• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Armanistonda bosh vazirga qarshi namoyishchilar hukumat binosiga bostirib kirdi (video)

    Armaniston poytaxti Yerevanda muxolifatchilar guruhi politsiya to‘sig‘ini yorib o‘tib, hukumat majmuasi binolaridan biriga kirdi, deb xabar beradi “Kommersant”. Ular bosh vazir Nikol Pashinyanning iste’fosini talab qildi. Aksiya tashkilotchilari — “Dashnaksutyun” muxolifat partiyasining yoshlar ittifoqi.

    “Biz Pashinyanning iste’fosini talab qilamiz. O‘z aksiyamiz bilan biz uchun yopiq eshiklar yo‘qligini va biz har qanday hukumat binosiga kira olishimizni ko‘rsatdik”, — deya “Interfaks” aksiya ishtirokchilaridan birining gapini keltirdi.

    “RIA Novosti” xabariga qaraganda, muxolifatchilar birinchi qavatda aksiya o‘tkazgan. Ular vazirliklar xodimlarini Nikol Pashinyan tarafdorlarining mitingida qatnashmaslikka chaqirgan. Aksiya bir necha daqiqa davom etgan.

    Faollar soqchilar postigacha borgan, ammo o‘z yo‘llarini davom ettirmagan, ular maqsadlari binoni egallab olish emasligini aytgan.

    Nikol Pashinyan bugun, 1-mart kuni Xavfsizlik kengashi majlisini o‘tkazdi. “Bosh vazir Nikol Pashinyan raisligida Xavfsizlik kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. Tashqi va ichki xavfsizlik kun tartibidagi masalalar, muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi”, — deyiladi hukumat xabarida.

    1-mart kuni kechqurunga Yerevanda ikkita miting rejalashtirilgan: 18:00 da (Toshkent vaqti bilan 19:00) Bagramyan shohko‘chasida muxolifat yig‘iladi, bosh vazir Nikol Pashinyan tarafdorlari esa 18:30 (19:30)da Respublika maydonida to‘planadi.

    23-fevral kuni Armaniston bosh vaziri 1in.am kanaliga bergan intervyusida 2020-yilning kuzida Tog‘li Qorabog‘dagi mojaro paytida Yerevan qo‘llagan “Iskander” raketalari “portlamagan yoki 10 foiz qismigina portlagan”ini aytgan. Yerevan Today nashri jurnalistlari Armaniston Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Tiran Xachatryandan ushbu bayonotga izoh berishni so‘raganida, u uzoq kulgan va “bo‘lishi mumkin emas” deb javob bergan. Shundan keyin u Nikol Pashinyanning taklifiga binoan ishdan bo‘shatilgan.

    Bu voqeadan keyin Armaniston Qurolli Kuchlari Bosh shtabi mamlakat bosh vaziri Nikol Pashinyan va hukumatning zudlik bilan iste’foga chiqishini talab qildi. Bayonotga imzo chekkan 40 nafar yuqori martabali harbiy xizmatchining fikricha, Xachatryan “yuzaki o‘ylangan va asossiz sabablarga ko‘ra” ishdan bo‘shatilgan.

    Nikol Pashinyan harbiylarning bayonotiga javoban Facebook orqali mazkur bayonotni “harbiy to‘ntarishga urinish” deb hisoblayotganini ma’lum qildi va o‘z tarafdorlarini namoyishga chiqishga chaqirdi. Pashinyan, shuningdek, harbiylar bayonotiga imzo chekkan Bosh shtab boshlig‘i Onik Gasparyanni ham lavozimidan ozod qilganini aytdi.

    Ammo Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan bosh vazir Nikol Pashinyanning Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i Onik Gasparyanni ishdan bo‘shatish haqidagi taklifini imzolashdan bosh tortdi. Bosh shtab boshlig‘ini ishdan bo‘shatish haqidagi buyruq loyihasini prezident apparati o‘rganib chiqqan hamda huquqshunoslar va ekspertlar bilan batafsil muhokama qilingan. Ular tashabbus “butunlay Konstitutsiyaga zid” degan xulosaga kelgan.

    Shundan keyin Nikol Pashinyan prezident Armen Sarkisyanga Bosh shtab boshlig‘ini ishdan bo‘shatish haqidagi arznomani qaytadan yuborganini ma’lum qildi.

    2020-yil 10-noyabr kuni Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha bitim imzolangani, unga ko‘ra Armaniston bir qator hududlarni Ozarbayjonga topshirgani haqida xabar berilgan edi. Muxolifat Pashinyandan “xoinlik” shartnomasini imzolagani sababli iste’foga chiqishni talab qildi. Shundan so‘ng bosh vazir iste’foga chiqishga tayyorligini ma’lum qildi. O‘shandan buyon mamlakatda bosh vazirga qarshi namoyishlar davom etib kelmoqda.

    Mavzuga doir:

    • Armaniston Bosh shtabi Pashinyanning iste’fosini talab qildi. Uning o‘zi buni harbiy to‘ntarishga urinish deb atadi va tarafdorlarini namoyishga chiqishga chaqirdi
    • Yuzlab muxolifatchilar tuni bilan Armaniston parlamenti binosi yonida qoldi
    • Armaniston Mudofaa vazirligi armiya siyosatdan tashqarida ekanini ma’lum qildi
    • Armaniston prezidenti bosh vazir Pashinyan talabi bilan Bosh shtab rahbarini ishdan bo‘shatishga rozi bo‘lmadi. Pashinyan arznomani qaytadan kiritdi va barchani mitingga chaqirdi

    01.03.2021, 15:08   Izoh (0)   30154
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Turkmaniston prezidenti poytaxtning yubileyi kuni tug‘ilgan birinchi chaqaloqqa Ashxobod deb ism qo‘yishni buyurdi

    01.03.2021, 14:46

    Tramp 2024-yilda AQSh prezidentligiga nomzodini qo‘yishi mumkinligini bildirdi

    01.03.2021, 13:09

    Turkiya Oyga uchirish uchun mo‘ljallangan gibrid raketani ishlab chiqdi

    01.03.2021, 11:43

    WSJ: Eron yadro bitimi bo‘yicha AQSh bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishdan bosh tortdi

    01.03.2021, 11:11

    Rossiyalik epidemiolog COVID-19 mavsumiy kasallikka aylanishi mumkinligini aytdi

    01.03.2021, 08:08

    Myanma BMTdagi doimiy vakilini Bosh assambleyada davlat to‘ntarishini qoralashga chaqirganidan so‘ng o‘z lavozimidan chetlatdi

    01.03.2021, 07:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.