“Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta kelajakda “Barselona”ni boshqarishi mumkin.
“Barselona” prezidentligiga da’vogar Xoan Laporta 38 yoshli ispaniyalik mutaxassisni kelajakda jamoani boshqarishi mumkin bo‘lganlar qatorida ko‘rmoqda.
Agar Laporta saylovlarda yutib chiqadigan bo‘lsa, “Barselona”ning hozirgi murabbiyi Ronald Kuman mavsum yakunida iste’foga chiqariladi. Kelasi mavsumdan esa uning o‘rinini Arteta egallashi mumkin.
Mikel 1997—2001-yillar davomida “Barselona” tizimda bo‘lgan, biroq asosiy jamoada harakat qilmagan.
Arteta futbolchilik faoliyatini yakunlagach, “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning yordamchisiga aylandi va 2016—2019-yillar davomida unga assistentlik qildi. 2019-yilda esa mutaxassis “Arsenal” ustoziga aylandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)