“Barselona” hujumchisi Lionel Messining 6 million yevrolik uyi Barselona shahridan uzoq bo‘lmagan Kasteldefels shaharchasida joylashgan.
Yorqin va katta xonadon uch qavatdan iborat. Uyning deyarli barcha xonalari ulkan derazalar bilan qoplangan. Uyning atrofi bog‘ bilan o‘ralgan, uning tarkibida barbekyu tayyorlash va ovqatlanishga mo‘ljallangan joylar o‘rin olgan.
Messi farzandlari uchun futbol maydoni barpo qilgan. Shuningdek, uyning ichida mashg‘ulot zali ham bor.
Messining uyi bilan bog‘liq qiziqarli ma’lumotlar ham yo‘q emas. Masalan, Lionel uyni sotib olgan dastlabki yillari qo‘shni xonadon egalarining shovqinidan bezor bo‘lgan. Ikki hovli orasini devor bilan to‘smoqchi bo‘ladi, biroq qo‘shnilar sudga murojaat qilishni aytib, bunga yo‘l qo‘ymaydi. Natijada Leo qo‘shnisining uyini ham sotib olishga majbur bo‘ladi va bu muammodan qutuladi.Messining uyi Barselona xalqaro aeroportidan uzoq bo‘lmagan hududda joylashgan. Ma’lum bo‘lishicha, Messining uyi yuqorisidan samolyotlar uchib o‘tishi mumkin emas. Shu sabab aeroport bir necha yildan buyon qo‘shimcha uchish yo‘laklarini qo‘shib, sig‘imni kengaytira olmayapti.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)