangda turkiyalik bokschi Avni Yilidirimni (21-3, 12 KO) muddatidan avval mag‘lub etdi.
Billi Jo Sondres so‘nggi bor 2020-yilning 4-dekabrida Martin Myurreyga (39-5-1) qarshi jang qilgan va unda g‘alaba qozongandi.
Izoh (0)